Shom ahli shuncha qurbonliklarni ilmoniy konstitutsiya uchun berganmidi?!

67
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shom ahli shuncha qurbonliklarni ilmoniy konstitutsiya uchun berganmidi?!

Ustoz Ahmad Abdulvahhob

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʻlimi raisi

Jenevada BMT homiyligidagi konstitutsiyaviy qoʻmitaning kichraytirilgan yigʻinining oltinchi sessiyasi oʻz ishini, avvalgilari kabi, muvaffaqiyatsiz yakunladi. Yaʼni BMTning Suriyadagi maxsus vakili Geyr Pedersen bergan bayonotga koʻra, yigʻilishda na birorta yangi tushunchaga erishilgan va na keyingi sessiya vaqtiga kelishib olingan. Pedersen qoʻmitaning ish uslubi boʻyicha kulishuvga erishilgani haqida ilgari bayonot bergan edi.
Delegatsiyalar ishtirokida boʻlib oʻtgan soʻnggi sessiya bilan ushbu oltinchi sessiya oʻrtasida toʻqqiz oy oʻtgan ekan, oltinchi sessiya ishlariga “dasturni isloh qilish”, degan atama kiritilgani yangilik boʻldi. Ilgari dasturni oʻzgartish yoki yangi dastur yozish haqida gapirilar edi.
Mana shunday chalkash-samarasiz ishlar va bekorchi vaqt oʻtkazishlarning barchasi Shom qoʻzgʻolonini yoʻq qilishga qaratilgan esa-da, biz konstitutsiya bilan bogʻliq ayrim tushunchalarga tiniqlik kiritib oʻtmogʻimiz darkor. Chunki bu musulmonlarga haqiqiy baxt-saodat va barqaror hayot sari harakatlariga yordam beradi.
Dastur davlatning shakli, apparati va boshqaruv tuzumi hamda har bir apparatning vazifa va vakolatlarini belgilab beruvchi qonunlardir. Ushbu dasturning manbai yo vahi boʻladi, yoki inson aqli boʻladi. Manbai vahi boʻlgan dastur Oʻzi yaratgan narsalarining qandayligini yaxshi biladigan Latif, ularga nima yaroqliyu nima yaroqsizligidan xabardor boʻlgan Xobir va Alim tomonidan keladi.
﴿أَلاَ يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ﴾
“(Axir) yaratgan zot (Oʻzi yoʻqdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir” [Mulk 14]
Manbai inson aqli boʻlgan dastur esa, tuban dasturlar boʻlib, unga ishonganlarni tang-baxtsizlikka, razil hayotga olib boradi:
﴿وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكاً﴾
“Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot boʻlur va Biz uni qiyomat kunida koʻr holda tiriltirurmiz” [Toha 124]
Zero, inson aqli ziddiyat, ixtilof va qarama-qarshiliklarga nishon boʻladi va vaziyatdan taʼsirlanadi va oʻz navbatida bunday aqldan kelib chiqqan konstitutsiya ham oʻsha sifatlarni oʻzida aks ettiradi. Bu hali u, hali bu jamiyatlarda ixtiloflar paydo qilayotgan, dam oʻzgartirilib, dam isloh qilinayotgan dastur-konstitutsiyalardan koʻrinib turibdi. Usmoniy Xalifalik qulatilishidan sal avval 1920 yilgi mustaqillik, deb atalgan davrdan beri to bugungi kunimizgacha bir qancha konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Masalan: “podshoh Faysal” dasturiga atigi 15 kun rasman amal qilindi. Keyin mandat davri konstitutsiyasi (1930 yilda eʼlon qilingan 1928 yilgi konstitutsiya). Keyin inqiloblar konstitutsiyalari (1950 yilgi konstitutsiya, 1952 yilgi Shishakli konstitutsiyasi, 1957 yilgi Misr bilan birlik konstitutsiyasi, soʻng 1960 yilgi boʻlinish konstitutsiyasi). Keyin Baas davri konstitutsiyalari (1964 yilgi konstitutsiya, 1966 yilgi konstitutsiya, 1969 yilgi konstitutsiya, 1971 yilgi konstitutsiya, 1973 yilgi konstitutsiya). Soʻng Bashar Asad eʼlon qilgan 2012 yilgi konstitutsiya.
Bu konstitutsiyalarning barchasi aholini baxtsiz qilib, odamlarga badbaxtlikdan oʻzga narsa olib kelmagach, odamlar ularni oʻzgartirishga majbur boʻlishdi va oʻzgartirishning qimmat badalini toʻlashdi.
Biz bugungi kunda Shom va boshqa diyorlarda kofir Gʻarb malaylariga qarshi qoʻzgʻolon qilib, jinoyatchi ilmoniy rejimlarni faqat oʻziga chaklanmay, balki konstitutsiyalariyu barcha arkon va basharalari bilan qoʻshib agʻdarish yoʻlida ulkan qurbonliklar bermoqdamiz. Kofir Gʻarb hammaga maʼlum boʻlgan barcha uslub va vositalarini ishga solib bu jinoyatchi rejimlarni himoya qilishga urindi. Natijada, Shom qoʻzgʻolonini yoʻldan adashtirishga muvaffaq boʻldi. Hozir u qonxoʻr rejimni agʻdarish yoʻlida berilgan qurbonliklarni konstitutsiyani isloh qilish uchun berilgan qurbonliklarga aylantirishga harakat qilyapti. Chunki shaklan oʻzgartirilgan va Gʻarb qolipida tuzilgan bu konstitutsiya uning manfaatlarini saqlab, Shom zaminidagi bosqinchiligini muqaddaslashtiradi, hokimiyatdagi malaylarini saqlab qolishiga xizmat qilib, Gʻarbning dinni hayotdan va jamiyatdan ajratishga asoslangan dunyoqarashi va turmush tarzini, yaʼni davlat ilmoniyligini zoʻrlab tiqishtiradi. Buning uchun kofir Gʻarb yangi malaylar, asosan konstitutsiyaviy qoʻmitani tashkil qildi. Bu konstitutsiyaviy qoʻmitani Shom ahli emas, balki kofir Gʻarbning oʻzi tuzgan. Gʻarb “Suriya krizisining siyosiy yechimi”, degan narsani shior qilib, ayni qoʻmitaning barcha yigʻinlarini oʻz yurtida turib nazorat qilmoqda.
