بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey musulmonlar, G‘azoni yordamsiz tashlab qo‘ymang!
Ustoz Abdulloh Zayd
Oh, yordamsiz qoldirishning og‘rig‘i yurakni parchalamoqda! Bu azob ochlikdan ham, qamoqdan ham, qamchining zarbasidan ham og‘irroq bo‘lmoqda. Muborak Falastin zamini ahli, xususan, G‘azo ahli Ummatdan yordam va nusrat talab qilmoqda. Ular bunga haqlidirlar. Chunki islomiy birodarlik musulmonlarni bir-birlariga yordam berishga majbur qiladi. Mana, Rosululloh ﷺ nima deganlariga bir qaranglar:
«اَلْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ لَا يَظْلِمُهُ، وَلَا يَخْذُلُهُ، وَلَا يَحْقِرُهُ، التَّقْوَى هَا هُنَا وَيُشِيرُ إِلَى صَدْرِهِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ»
«Musulmon musulmonning birodaridir; unga zulm qilmaydi, yordamsiz qoldirmaydi va kamsitmaydi. Ul zot uch marta qalblariga ishora qilib: taqvo shu yerda, dedilar». (Imom Muslim rivoyati). Demak, mo‘minlarni o‘z aka-ukalarini qo‘llab-quvvatlashga, Rosululloh ﷺning Me’roj maskani bo‘lmish Aqso masjidini ozod etishga va bu yo‘lda to‘siq bo‘layotgan barcha monelarni yo‘q qilishga majbur etuvchi omil — ularning qalblaridagi taqvodir. Biroq, musulmonlarni anavi Sayks-Piko chegaralari bo‘lib-parchalab turgan bo‘lsa, qanday qilib g‘azolik birodarlarini qo‘llab-quvvatlasinlar?!
Agar hukmdorlar G‘azo ahlini och qo‘yish, qirg‘in qilish va tiz cho‘ktirish uchun dushman bilan til biriktirayotgan bo‘lsa, musulmonlar qanday qilib G‘azoga yordam ko‘rsata olsinlar?!
Agar milliy razvedka josuslari musulmonlarning har bir so‘zini tinglab, har bir nafasini sanab, ijtimoiy tarmoqlar va masjidlarda ta’qib etish orqali ularni xiyonat taxtiga xizmat qilishga majbur qilayotgan bo‘lsa, ular G‘azo ahliga qanday yordam ko‘rsata olsinlar?!
Agar saroy mullalari hukmdorlarning chizgan chizig‘idan chiqmay, ularning botil ishlarini haq deb fatvo berayotgan bo‘lsa, musulmonlar Islomga qanday nusrat ko‘rsata olsinlar?!
Ey musulmonlar!
Sudandagi aka-ukalarimiz ahvoli bizning G‘azodagi ahvolimizdan kam emas. Shomdagi, Sharqiy Turkistondagi, Myanmadagi, Somalidagi va Bosniyadagi birodarlarimiz ahvoli ham biznikidan qolishmaydi. Hukmdorlaringiz xiyonati esa Ummatning bir yurtidan boshqa yurtiga ko‘chib, barcha yerda o‘z izini qoldirmoqda. Islom dushmanlari Ummatni har yerda qatli om qilmoqda. Biroq xoin hukmdorlarimizning dushmanlar bilan til biriktirishdagi jinoyatlari barcha jinoyatlardan ham o‘tib tushmoqda.
Bugun Ummatning ongi quyidagi haqiqatni anglash darajasiga yetdi: Ummat tushuncha va tuyg‘ularda bir tanu bir jon bo‘lgani sababli, G‘azo ahlining yarasi Hijoz ahliga og‘riq bermoqda, Yaman ahli uni his etmoqda, Misr ahli esa uning ox-zarbalaridan azob chekib, oh urmoqda. Ammo Hijoz, Misr, Sudan, Pokiston, Turkiya va boshqa musulmon diyorlari ahli sun’iy chegaralar, to‘siqlar va milliy davlatlar orqali G‘azo ahlidan alohida vujudlar sifatida ajratib qo‘yilgan. Holbuki, ularning qalblari ham, aqllari ham, ruhlari ham u yerdagi birodarlarini qo‘llab-quvvatlashga intiq. Lekin G‘azo sari cho‘zilgan qo‘llari va tashlangan qadamlari sun’iy chegaralar ortida qamalib qolmoqda.
Musulmonlar kundan-kunga shunga amin bo‘lmoqdalarki, hukmdorlar Ummatni g‘azolik birodarlariga yordam berishdan to‘sib turgan yahudiylar va amerikaliklarning qo‘lidagi qurollardir. Agar ular bo‘lmaganida, millionlab musulmonlar takbirlar aytib Baytul-Maqdis tomon yurib borgan va Aqso masjidida nusrat namozini o‘qigan bo‘lar edilar.
Islom Ummati G‘azoga yordam berishdan va boshqa bechora musulmonlarga nusrat qo‘lini cho‘zishdan na ojizdir va na kuchsizdir, aksincha bunga qodir. Ummatni anavi munofiq tog‘ut hukmdorlar ojiz qilib ko‘rsatishyapti, shu orqali musulmonlar o‘zlarini ojiz va zaif his qilishsin, umidsizlikka tushishsin deb urinishyapti, ularning qonini, muqaddas dargohlarini va or-nomusini Amerika va xalqaro tashkilotlarga topshirishyapti.
