Qirg‘izistonda korrupsiya asosiy muammo bo‘yicha qolmoqda

52
0

Qirg‘izistonda korrupsiya asosiy muammo bo‘yicha qolmoqda

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mamlakatda korrupsiya davom etayotgani haqida davlat amaldorlariga murojaat yo‘lladi. Unga ko‘ra, budjetdan moliyalashtirilayotgan ishlar, qurilayotgan obyektlar va asfalt yotqizilayotgan yo‘llarni tekshirish uchun sentyabr oyida mutaxassislardan iborat komissiya tuziladi. Sadir Japarov xalq uni “Davlat xazinasi muqaddasdir, undan o‘g‘irlamaydi va boshqalarning ham o‘g‘irlashiga yo‘l qo‘ymaydi” degan ishonch bilan saylaganini tilga olib o‘tdi.

Korrupsiya nafaqat Qirg‘izistonda, balki kufr nizomi tatbiq etilayotgan hamma joyda davlat taraqqiyotiga qarshi asosiy to‘sqinliklardan biri bo‘lib qolmoqda. U iqtisodiyotni, fuqarolarning ishonchini va hukumatning qonuniyligini zaiflashtiradi. Og‘zaki tahdidlar va videoga olish orqali jazolash bilan natijaga erishish mumkin emas. Poraxo‘rlikka qarshi kurash keng qamrovli bo‘lishi kerak. U tizimli yondashuvni talab qiladi hamda bu borada mamlakat rahbariyatining namunasi ham muhim.

Agar korrupsiyaga qarshi kurashda tezkor natijalar haqida gapiradigan bo‘lsak, hozirgi sharoitda, birinchi navbatda, budjet xarajatlarining shaffofligini ta’minlash zarur. Odamlar davlat mablag‘lari qayerga sarflanayotganini, tenderlarda kim g‘olib bo‘layotganini, qaysi kompaniyalar bilan qanday shartnomalar tuzilayotganini bilishi kerak. Bu hech bo‘lmaganda jamoatchilik nazoratini paydo qiladi va korrupsion ishlar amalga oshishini ancha qiyinlashtiradi. Muhim qadam sifatida, hukumatdan mustaqil bo‘lgan va yuqori mansabda ishlaydigan shaxslarni tekshirish bo‘yicha real vakolatlarga ega bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash organini tashkil etish lozim. Bundan tashqari, jazoning majburiy bo‘lishini ta’minlash muhimdir. Qonunni kim buzganidan qat’iy nazar – u past darajadagi xodimmi yoki yuqori lavozimdagi vazirmi – hamma javobgarlikka tortilishi kerak.

Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu odamlar ko‘pincha jamiyatdan chetlashtiriladi, biroq ular tizimni tozalashda asosiy rol o‘ynaydi. Davlat ularni himoya qilishi, hatto ayrim hollarda taqdirlashi kerak. Yana bir muhim chora – manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishdir. Mansabdor shaxs bevosita o‘zi yoki qarindoshlari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmasligi lozim. Lavozimga tayinlash ham oilaviy rishtalar yoki do‘stlikka emas, balki kasbiy mahoratga asoslanishi kerak.

Agar davlat rahbarining o‘zi namuna bo‘la olmasa, hech qanday qonun va chora-tadbirlar ish bermaydi. Prezident shaffoflik, halollik va soflik namunasi bo‘lishi kerak. Uning daromadlari va mol-mulki tamoman ochiq bo‘lishi, turmush tarzi esa odamlarda norozilik uyg‘otmasligi va hayoti oddiy bo‘lishi kerak. Davlat rahbarining boshqalarga namuna bo‘lishi ta’sir qilishning eng samarali vositalaridan biridir. Agar prezident o‘z qarindoshlarini, hatto aka-ukalarini korrupsiyaga aralashib qolishiga yo‘l qo‘ymasa, bu butun tizimga “o‘g‘irlab bo‘lmaydi” degan aniq signal beradi.

Shaxsiy mas’uliyat – qarindosh-urug‘chilikdan (qabilachilikdan) voz kechish, barchaning qonun oldida tengligi, qarorlar qabul qilishda shaffoflik – bularning barchasi faqat qog‘ozda qolib ketmay, davlat rahbarining xatti-harakati va turmush tarziga aylanishi kerak. Shundagina korrupsiyaga qarshi kurash populistik shiorlardan chinakam samarali siyosatga aylanadi.

Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ davridagi Islomiy boshqaruvda va uning odil xalifalari bo‘lmish Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (roziyallohu anhum) tarixida korrupsiya, o‘g‘irlik va hokimiyatni suiiste’mol qilishga qarshi kurashda halollik, prinsipiallik va adolat jihatidan ko‘plab yorqin namunalar bor. Bu misollar jamiyatni (Ummatni) boshqarishda naqadar yuksak ma’naviy me’yor qo‘yilgani hamda rahbarlarning namuna bo‘lishi ishonch va tartibning asosi bo‘lganini ko‘rsatadi.

Bu borada eng mashhur voqealardan biri – bu taniqli qabiladan bo‘lgan Fotima binti Asvadning o‘g‘irlik qilgani haqidagi voqeadir. Ba’zi sahobalar (xususan, Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu) uning ijtimoiy mavqeini hisobga olib, yengilroq jazo berishni so‘rashganda, Payg‘ambarimiz ﷺ: “Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘irlik qilgan bo‘lsa ham, uning qo‘lini kesgan bo‘lardim”, dedilar. (Sahih al-Buxoriy, 6788-hadis).