Musulmonlar, shu jumladan Shom ahli shuni yaxshi bilishi lozimki, manbai vahi boʻlgan dastursiz ularning hayoti aslo oʻnglanmaydi. Biz Islom bilan hukm yuritib, uni toʻgʻri tatbiq qilgan vaqtimizda dunyoning xoʻjayinlari edik, oldimizga hech bir raqib chiqa olmasdi. Islomni yomon tatbiq qilib, ahkom va qonunlaridan voz kechganimizda esa, xuddi sel natijasida paydo boʻlgan koʻpiklarga oʻxshab qoldik. Yeb toʻymas ochofatlar oʻz tovogʻiga tashlangani kabi millatlar barcha tarafdan ustimizga tashlandi… Natijada, yurtlarimiz Islom dushmanlari tomonidan bosib olindi. Ular boyliklarimizni talon-toroj etib, oʻzimizni qul qilishdi, konstitutsiyalar ishlab chiqib, kelajagimizni belgilab berishadigan boʻldi.
Hech shubha yoʻqki, Alloh Azza va Jalla sizlarga toʻgʻri yashash tarzini bayon qilib, bunday degan:
﴿وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ﴾
“Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun xushxabar boʻlgan Kitobni nozil qildik” [Nahl 89]
Musulmonlarga Oʻzning shariati, minhoji va qonunlari bilan hukm yuritishni vojib qilib, bunday dedi:
﴿وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ الْكِتَابِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ فَاحْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ وَلاَ تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ عَمَّا جَاءَكَ مِنَ الْحَقِّ لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنْكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا﴾
“Sizga (ey Muhammad), oʻzidan oldingi kitob(larni) tasdiqlaguvchi va u (kitoblar) ustida guvoh boʻlgan bu Kitobni haqqirost nozil qildik. Bas, odamlar oʻrtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling va Sizga kelgan Haqdan yuz oʻgirib, ularning havoyi nafslariga ergashmang! Sizlardan har bir millat (yaʼni din) uchun (alohida) shariat va minhoj-yoʻl qilib qoʻydik”
[Moida 48]
Alloh sizning baxtli-saodat boʻlishingizni diningizga, uning tuzum va ahkomlariga qanchalik amal qilishingizga bogʻliq qilib qoʻydi. U zot bunday dedi:
﴿فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُمْ مِنِّي هُدًى فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلاَ يَضِلُّ وَلاَ يَشْقَى﴾
“Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yoʻldan ozmas va baxtsiz boʻlmas” [Toha 123]
Bas, Alloh Azza va Jallaning boshqaruviga qarshi chiqib, kofir Gʻarb tuzgan konstitutsiyani qabul qilish va unga ergashishdan saqlaning. Chunki Alloh Taolo sizni Oʻzining azobidan ogohlantirib, bunday degan:
﴿يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِنْ سُوءٍ تَوَدُّ لَوْ أَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُ أَمَدًا بَعِيدًا وَيُحَذِّرُكُمُ اللهُ نَفْسَهُ وَاللهُ رَءُوفٌ بِالْعِبَادِ  قُلْ إِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَاللهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ﴾
“Har bir jon oʻz qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda koʻradigan, yomon amallarining esa olis-olislarda qolib ketishini istaydigan kunni (eslanglar)! Alloh sizlarni Oʻzining (azobidan) ogoh qilur. Alloh bandalariga mehribondir. Ayting (ey Muhammad): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni magʻfirat qiladi. Alloh (gunohlarni) magʻfirat qilguvchi, mehribondir” [Oli Imron 30-31]
Biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari musulmon birodarlarimizga Alloh Azza va Jallaning izni ila, yaqinda barpo boʻlajak Xalifalik davlati uchun dastur loyihasi tayyorlab qoʻyganimizni eslatmoqchimiz. U mintaqaviy davlatning ham, milliy davlatning ham, vatanparvarlik davlatining ham dasturi emas. Yoʻq, balki u musulmonlar davlatining islomiy dasturi boʻlib, Islom aqidasidan balqib chiqqan dasturdir, bundan boshqacha emas. Undagi moddalarning har biri Alloh Azza va Jallaning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlaridan hamda sahoba roziyallohu anhular ijmoi va moʻʼtabar sharʼiy qiyosdan istinbot qilingan. Barcha musulmonlarni ushbu dasturni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali amalda tatbiq qilishga daʼvat qilamiz.

Roya gazetasining 2021 yil 3 noyabr chorshanba kungi 363-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.