G‘azoning haqqi «G‘azo uchun belgilangan g‘azab kuni»dan kattaroqdir

15
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘azoning haqqi «G‘azo uchun belgilangan g‘azab kuni»dan kattaroqdir

Ey dunyoning har yeridagi musulmonlar!

Sizning ko‘chalarga chiqib, yurishlar o‘tkazib, ish tashlash va fuqarolik isyonga chaqirishlaringizdan G‘azo va uning og‘riqlarini unutmaganingiz, voqelikka ko‘nikmaganingiz, dushman kundan-kunga vahshiylashib borayotgan hayotda yashashga hargiz rozi bo‘lmaganingiz, hukmdorlarning G‘azo ahlini yordamsiz qoldirish darajasidan ham oshib o‘tib, ularga qarshi jinoyatga til biriktirish va unda ishtirok etish darajasiga yetganini aslo qabul qilmaganingiz ko‘rinib turibdi. Darhaqiqat, o‘zining birodarlaridan atigi bir chaqirim naridagi G‘azo, yashash uchun hech bir joy qoldirmagan qirg‘in bilan qamal o‘rtasida qoldi.

Ey ko‘chalarga chiqqan g‘azabnok musulmonlar!

G‘azoning zimmangizdagi haqqi faqat namoyishlar yoki ish tashlashlar o‘tkazishdan kattaroqdir. Faqat qoralashdan va tajovuzning to‘xtatilishini talab qilishdan, shuningdek, qamalni daf qilib, oziq-ovqat, dori-darmon va kafanlarni kiritishdan ham kattaroqdir.

G‘azoning ustingizdagi haqqi ulardan dushmanni daf qilish, ularga uzatilgan gunohkor qo‘llarni kesib tashlash va musulmon o‘lkalaridan o‘tgan genotsidning ta’minot liniyalarini uzib tashlashdan iborat. G‘azoning Alloh sizdan rozi bo‘ladigan haqqi qo‘shinlaringizni ozodlik sari xolis mujohidlardek harakatlantirishdan iborat. G‘azoning zimmangizdagi haqqi siz to armiyalar kazarmalarini buzib chiqqanini va Aqso masjidi tomon harakatga kelib, uni ozod etish uchun Allohni zikr qilgan holda artilleriyalari va samolyotlari yordamida dushman istehkomini tor-mor qilganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmaguncha to‘xtamasligingizdan iborat.

G‘azo ahlining ustingizdagi haqqi anavi til biriktiruvchi xoin rejimlarni ag‘darmaguncha qaytmasligingizdan iborat. Zero, bu rejimlar yahudiylarga birodarlaringizni o‘ldirishda yordam berib, o‘z havo hududlarini yahudiylarning Shom va Yamanga qarshi tajovuzi uchun ochib berishyapti. Anavi jinoyatkor hukmdorlar qo‘shinlaringizni Alloh yo‘lida jihod qilishdan to‘sib, o‘z birodarlariga yordam berishlariga va birinchi qiblalarini ozod etishlariga yo‘l berishmayapti. Ilgari bu hukmdorlar sizlarni qo‘rquv va ochlikda ushlab turib, diyorlaringizni dushmanga halol qilib berishgan hamda din va dunyongiz borasida sizga qarshi urush qilib kelishgan edi.

G‘azoning zimmangizdagi haqqi Falastinni ozod qilishdan boshqa har qanday yechimga rozi bo‘lmasligingiz, malay hukmdorlarning barcha xiyonat tashabbuslari va takliflarini rad qilishingiz, Allohning g‘azabiga uchragan yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlaydigan haqiqiy yordamga va Allohning yo‘lidagi jihodga chaqirishingizdan iborat.

Islomiy Ummat askarlari Aqso masjidi sahniga takbirlar ostida kirishi uchun G‘azo sizlarga nido qilmoqda. Zero, G‘azoda to‘kilayotgan qonlar javobgarligidan qutulishning bundan boshqa yo‘li yo‘q. Agar shu yo‘ldan yursangiz, Allohning nusratiga noil bo‘lgan askarlariga aylanasiz. Alloh Taolo aytadi:

﴿فَلۡيُقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يَشۡرُونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا بِٱلۡأٓخِرَةِۚ وَمَن يُقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيُقۡتَلۡ أَوۡيَغۡلِبۡ فَسَوۡفَ نُؤۡتِيهِ أَجۡرًا عَظِيمٗا * وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهۡلُهَا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّٗا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا * ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ يُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱلطَّٰغُوتِ فَقَٰتِلُوٓاْ أَوۡلِيَآءَ ٱلشَّيۡطَٰنِۖ إِنَّ كَيۡدَ ٱلشَّيۡطَٰنِ كَانَ ضَعِيفًا﴾

«Alloh yo‘lida bu hayoti dunyo evaziga oxiratni sotib oladigan zotlar jang qilsinlar. Kim Alloh yo‘lida jang qilib o‘ldirilsa yoki g‘alaba qilsa, unga ulug‘ mukofot ato etajakmiz. (Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordam beruvchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?! Iymon egalari Alloh yo‘lida jang qiladilar, kofir kimsalar esa shayton yo‘lida jang qiladilar. Bas, shaytonning do‘stlariga qarshi jang qilingiz! Shubhasiz, shaytonning makri zaif bo‘lguvchidir»                                                            [Niso 74-76]

 Hizb ut-Tahrir

      9 shavvol 1446h

Muborak Falastin zamini

          7 aprel 2025m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.