Bu voqea islomiy boshqaruvda “daxlsiz” kishilar bo‘lishi joyiz emasligini aniq ko‘rsatib turibdi. Qonun hamma uchun, hatto hukumat vakillari uchun ham bir xil bo‘lishi lozim.

Abu Bakr (roziyallohu anhu) xalifa bo‘lgach, oilasini boqish uchun dastlab oddiy odam sifatida savdo-sotiqni davom ettirdi. Keyinchalik jamoat unga boshqaruvga ko‘proq e’tibor qaratishni, tirikchilik uchun esa baytulmoldan maosh olishni taklif qildi va u eng kam ish haqiga teng maoshni tanladi. O‘limidan oldin oilasiga davlatdan olgan ortiqcha mablag‘larini baytulmolga qaytarishni buyurdi. Bu oddiylikning va davlat mablag‘ining har bir tiyiniga nisbatan mas’uliyatning yuksak darajasini namoyon qiladi.

Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) isrofgarchilik va imtiyozlar masalasida o‘zining qattiq pozitsiyasi bilan mashhur edi. Bunga bir qancha aniq misollar mavjud. U qo‘lostidagilardan daromadlari haqida muntazam ravishda hisobot berishlarini talab qilar va agar ularning halolligiga shubha tug‘ilsa, mulklarini musodara qilar edi.

Mashhur voqealardan birida Misr voliysi Amr ibn Os (roziyallohu anhu)  o‘g‘liga poygada yutib chiqqan otni sovg‘a qilganda Umar (roziyallohu anhu)  otni baytulmolga qaytarishni talab qildi va buning uchun Amrga tanbeh berdi.

Umar (roziyallohu anhu)ning o‘zi ham omma oldida hisobot berar va o‘ziga nisbatan tanqidni qabul qilardi. Bir kuni sahobalardan biri undan yangi kiyimini qayerdan olganini so‘radi. Chunki davlat tomonidan berilgan mato uning kalta ustki kiyimigagina yetardi. Umar o‘g‘lini chaqirdi, u o‘z ulushiga tushgan matoni otasiga berganini tasdiqladi va shundan keyingina odamlar tinchlanishdi.

Usmon (roziyallohu anhu) xalifa bo‘lishidan oldin ham badavlat kishi edi, u o‘z boyliklarini musulmonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun sarfladi. Suvi pulga sotiladigan Ruma qudug‘ini sotib olib, suvni xalqqa tekin qilib qo‘ydi. Shu bilan birga, u o‘z boshqaruvida halimlik qildi va so‘ngi yillarda hokimiyatga qarindoshlarini tayinlagani uchun tanqid qilindi. Biroq, ular tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xiyonat sodir etilgani haqida hech qanday dalil yo‘q. Usmon (roziyallohu anhu) hech qachon baytulmoldan shaxsiy maqsadlarida foydalanmagan, uning yashash sharoiti juda oddiy edi.

Ali (roziyallohu anhu) adolat ustida qattiq turishi bilan mashhur edi. U xalifalik davrida qarindosh-urug‘ deb hisoblagan ko‘plab amaldorlarni – ularning noroziligiga qaramay – ishdan bo‘shatdi, “hokimiyat qo‘ldan ketadi” deb qo‘rqib o‘tirmadi. U zot: “Agar baytulmol mening shaxsiy mulkim bo‘lgan taqdirda ham, men uni odamlar orasida adolatli taqsimlagan bo‘lardim. Vaholangki bu ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri haqqi ekan, men boshqa nima ham qila olardim?”, degan edi.

Bir kuni Ali (roziyallohu anhu) ukasi Oqilni ortiqcha pul so‘rashni to‘xtatishga chorlar ekan, bir temirni olovga qo‘yib, “Agar bu temirning issiqligiga chiday olmasang, musulmonlar baytulmolidan o‘g‘irlaganing uchun do‘zax oloviga qanday chidaysan?” degan edi.

Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺning kotibi va Umar (roziyallohu anhu) davrida moliya ishlarini boshqarishga mas’ul bo‘lgan sahobalardan edi. U shaffof va aniq hisob-kitob bilan ish yuritgani uchun ishonch va hurmat-e’tiborga sazovor edi. Uning hisob-kitobisiz baytulmoldan bir dinor ham sarflanmasdi.

Islomiy boshqaruvning tarixi shuni ko‘rsatadiki, Islom korrupsiyaga qarshi kurashda rahbarlarning halol va sofligi, ularning qonun oldida tengligi, mansabdor shaxslarning qattiq nazoratga olinishi va jamoat mulki bilan ishlashda to‘liq shaffofligi bilan muvaffaqiyatga erishdi.

Rasululloh ﷺ va u zotning odil xalifalari poraxo‘rlikni yo‘q qilishda yetakchining axloqiy fazilatlari asosiy qalqon ekanligini yaxshi tushundilar. Bu misollar adolatli boshqaruvga intilayotgan davr yetakchilarini yaxshi tarafga ilhomlantirishi kerak. Biz Alloh Taoloning marhamati va izni bilan yaqinda tiklanajak Islom davlati korrupsiya va poraxo‘rlikdan xoli davlat bo‘lishiga kafilmiz.

Latiful Rosih

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.