Misr bilan yahudiy vujudi o‘rtasida tuzilgan gaz bitimi – bosqinchini tan olish va Ummat boyliklarining talon-toroj etilishiga rozilik berishdir

38
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr bilan yahudiy vujudi o‘rtasida tuzilgan gaz bitimi – bosqinchini tan olish va Ummat boyliklarining talon-toroj etilishiga rozilik berishdir

2025 yil 7 avgust kuni yahudiy vujudi energetika vaziri Iliy Kohen «Isroil tarixidagi eng yirik shartnoma» imzolanganini e’lon qildi. Shartnomada Misrga tabiiy gaz eksport qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning qiymati 35 milliard dollarga yetadi. U, shuningdek, 2040 yilgacha yoki unda nazarda tutilgan miqdor to‘liq bajarilguniga qadar amal qilib, taxminan 130 milliard kub metr gaz yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Bosib olingan «Leviafan» konida sherik bo‘lgan «Nyu Med» kompaniyasining ma’lum qilishicha, shartnoma ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqich 2026 yilda boshlanib, 20 milliard kub metr gazni o‘z ichiga oladi; ikkinchi bosqich esa infratuzilma kengaytirilgandan va Netsana chegara punkti orqali yangi quvur qurilgandan keyin amalga oshirilib, 110 milliard kub metr gazni o‘z ichiga oladi.

Bu e’lon yo‘qdan paydo bo‘lgani yo‘q, balki 2019 yilda Misr va yahudiy vujudi o‘rtasida imzolangan avvalgi shartnomaning davomidir. Ushbu shartnoma 60 milliard kub metr gaz yetkazib berishni nazarda tutgan bo‘lib, uning uchdan biridan ortiq qismi allaqachon amalga oshirilgan. Ammo bugungi yangilik shundaki, shartnoma hajmi ikki barobarga oshirilib, yahudiy vujudi tarixidagi eng yirik eksport bitimiga aylandi.

Bu shartnoma rasmiy ommaviy axborot vositalari tasvirlayotgandek ikki davlat o‘rtasidagi oddiy savdo emas. Aksincha, u yahudiy vujudining Falastinni zo‘rlik bilan egallab olganini bilvosita tan olish, shu bilan birga uni moliyaviy va strategik jihatdan qo‘llab-quvvatlash demakdir. Chunki yahudiy vujudi eksport qilayotgan gaz O‘rta Yer dengizidagi hamda Falastin yerlari bosib olingandan keyin kuch bilan tortib olingan konlardan qazib olinmoqda. Demak, bunday shartnomaga qo‘l qo‘ygan har qanday taraf amalda mazkur zo‘ravonlikni tan olgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy hamkorlik orqali unga qo‘shimcha legitimlik bergan hisoblanadi. Bu esa so‘nggi chegara belgilash jarayonlari orqali unga qulay imkoniyat yaratib berilgandan keyingina amalga oshirilmoqda.

Bu teng taraflar o‘rtasidagi oddiy erkin savdo emas. Aksincha, u musulmonlarning yerlari va boyliklarini zo‘rlik bilan egallab olgan bosqinchi bilan qo‘shni davlat hukumati o‘rtasidagi munosabatdir. Ushbu hukumat esa o‘g‘irlab olingan narsani yetkazib berishi uchun unga mablag‘ to‘lamoqda. Bu iqtisodiy normalizatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, xavflilik jihatidan siyosiy va xavfsizlik normalizatsiyasidan qolishmaydi. Aslida esa, undan ham xavfliroqdir. Chunki u odamlarning hayoti va kundalik tirikchiligini dushman qo‘liga bog‘lab qo‘yadi.

Bu shartnoma Misr energetik inqirozdan aziyat chekayotgan bir paytda imzolandi. 2021 yilda mamlakatning kunlik gaz ishlab chiqarishi 6 milliard kub futdan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib taxminan 3,5 milliard kub futga tushib ketdi. Ya’ni, bir necha yil avval o‘zini gaz bilan to‘liq ta’minlay olish va hatto eksport qilish qobiliyati haqida so‘z yuritgan mamlakat bugun tarixiy dushmanidan gaz import qiluvchiga aylandi.