G‘azo ahli Islom Ummatini va uning askarlarini o‘zlariga yordam berishga va yahudiylardan qutqarishga chaqirmoqdalar. Ammo hukmdorlarimiz esa Amerikani va xalqaro tashkilotlarni qamalni yengillatish va yordam mollarini kiritishga chaqirishyapti! Bu esa ularning G‘azo ahlining masalasini o‘z masalasi deb hisoblamasliklarini ko‘rsatadi. Chunki ular G‘azo taqdirini Amerika va yahudiylar hal qiladi, o‘zlarining vazifasi esa musulmon xalqlarni maxsus xizmatlar va tazyiq organlari bosimi ostida ezib turishdan iborat, deb bilishadi.
Ey musulmonlar!
G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘chalarga chiqish va maydonlarni to‘ldirish albatta zarur. Ammo bu ish faqat hamdardlik bildirib, g‘azabni bosish, keyin uylarga tarqalish bilan bajarilmaydi. Siz musulmonlardan talab qilinayotgan narsa islomiy yurtlar askarlarini jihodga chaqirish va ularni siz bilan g‘azolik birodarlaringiz o‘rtasida to‘siq bo‘lib turgan rejimlarni ag‘darishga undashdir.
Maydonlarga chiqing, armiyalarni Allohning yo‘lidagi jihodga va mustamlakachilar chizib qo‘ygan sun’iy chegaralarni yo‘q qilishga chaqiring.
Biz istaymizki, maydonlarga chiqaylik va armiyalar talablarimizni qabul qilib, hukmdorlarni taxtdan ag‘darmaguncha ortga qaytmaylik. G‘azo ahli yemaguncha yemaylik, muborak zamin ahli uxlamaguncha uxlamaylik. Darhaqiqat, bizga xiyonatchi tuzumlarni ildizi bilan qo‘porib, qarshisida uchraydigan har qanday to‘siqlarni ag‘darib ketadigan to‘fon zarur. Chunki bu to‘siqlar Ummatning birlashishiga, dinini qoim qilishiga, Alloh yo‘lida jihod qilishiga va Allohning kalimasini ulug‘lab, kofirlarning so‘zini yer bilan yakson etishiga yo‘l bermayapti.
Ey musulmonlar!
Siz bu yaxshilikni amalga oshirishga qodirsiz, bunga loyiqsiz, hatto siz shu maqsadda yaratilgansiz. Allohga yordam bering, Alloh sizga nusrat ato etsin va qadamlaringizni sobit qilsin. Malay hukmdorlardan qo‘rqishni qalblaringizdan sug‘urib tashlang. Amerikaning kuchi va kibri sizni qo‘rqitmasin, chunki Alloh taoloning qudrati undan ham buyukdir. Alloh qahri qattiq va jazosi og‘ir zotdir. Shunga ishongan mo‘min esa Allohga xolis tavakkal qiladi, Alloh esa tayanish uchun to‘liq kifoya qiladi. Muborak zamin ahli Allohning yordami va tavfiqi ila haq ustida sobit turadi. Ularni yordamsiz qoldirganlar esa ularga hech qanday ziyon yetkaza olmaydilar. Rosululloh ﷺ bunday deganlar:
«لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي ظَاهِرِينَ عَلَى الْحَقِّ لَا يَضُرُّهُمْ مَنْ خَذَلَهُمْ، حَتَّى يَأْتِيَ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ كَذَلِكَ»
«Mening ummatimdan bir guruh odamlar doimo haq ustida g‘olib bo‘lib turadilar. Yordamsiz qoldirganlar ularga hech qanday ziyon yetkaza olmaydi. Ular Allohning amri kelgunga qadar shu holatda qoladilar». (Imom Muslim rivoyati).
Biz qudratli va aziz Allohning nusratiga to‘la ishonamiz. Sizni diningiz va birodarlaringizni qo‘llab-quvvatlashda Allohga sodiq bo‘lishga, shu orqali muborak zaminni ozod qilish sharafiga noil bo‘lishga da’vat etamiz. Bu ulug‘ martaba va buyuk mukofot Allohga bergan ahdu paymonlarida sodiq bo‘lgan kishilargagina nasib etadi. Bas, Allohga sodiq bo‘linglar, U ham sizlarning sodiqligingizni tasdiqlaydi, rostgo‘yligingizni amalga oshiradi. Bu haqda sizga Alloh taoloning quyidagi kalomi kifoyadir:
﴿إِنَّ ٱللَّهَ ٱشۡتَرَىٰ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ أَنفُسَهُمۡ وَأَمۡوَٰلَهُم بِأَنَّ لَهُمُ ٱلۡجَنَّةَۚ يُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيَقۡتُلُونَ وَيُقۡتَلُونَۖ وَعۡدًا عَلَيۡهِ حَقّٗا فِي ٱلتَّوۡرَىٰةِ وَٱلۡإِنجِيلِ وَٱلۡقُرۡءَانِۚ وَمَنۡ أَوۡفَىٰ بِعَهۡدِهِۦ مِنَ ٱللَّهِۚ فَٱسۡتَبۡشِرُواْ بِبَيۡعِكُمُ ٱلَّذِي بَايَعۡتُم بِهِۦۚ وَذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡفَوۡزُ ٱلۡعَظِيمُ﴾
«Albatta, Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi, ular Alloh yo‘lida jang qilib (kofirlarni) o‘ldiradilar va (o‘zlari ham Alloh uchun shahid bo‘lib) o‘ldiriladilar. (Bunday mo‘minlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qur’onda O‘zining haq va’dasini bergan. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Bas, (ey mo‘minlar), qilgan bu savdolaringizdan shodlaning. Mana shu haqiqiy buyuk baxtdir» [Tavba 111]
Ey Allohim! Musulmonlarning qalblarini O‘zingga itoat va diningni qo‘llab-quvvatlashga ochib ber. Biz uchun O‘z dargohingdan bir madadkor quvvat ato et.
Roya gazetasining 2025 yil 13 avgust, chorshanba kungi 560-sonidan