Zo‘ravonlikni faqat Islom to‘xtata oladi
Bishkekda bolalarga nisbatan yana bir dahshatli zo‘ravonlik hodisasi qayd etildi. Aniqrog‘i, Bishkek chekkasida joylashgan mahallalardan birida 1 sinf o‘quvchisi maktab o‘quvchilari tomonidan zo‘rlandi. Bu masala Qirg‘iziston parlamentida ham muhokama qilindi. Deputatlar militsiya xodimlarining bu masalaga befarqligi tufayli, huquq-tartibot idoralari faoliyatini tanqid ostiga oldi. Chunki zo‘rlangan bola yaqinlarining aytishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan yetarlicha harakat qilinmagani uchun ular bu voqeani oshkor qilishga majbur bo‘lgan.
Qirg‘izistonda bu kabi dahshatli voqealar kundan-kunga odatiy holga aylanib bormoqda. Ota-onalar bunday hodisalar tufayli o‘z farzandlarining taqdiridan qattiq xavotirga tushib, ularni himoya qilish haqida bosh qotirib kelishadi. Chunki bugungi kapitalistik sharoitda bolalarning zo‘ravonlikka duchor bo‘lmasligiga hech qanday kafolat yo‘q.
Bolalarning zo‘ravonlikka duchor bo‘lishiga yoki zo‘ravonlikka qo‘l urishiga ko‘plab omillar ta’sir qilmoqda. Ulardan asosiylari jamiyatdagi fikr va tushunchalardir. Bugungi kunda bolalarni kim tarbiyalayapti, ularga kim fikr beryapti?! Bolalar jamiyatdagi fikrlar asosida tarbiyalanadi. Ular ko‘pincha fikrlarni internetdan olishadi. Biroq, dinni hayotdan ajratgan bugungi “sekulyar” jamiyatda insonni axloqsizlikdan to‘sadign hech qanday cheklov yo‘q. “Gunoh” degan tushuncha yo‘qolib ketgani uchun, odamlar axloqsiz ishlarni qilishdan tap tortmaydigan bo‘lib qoldi. “Bolalar ko‘rganini qiladi”, deganlaridek, yosh bolalar jamiyatdan ta’sirlanib, mana shunday axloqsiz ishlarga qo‘l urishmoqda. Farzand tarbiyasiga e’tibor qaratish lozimligi haqida jar solinib, bu borada tadbirlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, biroq bolalar o‘rtasida zo‘ravonlik yil sayin ortib bormoqda. Chunki biz dinni hayotdan ajratgan “sekulyar” tuzumda yashayapmiz. Boshqacha aytganda, insonlar odob-axloqi va farzandlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratadigan din hayotdan ajratib qo‘yilgan.
Hukumat mustamlakachilarning ko‘rsatmasi bilan dinni hayotdan ajratish uchun choralar ko‘rib, qonunlar qabul qilmoqda. Shuning uchun qonun yoki hayot qoidalari jihatidan Islomga moyil bo‘lgan har qanday harakatlar keskin ta’qiqlangan. Aniqroq aytganda hayotda bo‘ladimi, qonunchilikda bo‘ladimi, siyosatda bo‘ladimi halol-harom mezoni rad etiladi va u aslo e’tiborga olinmaydi. Misol tariqasida barchaga ma’lum masalalarni olsak: kazino va sug‘urta to‘g‘risidagi qonunlar jamoatchilik qarshiligiga qaramay qabul qilindi. Niqob kiyish va da’vat qilish ham musulmonlarning qarshiligiga qaramay, ta’qiqlandi. Bu masalalar faqat “sekulyar” tizim asosida tartibga solindi, halol-harom o‘lchovi, ya’ni Islom dini esa bir chetga surib qo‘yildi. Shuningdek, “e’tiqod erkinligi” to‘g‘risidagi qonun ham bolalarning Islomiy tarbiyasiga cheklovlar kiritishga yo‘l ochmoqda. Masalan, bolalarning masjidga borishini cheklash va hatto ota-onalarning farzandlarini o‘qitish imkoniyatlarini cheklash kabi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, insonlar va bolalarning axloqini to‘g‘rilaydigan yagona narsa Islom dinidir. Undan boshqa hech narsa insonni buzg‘inchilikdan to‘xtata olmaydi. Binobarin, din hayotimizga to‘laqonli kirib bormaguncha va uning hukmlari, tushunchalari jamiyatda keng tarqalib, tatbiq etilmaguncha, zo‘ravonlik muammosi aslo hal bo‘lmaydi. Demak, dinni hayotdan ajratish emas, aksincha, dinni hayotga olib kirish kerak. Farzandlarimiz va jamiyatimizning kelajagi uchun qayg‘uradigan bo‘lsak, “sekulyar” tuzumni va uning g‘oyalari-yu, tushunchalarini rad etib, Islom dinini keng yoyishga harakat qilishimiz lozim.
Horun Abdulhak