O‘zbekiston hukumati tarovih namoziga borgan o‘smirlarni so‘roq qilmoqda!

17
0

O‘zbekiston hukumati tarovih namoziga borgan o‘smirlarni so‘roq qilmoqda!

O‘zbekistonda muborak Ramazon oyi kirib kelishi bilan musulmonlar ibodatga bel bog‘lab, masjidlarga oqib kela boshladi. Biroq ularning Ramazon oyidagi quvonchlari uzoqqa cho‘zilmadi. Xususan, o‘smirlar Qur’on tilovat qilish va Islomdan ta’lim olish bilan birga tarovih namozlarini o‘qish uchun masjidlarga qiziqishi ortgan bir paytda O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari 18 yoshga yetmagan bolalarni masjidlardan to‘sish amaliyotini boshlab yubordi. Ayrimlarini ortga qaytarib yuborayotgan bo‘lsa, ayrimlarini so‘roq qilmoqda. Ba’zi hududlarda tarovih namoziga kelayotgan o‘smirlar ko‘chadan ushlab ketilgani haqida xabarlar mavjud.

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hukumatning bunday razil harakatlarini oqlash uchun musulmonlardan tarovih namoziga yosh bolalarni olib kelmaslikni talab qildi. Hatto maktablarda ham o‘qituvchilar ota-onalardan farzandlarini masjidga yubormaslikni talab qilmoqda.

Izoh:

O‘zbek hukumati najas Xitoy hukumatining Sharqiy Turkistondagi musulmonlarga nisbatan amalga oshirayotgan vahshiyliklaridan o‘rnak olayotganga o‘xshaydi. Haromxo‘r kommunistlar bir necha yildan buyon musulmonlarning Ramazon oyida ro‘za tutib, ibodat qilishlariga turlicha vahshiyona uslublar bilan qarshi kurashib kelmoqda. O‘zbekiston hukumati ham Ramazon oyida Islomiy qadriyatlarga qarshi kurashni va musulmonlarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirmoqda. Bunga o‘zbek xalqining, ayniqsa, yoshlarning Islomga intilib, o‘z dinlarini chuqur o‘rganayotgani sabab bo‘lmoqda. Chunki qonxo‘r Karimovdan qolgan rejim musulmonlarning Islomga qattiq amal qilishini o‘z hokimiyatiga tahdid deb biladi.

Lekin, Imom Buxoriy va Samarqandiy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan bu mintaqadagi olimlarning bunday hodisalarga sukut saqlab turishi o‘ta sharmandali holatdir! Rasululloh r shunday dedilar:

«صِنْفَانِ مِنَ النَّاسِ إِذَا صَلَحَا صَلَحَ النَّاسُ وَإِذَا فَسَدَا فَسَدَ النَّاسُ: الْعُلَمَاءُ وَالأُمَرَاءُ»

“Ikki toifa odamlar borki, agar ular tuzalsa insonlar ham tuza­ladi, agar ular buzilsa insonlar ham buziladi: (ular) olimlar va amir­lardir”.

Afsuski, bugungi kunda boshqa Islomiy o‘lkalarda bo‘layotgani kabi O‘zbekistonda ham bu ikki toifadagi odamlar Islom va musulmonlar uchun emas, balki kofir mustamlakachilar manfaati uchun xizmat qilmoqda.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.