Deputatlar xizmat mashinalari bilan ta’minlanadi

12
0

Deputatlar xizmat mashinalari bilan ta’minlanadi

Qirg‘iziston Jogorku Keңeshining 90 nafar deputati xizmat mashinalari bilan ta’minlanadi. Bu reglament haqida parlamentning 3 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilindi. Hozirgi kunda parlament raisi va spiker o‘rinbosarlari, shuningdek, bir qator ayol deputatlar xizmat mashinalariga ega.

Ayrim axborot agentliklarining parlamentdagi shaxsiy manbalarga tayanib xabar qilishicha, deputatlar uchun Li Xiang L7 va Li Xiang L9 rusumli elektromobillarini sotib olish rejalashtirilmoqda. Ushbu mashinalarning bozor narxi 40 000 dan 60 000 dollargacha baholanadi.

Izoh: Afsuski, musulmon xalqdan yig‘ilgan soliqlar dinimizga zid qonunlar chiqaruvchi deputatlarning qimmatbaho mashinalarda yurishi uchun sarflanmoqda. Bu deputatlar din to‘g‘risidagi qonun doirasida niqob va da’vatni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlashdi. O‘lkamizda korrupsiya manbai bo‘lgan kazinolar ochilishini qo‘llab-quvvatlab berishdi. Ammo musulmonlarning turli bahonalar bilan qamoqqa tashlanganiga lom-mim deyishmayapti. Oddiy xalqdan olingan soliqlar deputatlarga shunday ishlari uchun mukofot sifatida berilyaptimi?

Bundan farqli ravishda, Xalifalik davrida Umar roziyallohu anhu rahbarlarning xalqdan farqli kiyinishi va ovqatlanishini ta’qiqlab qo‘ygan edi. Hatto o‘zining ham kiyim-kechagi va taomi odamlarning ahvoliga qarab belgilangan edi. Ocharchilik davrida esa Xalifa Umar yog‘ va go‘sht iste’mol qilmay qo‘ygan edi.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.