Suriyadagi so‘nggi o‘zgarishlar
Suriyada Asad rejimining qulashi ortidan Amerika mintaqada yangi strategiyani amalga oshirmoqda. Aniqrog‘i, mintaqadagi “o‘yinchi”larning rolini o‘zgartirmoqda. Masalan, Eron kabi malaylarning roli – shu paytgacha Suriya va Livanda qilgan xizmatlariga qaramay – kamaytirildi. Eron rolining pasayishi avvaldanoq ma’lum bo‘lganligi sababli, u yahudiy vujudi va Amerika qarshisida doimo mag‘lub tomon bo‘lib keldi. Turkiya kabi malaylarga kattaroq rol berildi. Trampning Suriya kaliti Turkiyaning qo‘lidaligi haqidagi takabburona bayonoti buni tasdiqlab turibdi.
Biroq Aqso to‘foni boshlanganidan beri G‘azoda davom etayotgan urush yahudiy vujudining xavfsizligi xavf ostida ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun Amerika boshchiligidagi G‘arb uchun “Isroil”ni himoya qilish xalqaro kapitalistik tuzumni saqlab qolishning bir qismiga aylandi. Ammo ular birlashib kurash olib borayotgan bo‘lsa ham, G‘azoda o‘zlari kutgan g‘alabaga erisha olmadi.
Yahudiy vujudi uchun Falastindagi Xamas boshchiligidagi Qassam Mujohidlari qanchalik xavfli bo‘lsa, Suriya xalqi va u yerdagi xolis mujohidlar ham shunchalik xavflidir. Shuning uchun Amerikaga tayangan yahudiy vujudi Suriyada tartibsizliklar keltirib chiqarishdan doimo manfaatdor.
Suvaydadagi tartibsizlik
Botil aqidaga ega druzlar yashaydigan Suriya janubidagi Suvayda shahrida 13 iyul kuni badaviy arab qabilalari va druzlar o‘rtasida qurolli janglar yuzaga keldi. O‘t ochishni to‘xtatish chaqiriqlari yangrar ekan, yahudiy kuchlari Suriya xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirdi. Bu hujumga tayyor bo‘lmagan 700dan ortiq Suriya askari shahid bo‘ldi.
16 iyul kuni Isroil uchoqlari Suriya prezidenti va Mudofaa vazirligi joylashgan binolarni bombardimon qildi. Yahudiylarning ochiq harbiy harakatlariga qaramay, Suriya muvaqqat hukumati o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga sodiqligini saqlab qoldi. Prezident Ahmad Shar’a o‘z bayonotida urushdan qo‘rqmasligini, biroq xalqning manfaatlari bundan yuqori ekanligini ta’kidladi. AQSH tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilganini e’lon qilganidan so‘ng Suriya qo‘shinlari Suvaydani tark etdi. Vaziyatdan foydalanib qolgan druzlar bu hududda yashovchi musulmonlarni shafqatsizlarcha qirg‘in qildi. Go‘daklar pichoqlandi, erkaklar so‘yildi, ayollar zo‘rlandi. Musulmonlarning uylariga o‘t qo‘yilib, mol-mulklari talon-taroj qilindi. O‘ldirilgan musulmonlarning jasadlari shaharga kirish joylarda osilib, ijtimoiy tarmoqlarda poylashildi. Omon qolgan musulmonlar sahrolarga qochishga majbur bo‘ldi.
Badaviy qabilalarning kuchayishi
17 iyul kuni mojaro yana qayta boshlandi va bu safar voqealar rivoji o‘zgacha tus oldi. Suriya qo‘shini Suvaydadan chekingach, Suriyadagi musulmon birodarlarining qirg‘iniga guvoh bo‘lgan 42ta badaviy qabila qo‘shma bayonot berib, druzlarga qarshi urush e’lon qildi. Dara, Dayr az-Zor va boshqa shaharlardan badaviy qabilalar oqib kela boshladi. Ular Suriya hukumatini aralashmaslikka chaqirib, agar to‘sqinlik qilsa, ularga jinoyatchilar sifatida qaralishidan ogohlantirdi. Suvaydada zulm ko‘rgan musulmonlarning ahvoli yaxshilanmaguncha o‘zlariga qahva ichishni harom qilgan bu jangovar qabilalar druzlarni mag‘lub etib, Suvayda markazigacha yetib bordi. Druzlar esa yig‘lab-siqtab, G‘arbdan yordam so‘ray boshladi.
Bunday holatni kutmagan AQSH va yahudiy vujudining rasmiylari tez-tez bayonotlar berib, Suriya hukumatidan yetakchilikni qo‘lga olishni talab qildi. Natijada Suriya rejimi xavfsizlikni himoya qilish bahonasida Suriya armiyasi Suvaydaga joylashtirilishini e’lon qildi. Xususan, Suvaydaga kelayotgan qabilalarning yo‘lini to‘sib, hududda jang qilayotgan mujohidlarni shaharni tark etishga chaqirdi.
“Suriya rejimiga hujum qilganlar qarshisida bizni ko‘radi” degan Erdo‘g‘on hukumati esa, odatdagidek keskin bayonotlardan nariga o‘tmadi. Boshqacha aytganda, u G‘azoda bo‘lgani kabi Trampdan biror harakat bo‘lishini kutib o‘tirdi. Shunday qilib, Suriya rejimi va Turkiya hukumati sahrodagi badaviy qabilalar ko‘rsatgan jasoratni ko‘rsatishga jur’at eta olmadi. Aksincha, Suvaydaga kirgan Suriya qo‘shinlari musulmonlarning qonini to‘kkan druzlarni jazolash o‘rniga badaviy qabilalarni shahardan quvib chiqarish bilan ovora bo‘ldi. Dushanba kuni Ichki ishlar vazirligi 1500 nafar badaviy jangchini shahardan evakuatsiya qilish uchun avtobuslar jo‘natganini ma’lum qildi. Bundan g‘azablangan qabila boshlig‘laridan biri “Agar hukumat o‘n soat aralashmay turganida, Suvaydani ozod qilgan bo‘lar edik”, dedi.
Yuqoridagilardan qilinadigan xulosa shuki, Suriya rejimiga tarixdan saboq olishni eslatish lozim. Kuch-qudrat va azizlikni Islomdan boshqa joylardan izlaganlarning taqdiri hammamizga ma’lum. Shuni tushunish kerakki, Allohga tavakkul qilgan va Ummatga tayangan hukumat uchun yengib bo‘lmaydigan to‘siq yo‘q.
Demak hozirda Suriya rejimi ikki tanlov oldida turibdi. Biri AQSH va yahudiy vujudi bilan hamkorlik niqobi ostida qaramlik hayotda yashashni davom ettirish bo‘lsa, ikkinchisi Allohga tavakkul qilish va Ummatga tayanish bilan musulmonlarni azizlikka yetaklash va Islomni jihod orqali dunyoga olib chiqishdir!
مَثَلُ الَّذ۪ينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللّٰهِ اَوْلِيَٓاءَ كَمَثَلِ الْعَنْكَبُوتِۚ اِتَّخَذَتْ بَيْتًاۜ وَاِنَّ اَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنْكَبُوتِۢ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ
“Allohdan o‘zga «do‘stlar»ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (o‘zi uchun) uy qurib olib, (o‘sha uyidan panoh istagan) o‘rgimchakka o‘xshaydi. Albatta uylarning eng nimjoni o‘rgimchak uyasidir. Agar ular bilsalar edi, (o‘rgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan bo‘lur edilar)” (Ankabut: 41).
Mumtoz Movarounnahriy