Matbuot bayonoti
Yahudiylar ramazon oyida qayta genotsid boshlashdi
Ummat bu oyni qayta nusratlar oyiga aylantirib, yahudiylarni yo‘q qiladimi?!
Yahudiy vujudi 2025 yil 18 mart seshanba kuni sahar tongda G‘azoga shafqatsiz genotsidni qayta boshladadi. 120 ta samolyotini ishga solib, manyaklarcha sodir etgan bu havo hujumlarida 400 dan ziyod inson shahid bo‘ldi, 500 dan ziyodi yaralandi, ular orasida juda og‘ir jarohat olganlar bor. G‘azodagi hukumat matbuot bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda halok bo‘lganlarning 73 foizi bolalar, ayollar va qariyalardir. Bu ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 174 nafar bola, 89 nafar ayol va 32 nafar qariya shahid bo‘lgan.
G‘azo ahli ramazonning o‘n sakkizinchi tunida saharlikni qo‘llari qon holatda, parchalangan tana azolari bilan o‘tkazdilar. Darhaqiqat, yahudiylarning G‘azoda sodir etayotgan jinoyatlari vahshiyligidan ko‘zlar tinib, yuraklar bo‘g‘izga tiqildi, Ummat va armiyalari G‘azo ahliga nusrat berish uchun harakatga kelmadi, malay hukmdorlar ularni sotib, bu jinoyatlarda hamkorlik qilishdi. Masalan, Sisiy ularni qamal qilib, bo‘g‘ib turibdi. Iordaniya qiroli, Erdogan va Amirliklar hukmdorlari yahudiy armiyasini oziq-ovqat, ichimlik suvi va yonilg‘i bilan ta’minlab kelishmoqda. Ammo G‘azo ahliga bir burda nonni ham yahudiylar buyrug‘isiz kiritishmayapti. Chegaradagi tonna-tonna oziq-ovqat yahudiylardan kirish ruxsatini kutib turibdi, aksari aynib bo‘ldi. Hukmdorlar G‘azo ahliga qarshi til biriktirish va o‘z xo‘jayinlari Amerikani xursand qiladigan yechimlar ishlab chiqish uchun sammit va konferensiyalar uyushtirmoqda.
G‘azo ahlining ko‘zlari tinib, yuraklar bo‘g‘izlariga tiqildi. Ayollar va bolalar yordam so‘rab faryod qilishdi. Lekin ularning faryodi na qo‘mondonlarning yuragini va na askarlarning vijdonini larzaga soldi. Oqibatda G‘azo ahlidan shahid bo‘lganlari Ummat armiyalarining harakatsizligi va sukunatidan shikoyat qilish uchun Parvardigorlari huzuriga rehlat qildi. Na bir qo‘mondon va na bir rahbar oldinga chiqib, takabbur Tramp va qonxo‘r Netanyaxuga haddini bildirib qo‘ymadi va ularning takabburligiga «javobni eshitmaysan, balki o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan», deya aytolmadi. Ular jazolanmasliklarini bilganlari uchun harom qon to‘kishda davom etishdi, G‘azoning kelajagi borasida go‘yo o‘z mulklaridek rejalar tuzib, orzular qurdilar.
Yahudiylarning jinoyati yanada shafqatsiz tus oldi. Musulmonlar esa ramazon oyini avvalgidek nusrat va haq bilan botil o‘rtasini ajratish oyiga aylantira olmadilar. So‘nggi ikki yil davomida bu oy G‘azo ahli uchun o‘lim, halokat va majburiy ko‘chirish oyi bo‘lib qoldi. Alloh Taolo Furqon kuni deb atagan Badr jangining xotirasidan bir kun o‘tib, mana, yahudiylar kufr va jinoyatlar boshi Amerikaning yashil chirog‘i ostida G‘azoga qarshi shafqatsiz urushini qayta boshlashdi.
Xo‘sh, Ummat va uning armiyalari harakatga kelish uchun yana nimani kutmoqdalar?! Boshlariga Allohning g‘azabi va jazosi yog‘ilishidan qo‘rqmaydilarmi?! Alloh ularning o‘rniga boshqalarni olib kelishidan qo‘rqmaydilarmi?! Ularga namozni, ro‘zani, hajni va zakotni farz qilgan Parvardigorlari bechora birodarlariga nusrat-yordam berishni ham farz qilganini bilmaydilarmi?!
﴿وَإِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ﴾
«Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam berish zimmangizdadir» [Anfol 72]
Ummat va uning armiyalari qachon bu xoin hukmdorlar taxtini vayron etadilar, qachon Sayks-Piko chegaralarini buzib tashlab, takbiru tahlillar bilan muborak zaminni ozod etadilar va uning ahliga yordam beradilar?!
﴿وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ + بِنَصۡرِ ٱللَّهِۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُۖ وَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴾
«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi istagan bandasiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
bo‘limi ayollar qanoti