بسم الله الرحمن الرحيم
Niqobga qarshi kurashishdan maqsad nima
Hukumat tarafidan olib borilayotgan niqobga qarshi kurashish nima maqsadda qilinayotgani tushunarsiz bo‘lib, niqobni vojib deb taqayotgan opa-singillarimizni qalbiga og‘ir botayapti. To‘g‘ri, niqob mujtahidlar orasida ixtilofli masala, ba’zilari ayollar niqob taqishni vojib desa, ba’zilar joiz degan rayda. Vojib degan hukmni olgan muslimalar uchun niqobga qarshilik bilan ularning e’tiqodlariga putur yetayapti. Uni ko‘pchilik vojib deb taqadi, hech kim uni yozning issiq kunlarida qiziqishga taqmasa kerak.
Ammo hukumatni ba’zi bir vakillari aytayotgan, muftiyot ham uni Islomga moslashtirib berayotgan: “xovfsizlik chorasi” sifatida bu tadbir uyushtirilyapti, omma xalqni tinchligini hisobga olib qonun qabul qilindi – degan gap, bu juda kulguli. Men birorta jinoyatchini muslima opa-singillarimiz taqadigan noqobni kiyib jinoyat sodir etganini ko‘rmaganman yoki sizlar ko‘rganmisizlar, eshitganmisizdar?! Jinoyatchilar o‘zini tanitmaslikni xohlashsa maska taqib, keyin jinoyatini sodir etadi. Ularga odam o‘ldirish hech gap emas, shtraf olaman deb kelgan organ hodimini o‘ldirishdan ham kaytmaydi yoki behush qilib ishida davom etadi. Ko‘chada, bozorda yoki ishxonada maska taqmaydi, jinoyatini qilishdan avval o‘sha manzilga yetganda, o‘zini tanitmaslik uchun niqob emas, o‘zlarini xos maskalarini taqishida, tanishga uringanlarni yo‘q qilishadi. Niqob man qilinmasa ham, unga qarshi qonun chiqmasa ham maska kiygan insonni xovfli ekanini hamma biladi. Endi niqobga qarshi qonun chiqdi, 20000 som jarimasi bor deb jinoyatchilar maska taqmaydilarmi?! Shu bilan qaroqchilikni oldi olinadimi, bu juda tushunarsiz, to‘g‘rimi?!
Aslida imom-domlalarimiz, ulamolar kengashining a’zolari niqobga qarshi bo‘lgan qonunni qo‘llab-quvvatlashlari bilan dinga qarshi chiqishmoqda. Bir mujtahid xato qilsa ham Alloh Taolo savob beraman desa:
إذا حَكَمَ الحاكِمُ فاجْتَهَدَ ثُمَّ أصابَ فَلَهُ أجْرانِ، وإذا حَكَمَ فاجْتَهَدَ ثُمَّ أخْطَأَ فَلَهُ أجْرٌ
Bir hokim hukm qilgan vaqtda ijtihod qilib, to‘g‘ri topsa unga ikkita savob bo‘ladi. Agar hukm qilganda ijtihod qilib, so‘ng xato qilsa unga bitta savob bo‘ladi. Buxoriy rivoyati.
Oddiy omi insonlar o‘zi tanigan olimidan shar’iy hukmlarni o‘rganib amal qilishlari farz bo‘lsa, imkoni boricha taqvodor deb bilgan domlasidan o‘rganishi, shu yo‘l bilan taqvodor bo‘lar ekanman deb niqob taqsa ularda nima gunoh?! Maktabda yoki boshqa joyda bu hukmlar o‘rgatilmasa, masjidlarda ibodat, odob-axloqdan boshqa mavzular bayon qilinmasa, imkon topib o‘zlari o‘rganishib, niqob taqishni vojib deb o‘rgangan hukmiga issiqda-yu, sovuqda, kechasi-yu, kunduzi bilganiga amal qilish xozirgi kunda oson ish emas, ularga ma’naviy yordam qilish o‘rniga, qarshilik qilish to‘g‘rimi, Allohga yoqadimi?! Tavba qilinglar, hukumatdagi rahbarlarga ham bu noto‘g‘ri ekani aytinglar, ular shu ishni qilishlarida dinga qarshi kelmaydi ekan deb sizlarni dalil qilishmoqda, Allohni oldida o‘zinglarni oqlab olinglar. Hammamizni Alloh hidoyatga yo‘llasin, bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni Allohim, G‘afur, Tavvob ismlari ila kechirsin. Alloh mazlumlarni duosini qabul qilishini ham esdan chiqarmanglar, eslatinglar.
Biz muslima ayolning niqob kiyishini farz emas, joiz deb bilamiz. Shunday bo‘lsa ham, ijtihodga tayanib, niqob kiyganlarga “islomiy rayga ergashuvchilar” degan e’tiborda karashimiz kerak. Demak, bu mujtahidlar orasidagi bahs bo‘lib, uni islomiy qadriyat sifatida himoya qilish va kufr qonunlari tomonidan oyoq osti qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik barcha musulmonlarning burchidir!
Abdullax ibn Muxammad