Shu tariqa yahudiy vujudi Misr uchun energiyaning asosiy yetkazib beruvchisiga aylanmoqda. Bu esa uning energetika kabi strategik sohadagi qarorlari yahudiy vujudiga, shuningdek, u belgilaydigan narx va siyosatlarga to‘la qaram bo‘lib qolganini anglatadi. Buning o‘ziyoq Misrni siyosiy va iqtisodiy qaramlik doirasiga tortib, uni yahudiy vujudining Sharqiy O‘rta Yer dengizida mintaqaviy energiya markazi barpo etish loyihasining ajralmas qismiga aylantiradi.

Hozirda sodir bo‘layotgan voqelik oddiy gaz savdosi emas, balki mintaqadagi nufuz xaritasini qayta chizishdir. Misr esa bu jarayonda shunchaki tranzit yo‘liga yoki Idku va Damyatdagi suyultirish inshootlari orqali yahudiy vujudidan Yevropaga gaz yetkazib berishdagi vositachiga aylantirilmoqda. Shu tariqa yahudiy vujudi asosiy manbaga aylanib, siyosiy va iqtisodiy foyda qo‘lga kiritadi, vaqtdan yutadi va legitimlikka ega bo‘ladi.

Gaz, neft va boshqa yirik tabiiy boyliklar na davlatning, na hukmdorning, hatto ayrim shaxslarning ham mulki emas. Ular barcha musulmonlarning umumiy mulki hisoblanadi. Bu haqda Rosululloh ﷺ shunday deganlar:

«الْمُسْلِمُونَ شُرَكَاءُ فِي ثَلَاثٍ: فِي الْمَاءِ، وَالْكَلَأِ، وَالنَّارِ»

«Musulmonlar uch narsada sherikdirlar: suvda, o‘tloqda va olovda». (Abu Dovud rivoyati).

Gaz esa «olov», ya’ni energiyaga kiradi. Shu sababli u shariatda musulmonlarning umumiy mulki sifatida belgilangan. Biror shaxs, tashkilot yoki davlat uni monopoliya qilishi yoki Ummatning haqqini poymol qiladigan tarzda tasarruf qilishi mutlaqo joiz emas.

Shuning uchun zaminni zo‘rlik bilan egallagan vujud bilan, aslida Ummatga tegishli boyliklarni sotishga oid bunday shartnomalarni imzolash ikki karra jinoyatdir. Chunki bu – bosqinchini tan olish va uni moliyalashtirish demakdir. Shu bilan birga, Ummatni o‘z boyliklaridagi haqqidan mahrum qiladi. Holbuki, bu boyliklar dushmanga arzon narxda sotilishi uchun emas, balki Ummat manfaatlariga xizmat qilishi uchun boshqarilishi shart.

Islom davlat zimmasiga umumiy mulklarni muhofaza qilish va g‘amxo‘rlik bilan boshqarish vazifasini yuklagan. Bu mulklar davlat tomonidan butun Ummat manfaati yo‘lida boshqarilishi, ulardan olinadigan daromad esa ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va jihod kabi asosiy ehtiyojlarga yo‘naltirilishi lozim. Bu boyliklar hech qachon bosqinchi dushmanning boyish manbaiga aylanmasligi kerak.

Bunday shartnomalar shariatga binoan asosidan botildir. Chunki bu shartnomalarga ko‘ra yahudiy vujudi qonuniy davlat sifatida qabul qilinib, shu asosda muomala qilinadi. Holbuki, u musulmonlarning yerlarini zo‘rlik bilan egallagan vujud bo‘lib, faqat siyosiy raqib emas, balki mavjudligining o‘ziyoq urush holatida deb baholanishi shart bo‘lgan dushmandir. Shu bilan birga, bunday kelishuvlar dushmanga Ummat boyliklaridan foydalanish imkoniyatini berish va o‘z iqtisodini shu bilan moliyalash orqali Ummat boyliklarini isrof qilishga olib boradi. Bundan tashqari, bu Ummatni qaramlik doirasiga tortib, uning asosiy ehtiyojlarini dushman qo‘lida garovga aylantiradi.

