Matbuot bayonoti
Pokiston hukmdorlarining xiyonati va normalizatsiya to‘lqiniga ergashishi Abraxam xiyonat loyihasiga yo‘l ochish hamda Amerika va yahudiy vujudining manfaatlariga xizmat qilish uchundir
Tramp bilan Amerika mintaqada AQSH manfaatlariga xizmat qiladigan yangi Yaqin Sharqni yaratishga harakat qilmoqda. Bu manfaatlarning eng asosiysi AQSHning harbiy bazasi bo‘lgan yahudiy vujudining xavfsizligi va kafolatini ta’minlashdir. Ular, shuningdek, yahudiy vujudini mintaqada siyosiy, iqtisodiy va fikriy jihatdan mutlaq hukmron davlat sifatida o‘rnatishga harakat qilishmoqda. Ayni loyihani amalga oshirish uchun Amerika malaylari ommaviy ravishda safarbar qilinmoqda. Bu xiyonatni avval Fors ko‘rfazi davlatlaridagi va Sudandagi ruvaybizalar boshlab berdi. Keyin ularning izidan Pokiston bosh shtabi qo‘mondoni general Osim Munir ergashdi. U musulmonlarning ashaddiy dushmani bo‘lmish Hindiston ustidan Pokiston havo kuchlari qo‘lga kiritgan g‘alabani puchga chiqardi. Keyin G‘azo, Livan va Eron qassobi bo‘lmish Trampni Nobel tinchlik mukofotiga tavsiya qildi. Bundan ruhlangan Netanyaxu esa, Trampni «Nobel tinchlik mukofoti» emas, «Nobel urush mukofoti»ga nomzod qilib ko‘rsatdi.
Bugun navbat Pokistondagi siyosiy malaylarga yetib keldi. Ular bu g‘arazli loyihani amalga oshirish yo‘lini tayyorlashga kirishdi. Pokiston Islom Ligasi liderining maslahatchisi Rana Sanoualloh o‘z bayonotida «Pokiston Abraxam kelishuvlari borasida islomiy yurtlar mavqeini qabul qilishi kerak», dedi. Shu bilan birga, tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar bilan mudofaa vaziri Xo‘ja Osifning bergan bayonotlari quyidagicha mazmunda bo‘ldi: «Pokiston bu kelishuvga qo‘shilmaydi. Chunki Isroilni tan olish Pokistonning ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan uzoq yillik pozitsiyasiga ziddir. Bu masala faqat milliy manfaatlarga xizmat qilsagina ko‘rib chiqiladi».
2020 yili Amerika tomonidan tayyorlangan va Amirliklar, Bahrayn, Ummon va Sudanning yahudiy vujudi bilan tahqirli va xiyonatkor normalizatsiyalariga yo‘l ochgan kelishuvlarning mohiyati fosh bo‘lgan bo‘lsa-da, shuningdek, bu kelishuvlar elchixonalar ochish, savdo shartnomalari tuzish va texnologiya hamkorligini ham o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, shularning barchasiga qaramay, anavi Ummatdan uzilgan hukmdorlar Pokiston ahlining sof aqidasini poymol qilmoqdalar hamda sayyidimiz Ibrohim alayhis-salomning yahudiylar va nasroniylardan mutlaq pokligini nazarlariga ham ilmayaptilar. Holbuki, Alloh Taolo bunday degan:
﴿مَا كَانَ إِبۡرَٰهِيمُ يَهُودِيّٗا وَلَا نَصۡرَانِيّٗا وَلَٰكِن كَانَ حَنِيفٗا مُّسۡلِمٗا وَمَا كَانَ مِنَ ٱلۡمُشۡرِكِينَ﴾
«Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham emas, balki haq yo‘ldan toymagan holida (Allohga) itoat qilguvchi zot bo‘lgan, mushriklardan ham bo‘lmagan» [Oli Imron 67]
Ular hech kechiktirmasdan, mumkin qadar tezroq bu kelishuvlarga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Hozircha esa, «boshqa islomiy mamlakatlar hukmdorlari qo‘shilganidan so‘ng biz ham qo‘shilamiz», degan bahonani ilgari surmoqdalar. Ular qatoridan Britaniya qo‘lida tarbiya topib, bugun Amerikaga malaylik qilayotgan Saudiya Arabistoni hukmdorlari, Eron hukmdorlari va Turkiya munofiqlari o‘rin olgan. Bu munofiqlarning boshida esa eng katta munofiq Erdogan turibdi. Ular shu bilan o‘zlarini shaxsiyati yo‘q, ko‘r-ko‘rona ergashuvchi immaa darajasiga tushirib qo‘ymoqdalar. Holbuki, bu ish Rosululloh ﷺning quyidagi vasiyatiga butunlay zid:
«لَا تَكُونُوا إِمَّعَةً، تَقُولُونَ: إِنْ أَحْسَنَ النَّاسُ أَحْسَنَّا، وَإِنْ ظَلَمُوا ظَلَمْنَا، وَلَكِنْ وَطِّنُوا أَنْفُسَكُمْ: إِنْ أَحْسَنَ النَّاسُ أَنْ تُحْسِنُوا، وَإِنْ أَسَاءُوا فَلَا تَظْلِمُوا»
«Odamlar yaxshilik qilsa, biz ham yaxshilik qilamiz, agar zulm qilishsa, biz ham zulm qilamiz, deydigan ko‘r-ko‘rona ergashuvchi immaa bo‘lmanglar. Aksincha, odamlar yaxshilik qilsa, biz ham yaxshilik qilamiz, agar ular yomonlik qilsa, biz zulm qilmaymiz, deyishga o‘zingizni o‘rgatinglar». (Termiziy rivoyati).
