Matbut bayonoti
Duxaynot kabi bozorlarni buzish xalqning rizqu ro‘ziga qilingan ochiq tajovuz va tirikchilik manbaini yo‘q qilishga qaratilgan urushdir
Bu faqatgina Islomiy Xalifalik davlati yo‘qligining natijasidir
2025 yil 12 iyun, payshanba kuni ertalab Xartum viloyatiga qarashli Jabali Avliyo mahalliy hokimiyati qurollangan askarlar hamrohligida Duxaynot bozorini ekskavatorlar yordamida vahshiylarcha buzib tashladi. Savdo stellajlari sindirildi, bozordagi mollar zoye qilindi, hatto tovarlarini olib qochishga uringan fuqarolar ham bu tajovuzdan omon qolmadi.
Duxaynot bozori Xartumdagi eski bozorlardan biri bo‘lib, urush oqibatida mahalliy va markaziy bozorlar yopilib ketganidan so‘ng, aholi uchun yagona savdo maskaniga aylanib qolgan edi. Bu yerda harbiylar emas, balki oddiy xalq oziq-ovqat, sabzavot va turli taomlar xarid qilardi. Unda o‘g‘irlangan mollar sotilmagani sababli bozorga ishonch ortdi, faoliyati kengaydi, taklif ko‘paydi va narxlar tushdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari keng omma uchun oson yetadigan, arzon va qo‘l yetishi mumkin bo‘lgan oddiy iste’mol mahsulotiga aylandi. La’nati urush sababli odamlar ishsiz qolib, tirikchilik manbalari qisqargan bir paytda, aynan shu bozor fuqarolar uchun ish va rizq topish vositasi bo‘lib xizmat qilayotgan edi. Ammo hokimiyat tomonidan amalga oshirilgan buzish natijasida bozor vayron etildi, narxlar keskin oshdi va bu aholining azob-uqubatlarini yanada kuchaytirdi.
Mahalliy hokimiyat va uning qo‘shinlari tomonidan sodir etilgan ushbu zo‘ravonlik, shafqatsizlik va yovvoyi muomala mintaqa ahli tomonidan qattiq qoralandi. Bunday qilmishni ko‘rib hayratda qolgan ko‘pchilikning dildagi tabiiy savoli shu bo‘ldi: «Hukumat qachon xalqqa zulm qilish va pul yig‘ishga asoslangan eski siyosatlaridan voz kechadi? Shariatga ko‘ra davlat aholini himoya qilishi, ularga g‘amxo‘rlik qilishi lozim emasmi?!». Yana bir muhim savol: «Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari» nomuslarga tajovuz qilib, mol-mulklarni o‘marib yurgan paytda, bu hukumat qo‘shinlari qayerda edi? Bu armiya odamlarni himoya qilish uchun tuzilganmidi yoki ularni zulm va tahqir ostida ushlash turish uchunmi? Agar haqiqatan bozor yo‘lni toraytirib qo‘ygan bo‘lsa, uni boshqa kengroq hududga ko‘chirish, tartib bilan qayta joylashtirish mumkin edi-ku?!
Alloh Taolo aytadi:
﴿وَأَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلۡبَيۡعَ وَحَرَّمَ ٱلرِّبَوٰا﴾
«Alloh savdo-sotiqni halol, sudxo‘rlikni harom qildi» [Baqara 275]
Biroq bugungi kunda Alloh nozil qilmagan qonun va bahonalar bilan bozorlarimizda sudxo‘rlik halol qilib qo‘yildi, savdo-sotiqdan esa xalq mahrum etildi. Holbuki, oilasini ta’minlash va rizq topish uchun mehnat qilish har bir qodir erkakka vojibdir. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh ﷺ
«كَفَى بِالْمَرْءِ إِثْمًا أَنْ يُضَيِّعَ مَنْ يَقُوتُ»
«Kishining boqishi kerak bo‘lganlarni yetimdek tashlab qo‘yishi – uning uchun gunoh jihatidan yetarlidir», deganlar. Agar kimdir amalan yoki hukman ishlay olmaydigan-ojiz bo‘lsa, uning ta’minoti musulmonlar Baytulmoli, ya’ni hukumat zimmasiga tushadi. Shunday ekan, qanday qilib bu hukumat insonlarning rizqu ro‘zini qiymoqda?!
Xolera tarqalishi, bozorni qayta qurish yoki shunga o‘xshash biror bahona bilan bozordagi odamlarning tovar-mulklarini yo‘q qilish mutlaqo joiz emas. Aksincha, davlatning asosiy vazifasi odamlarga yordam berish, ularga g‘amxo‘rlik qilish va xavfsizligini ta’minlashdir. Davlat odamlarga qarshi kurashmasligi, ularning rizqlarini to‘smasligi kerak! Bozorda ishlovchi har bir kishi o‘z savdo va tijorat faoliyatini shariat qoidalariga muvofiq tarzda yuritishi lozim. U o‘g‘irlangan mollar, harom mahsulotlar, buzilgan taomlar yoki zararli vositalarni sotmasligi kerak. Bundan tashqari, jamoat salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, yo‘llarni to‘smaslik, odil narxda savdo qilish, firibgarlik, sudxo‘rlik va boshqa harom amallarni qilmaslik ham uning zimmasidagi mas’uliyatdir.
Hukumatning burchi – xalq ishlariga g‘amxo‘rlik qilish va bozorlarni adolat asosida nazorat qilishdir. Bu kuzatuv va tartibga solish fuqarolarni to‘sish yoki ta’qib qilish uchun emas, balki ularning bozorda erkin savdo qilishlarini va tinch mehnat faoliyatini yuritishlarini ta’minlash uchun bo‘lishi kerak. Zero, Rosululloh ﷺ bunday deganlar:
«فَالْإِمَامُ الَّذِي عَلَى النَّاسِ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»
«Odamlar ustidagi imom-xalifa ularning boshqaruvchisi bo‘lib, qo‘l ostidagi barcha kishilardan javobgardir». Muttafaqun alayh.
Bugun bozorlarda kuzatilayotgan tartibsizlik va zulmlar – Islom davlati yo‘qligining yaqqol natijasidir. Zero, Islom davlati Allohning shariat ahkomlarini tatbiq qiluvchi va xalq ishlariga haqiqiy g‘amxo‘rlik qiluvchi davlatdir. Bunday davlatda hukmdor xalqning molini yig‘uvchi emas, balki ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi mas’ul shaxs bo‘ladi. Musulmonlar tomonidan bay’at qilingan roshid xalifa dinimizni qoim qilishi, shariatni hayotga tatbiq etishi orqali bugungi og‘riqli va aziyatli holatni o‘zgartiradi. Aroboz ibn Soriyadan rivoyat qilinadi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:
«فَإِنَّهُ مَنْ يَعِشْ مِنْكُمْ بَعْدِي فَسَيَرَى اخْتِلَافاً كَثِيراً، فَعَلَيْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الْمَهْدِيِّينَ الرَّاشِدِينَ، تَمَسَّكُوا بِهَا وَعَضُّوا عَلَيْهَا بِالنَّوَاجِذِ»
«Sizlardan kim mendan keyin hayot kechirsa, ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Shunda mening sunnatimga va hidoyat topgan roshid xalifalarning sunnatiga ergashinglar. Unga oziq tishlaringiz bilan tishlaganday mahkam yopishinglar».
Ibrohim Usmon (Abu Xalil)
Hizb ut-Tahrirning Sudan
viloyatidagi rasmiy notig‘i