Matbuot bayonoti
AQSH mustamlamlakachi davlatdir!
Uning bojxona siyosatiga bo‘ysunish esa Ummatning suverenitetiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi!
Kapitalizmni butun dunyoga targ‘ib etuvchi Amerika so‘nggi paytlarda jahon miqyosida «bojxona krizisi»ni boshladi. Bu bilan u kapitalistik mafkuraning asosiy tayanchlaridan biri bo‘lgan erkin bozor qoidalarini ham, o‘z qo‘li bilan barpo etgan Jahon Savdo Tashkilotining prinsiplarini ham mensimasdan chetga surmoqda. Bu holat kapitalistik tuzumning insonparvarlikdan yiroq, faqat suiiste’molga asoslangan ekanini yana bir bor ochiq namoyon etdi. Ajablanarlisi shundaki, Bangladeshdagi muvaqqat hukumat AQSHning bojxona choralarini qabul qilish bilan unga bo‘ysunuvchi siyosatni tanladi. Bir qator davlatlar Boing mahsulotlaridagi nuqsonlar tufayli buyurtmalarini bekor qilayotgan bir paytda, Bangladesh hukumati aynan shu kompaniyadan 25 ta qimmatbaho Boing samolyotini sotib olish, shuningdek, AQSHdan paxta va suyultirilgan tabiiy gaz import qilish haqida halokatli qaror qabul qildi. Bundan tashqari, hukumat xalq ko‘zidan yashirin holda Amerika bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib, ma’lumotni oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi tarixiy kelishuvni imzolamoqda. Bu bitimni maxfiy imzolashning sababi – yurtdagi ongli insonlar, halol siyosatchilar va ziyolilar Amerika Bangladeshni o‘zining geosiyosiy quroli sifatida ishlatishga urinayotganini va bu mintaqada mustamlakachilik loyihalarini amalga oshirishda qattiq turib harakat qilayotganini anglab yetganlaridir. Alloh taolo bunday degan:
﴿إِن يَثۡقَفُوكُمۡ يَكُونُواْ لَكُمۡ أَعۡدَآءٗ وَيَبۡسُطُوٓاْ إِلَيۡكُمۡ أَيۡدِيَهُمۡ وَأَلۡسِنَتَهُم بِٱلسُّوٓءِ﴾
«(Ey mo‘minlar), agar ular (mushriklar) ustingizdan zafar qozonsalar, dushmanlaringiz bo‘lurlar va sizga qo‘l va tillarini yomonlik bilan cho‘zurlar (ya’ni sizlarni o‘ldirurlar, haqoratlar qilurlar)»
[Mumtahana 2]
AQSHning bunday bojxona siyosatini kapitalist iqtisodchilar nega inkor etmayapti, deb so‘rasangiz, to‘g‘ri, ular siyosiy iqtisodni biladilar. Biroq shunga qaramay, shu darajada sodda va kaltabinki, AQSHning bojxona siyosatini faqat iqtisodiy nuqtayi nazardan baholamoqdalar va unga javobni faqat iqtisodiy qarshi choralar bilan berish mumkin, deb o‘ylamoqdalar. Agar Bangladeshdagi muvaqqat hukumat Amerika kompaniyalarini mamlakatning energetika sohasidan chiqarib yuborganida edi, mana shunday g‘ayriinsoniy siyosatlarga munosib javob bergan bo‘lar edi. Ammo afsuski, bu masala hatto Bangladesh va Amerika o‘rtasidagi savdo tanqisligi bo‘yicha hisob-kitoblarda ham inobatga olinmadi.
Hokimiyatni qo‘lga kiritishga o‘ch Bengal Milliy partiyasi esa, AQSHning bojxona siyosatida hukumat bilan to‘liq hamkorlik qilishini aytib, xalqni aldadi. Amerika o‘z hukmronligini Bangladeshda tobora kengaytirib borayotgan bir paytda esa, ayrimlar hatto Amerika diplomatlariga sovg‘alar ulashishdan ham tortinmadi.
Biz, Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati, muvaqqat hukumatni qat’iy ogohlantiramiz va shunday deymiz: Amerika mustamlakachi davlatdir. Shuning uchun u bilan har qanday kelishuvlardan voz keching. Aksincha, ayni vaziyatdan unga bo‘lgan har qanday tobelikdan, ayniqsa savdo sohasidagi bog‘liqlikdan xalos bo‘lish imkoniyati sifatida foydalaning.
Ey insonlar!
Har qanday ongli siyosatchi yaxshi biladiki, Amerika o‘zining kapitalistik mustamlakachilik siyosati orqali bir necha marta, qayta-qayta jahon iqtisodiyotini tanazzulga solgan. Bugun ham u dunyoda yakkahokimlik o‘rnatish maqsadida navbatdagi savdo urushini boshlamoqda. Siyosiy muloqot markazi tadqiqotlar direktori doktor Muazzam ta’kidlaganidek, Amerika joriy etayotgan bir tomonlama savdo siyosatlari va yangi boj stavkalari jahon savdo tizimiga jiddiy tahdid solmoqda. Shu tariqa, kapitalizm doim targ‘ib qilib kelgan «erkin bozor iqtisodiyoti» degan da’voning yolg‘onligi, hatto zamonaviy iqtisodchilarning ko‘zida ham fosh bo‘ldi.
Faqat Xalifalik tuzumigina yurtlarimizni iqtisodiy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan darajaga yetkazishga va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga tayanadigan siyosatlarni butunlay o‘zgartirishga qodirdir. U Amerika mustamlakachiligi tashkilotlari bo‘lgan Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki kabilarni ildizi bilan yo‘q qilib, Islom asosida odil va ilg‘or iqtisodiy tuzum barpo etadi. Shu tariqa dunyoni adolat va muvozanat ustuvor bo‘lgan iqtisod soyasi ostiga qaytaradi. O‘zingiz yaxshi bilganingizdek, Hizb ut-Tahrir bu borada ko‘plab mahalliy va xalqaro anjumanlarda Xalifalikning yetakchi iqtisodiy siyosatlari haqida batafsil bayonotlar taqdim etgan. Shuning uchun Hizbning ongli va xolis rahbariyati atrofida saflaringizni birlashtiring va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga shoshiling. Alloh Taolo bunday degan:
﴿وَلَوۡ أَنَّ أَهۡلَ ٱلۡقُرَىٰٓ ءَامَنُواْ وَٱتَّقَوۡاْ لَفَتَحۡنَا عَلَيۡهِم بَرَكَٰتٖ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلۡأَرۡضِ وَلَٰكِن كَذَّبُواْ فَأَخَذۡنَٰهُم بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴾
«Agar u qishloqlarning (joyning) ahli iymon keltirib, taqvodor bo‘lganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik. Lekin ular (payg‘ambarlarimizni) yolg‘onchi qildilar, bas, ularni o‘zlari qilgan gunohlari sababli ushladik»
[A’rof 96]
Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi
matbuot bo‘limi