Shu bois, Ummatning vazifasi bunday kelishuvlarni butunlay va qat’iy rad etish hamda zamin va boyliklarni shartnoma orqali emas, balki kuch ishlatish yo‘li bilan qaytarib olishdir. Chunki islomiy boyliklarning bosqinchi vujud qo‘lida bo‘lishi mutlaqo joiz emas. Aksincha, ushbu zamin va undagi barcha manbalar ozod qilinib, ular Islom shariati bilan hukm yuritadigan Islomiy davlat boshqaruviga qaytarilishi vojibdir.

Shariat bunday shartnomalarni harom qilgan. Chunki ular yahudiy vujudini davlat sifatida to‘liq tan olishni, uni qo‘shni sifatida qabul qilishni va mamlakat iqtisodini unga bog‘lashni anglatadi. Bu vujud bilan har qanday munosabat – iqtisodiy, siyosiy yoki xavfsizlik sohasida bo‘ladimi – shariatga ko‘ra haromdir. Chunki bu musulmonlarning yerlari zo‘rlik bilan egallanganini tan olish hisoblanadi. Shuningdek, Islom yahudiy vujudini moliyalashtirishni yoki gaz yo boshqa narsa uchun unga pul to‘lashni harom qilgan. Zero, bu uning bosqini va tajovuzini to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish hisoblanadi. Ummatga yahudiy vujudidan gaz sotib olish emas, balki u bosib olgan konlarni qaytarib, ularni Ummat mulki sifatida qayta tiklash vojibdir. Shu bilan birga, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni talab qilishi zarur. Zero, faqat shu davlatgina bu boyliklarni musulmonlarning umumiy mulki sifatida boshqaradi, ularni Ummat manfaatlarini ta’minlashga, ishlarini adolatli boshqarishga va Alloh yo‘lida jihodga yo‘naltiradi.

Misr va yahudiy vujudi o‘rtasidagi gaz kelishuvi oddiy iqtisodiy bitim emas, balki bosqinni tan olish va qo‘llab-quvvatlashdir. U Ummat boyliklarini talon-toroj qilish va haqlarini barbod etishdir. Shuningdek, hukumatlar yo‘lining davomi bo‘lib, xalq manfaatlari, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini dushman qo‘liga bog‘lab qo‘yadi. Shu tariqa Ummat iqtisodiy va siyosiy jihatdan xiyonat va qaramlik rishtalari bilan kishanlanadi.

Yechim bu kelishuvlar shartlarini yaxshilashda yoki vaqtinchalik import manbalarini izlashda emas. Aksincha, yechim ushbu vujudni ildizi bilan qo‘porib tashlash, Falastinni to‘liq ozod qilish va Alloh rozi bo‘ladigan tarzda Ummat boyliklarini boshqaradigan Xalifalikni barpo etishdadir. Ana shunda Xalifalik Ummatga suverenitetini qaytarib, uning imkoniyatlarini dushmanga xizmat qilish uchun emas, balki rivojlanish va jihod yo‘liga safarbar etadi.

Demak, Ummat ochiq bir tanlov oldida turibdi: yo bu kelishuvlar orqali dushmaniga garovda qoladi, yoki uning yerlari va boyliklariga xiyonat qilgan rejimlarni ag‘darib, huquqlarni muhofaza qiladigan, yerlarni ozod qiladigan va Ummatning izzat-sha’nini qayta tiklaydigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etadi. Alloh taolo shunday degan:

﴿وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ﴾

«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas»       [Hud 113]

Roya gazetasining 2025 yil 27 avgust, chorshanba kungi 562-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.