Bu hukmdorlar haqiqatni burmalab, mag‘lubiyatni g‘alaba sifatida ko‘rsatishmoqda. Kuni kecha Pokiston qo‘shinlaridagi sheryurak askarlarning Hindiston ustidan qozongan g‘alabasini yo‘qqa chiqarib, Kashmirdan voz kechishgani, Hindistonning suv kelishuvini buzishiga ko‘z yumishgani va oxirida bu xiyonatni «g‘alaba» qilib ko‘rsatib, bosh shtab qo‘mondonini marshal unvoniga ko‘tarishgani kabi, mana bugun «ikki davlat yechimi» degan yolg‘onga yopishib olib, xuddi shu aldovni yana takrorlashmoqda. Ikki davlat yechimiga yopishib olishni go‘yo sharafli pozitsiyadek ko‘rsatishmoqda.
Holbuki, ikki davlat yechimi loyihasi yahudiy vujudining muborak Falastin yerlarining 80 foizidan ortig‘iga o‘rnashib olishini ta’minlaydi. Odamlarga esa bu g‘alaba sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu eng katta xoin Yosir Arafotning Oslo kelishuvidagi qilmishining aynan o‘zidir. O‘shanda u Falastin davlati muborak zaminning 20 foizidan ham kam qismida tashkil etilishi yahudiylar tomonidan qabul qilinishi evaziga, ularning muborak yerlarni bosib olish jinoyatini rasman tan olgan edi!
Ey Pokiston musulmonlari, xususan, qurolli kuchlar safidagi g‘alaba qozongan harbiylar!
Sizning siyosiy hukmdorlaringiz va harbiy qo‘mondonlaringiz yahudiylar va nasroniylarga bo‘lgan vafodorliklarini ochiq-oydin bildirdilar. Ular o‘z xo‘jayinlari manfaatiga xizmat qiluvchi har qanday kelishuvni imzolashdan uyalmayaptilar. Hatto bu Islomdan yuz o‘girish, xo‘jayinlarining yangi dini – Abraxam diniga ergashish, shuningdek, ikki qiblaning birinchisi va ikki harami sharfining uchinchisi bo‘lgan Quddusi Sharifdan voz kechishga olib borayotgan bo‘lsa ham! Ularning shunday qilmishga hoziru nozir ekanliklari – Ummat dushmanlariga naqadar vafodorliklarining natijasidir. Ular sizning tilingizda gapirib, Qur’on tilovat qilsalar ham, ammo Alloh ogohlantirgan munofiqlarning aynan o‘zidirlar. Alloh Taolo Munofiqun surasida bunday degan:
﴿وَإِذَا رَأَيۡتَهُمۡ تُعۡجِبُكَ أَجۡسَامُهُمۡۖ وَإِن يَقُولُواْ تَسۡمَعۡ لِقَوۡلِهِمۡۖ كَأَنَّهُمۡ خُشُبٞ مُّسَنَّدَةٞۖ يَحۡسَبُونَ كُلَّ صَيۡحَةٍ عَلَيۡهِمۡۚ هُمُ ٱلۡعَدُوُّ فَٱحۡذَرۡهُمۡۚ قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُۖ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴾
«Qachon siz ularga boqsangiz ularning jismlari (ko‘rinishlari, kiygan kiyimlari) sizni hayratga solur, so‘zlaganlarida esa so‘zlariga (ohangdor, fasohatli bo‘lgani uchun berilib) quloq solursiz. (Lekin ularning dillari iymon va yaxshilikdan xoli bo‘lgani uchun) ular go‘yo (devorga) yo‘lab qo‘yilgan (chirik) yog‘ochlarga o‘xshaydilar, (yuraksizliklari sababli) har bir qichqiriq-ovozni ustlariga (tushayotgan biron balo-ofat deb) gumon qiladilar. Ular dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot bo‘ling! Ularga Allohning la’nati bo‘lsin! Qanday adashmoqdalar-a!» [Munofiqun 4]
Shuning uchun ularni tiyib qo‘yish va taxtlaridan ag‘darish, so‘ng Alloh nozil qilgan shariat bilan hukm yuritadigan roshid xalifaga bay’at berish sizning vojib vazifangizdir. Zero, xalifa Masjidul Aqsoni va Isro maskanini ozod etadi, Hindiston yarimorolini ikki milliardlik Ummatni birlashtiradigan tavhid bayrog‘i ostida Ummat hukmi ostiga qaytaradi.
Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi
matbuot bo‘limi