Jamiyatdagi asosiy kasalliklar

16
0

بسم الله الرحمن الرحيم

FIKR ENG QIMMATBAHO BOYLIK

(3)

Jamiyatdagi asosiy kasalliklar

Jamiyatdagi kasallik ko‘rinishlariga bir necha misol keltirish mumkin, masalan: qo‘rqoqlik, bu jamiyatni buzadigan eng yomon kasallik bo‘lib, bu kasallikni diktator rahbar va “terrorist” hukumat, ya’ni xalqni qo‘rqituv bilan boshqarayotgan hukumat qasddan tarqatadi. Keyin bu kasallik omma ichida rivojlanadi, kattalar, ota-onalarning o‘zlari kelajak avlodni qo‘rqoqlik kasalligi bilan zaharlaydi. Haqda sobit tur, doimo to‘g‘ri so‘zli, rost gapiruvchi bo‘l degan tarbiyani o‘rniga, nohaqliklarga ko‘z yum, O‘zimcha to‘g‘riman deb har qanday gapni gapirma, qamalib ketasan, diniy kitoblarni o‘qima, diniy darslar qilma, “diniy tema”larni tarqatma, “layk” bosma, jim yur, indamagan yutadi kabi zaxarlar bilan yoshlarni mankurt qilishga, kelajagimizni buzishga, buzuq jamiyatni umrini uzaytirishga bilib-bilmay o‘z xissalarini qo‘shishadi. Bunday tarbiyani olgan yoshlar nima bilan shug‘ullanadi?! Bunday avloddan nimani kutish mumkin?!

Bizda demokratiya, “so‘z erkinligi bor” degan quruq gapga hech kim ishonmaydi, hatto haq gapni ko‘tarishni ahmoqlik deb, bir-birlarini og‘zini yopishga undaydi: o‘zingni tank ostiga tashlayapsan, seni gaping bilan hech narsa o‘zgarib qolmaydi, senga rahmim kelgandan gapiryapman, qamalib qolmagin deyapman – deb o‘zini jonkuyar qilib ko‘rsatadi. Jamiyatda haq gapni gapirgan, hukumatni xatolarini tanqid qilgan insonni “duhi vagon ekan” deb maqtash bilan birga, o‘zlarini haqni gapira olmasligini: “buni kuchli himoyachisi bor”, “hamma ham haqni gapirolmaydi”, “ko‘pchilikka kelgan to‘y”- degan bahonalar bilan oqlashga urinadilar. “Bizda so‘z erkinligi” deb jar solinayotgan jamiyatda haqni gapirgan qahramon bo‘lsa bu jamiyatdagi “so‘z erkinligi” yolg‘on bo‘lib, jamiyatda diktatura hukumronligi, “terrorist” hukumat boshqarayotganini dalili bo‘ladi.

Bunday jamiyatda qo‘rqoqlik kasalligi hammani zaharlaydi, masalan, siz farzandingizga: boshinga qilich kelsa ham, ya’ni o‘lim bilan taxdid qilinsang ham haqni gapir, haqda sobit qadam bo‘l – deb tarbiya bera olasizmi?! Yo‘q, albatta. Chunki qo‘rqoqlik kasalligi hammani zaharlaydi, shu jumladan sizni ham, siz o‘z farzandingizga, yoshlarga noto‘g‘ri tarbiya berishingizni, ularni qo‘rqoq qilib zaharlashingizning sababi sizda “terrorist” hukumat tarqatgan qo‘rqoqlik kasalligi bor. Undan saqlanish yo‘li avvalo o‘zingiz bu kasalga qarshi kurashing, ya’ni ayollar uchun yarim-yalang‘och bo‘lib yurish qanchalar sharmandalik bo‘lsa, erkak kishi uchun qo‘rqoqlik undanda xunikroq sharmandalik. Shuning uchun bu sharmandalikdan qutilish uchun haqni gapirishni boshlang, haqiqatni ko‘tarayotganlarni qo‘llab-quvvatlang, loaqal diniy kitoblarni o‘qish, roliklarni ko‘rish, ma’ruzalarni tinglash, o‘ziga yoqqan rolikka “layk” bosishning nimasi jinoyat degan fikrni ko‘tarib, qo‘rqoqlikka qarshi immunitetni xosil qiling, yoshlarni, farzandlaringizni iymonli, taqvodor, do‘st-dushmanni ajrata oladigan ongli qilib tarbiyalashgan shoshiling.

To‘g‘ri, Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – shunday jamiyatdagi zolim rahbarga qarshi haqni gapirishni qahramonlik dedi:

سيِّدُ الشُّهداءِ حمزةُ بنُ عبدِ المطَّلبِ ، ورجلٌ قام إلى إمامٍ جائرٍ فأمره ونهاه فقتله

Shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttolib va bir kishi jabr-zulm qiluvchi rahbar qarshisida turib, haqqa buyurib, nohaqlikdan qaytarsa, natijada uni o‘ldirsa o‘sha inson ham shahidlar sayyididir. Hokim rivoyati.

Jinoyatchilarni jazolab, ularni qamashdan jinoyatchilar qo‘rqadi, xalq qo‘rquvga tushmaydi, aksincha, xalq bu ishga rozi bo‘ladi, qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo rahborni tanqid qilgan, hukumatning xato-kamchilikni muhosaba qilganlarni qamash, qiynoqlarga solish, hatto o‘ldirish bilan xalqqa qo‘rquv solish esa jamiyatni parokanda qiladi. Natijada rahbarni ham, hukumatni ham tanqid qiluvchilar qolmaydi. Ularni muhosaba qiluvchilar, tanqid qiluvchilar qolmagandan keyin ular jamiyatni o‘zlari xohlagan xolatda shakillantiradi, zulm kuchayadi. Xuquq-tartibot organlari xalqni himoya qilishga, manfaatlarini amalga oshirishga, qonunlarni ijrosini nazorat qilishga emas, balki rahbarni, hamda hukumatni har qanday razil ishlarni qilishlariga imkoniyatlar qilib beruvchi, ularni, oila-a’zolarini xalqdan himoya qiluvchi zolimlarga aylanadilar. Deputatlar, imom-domlalar zolim hukumatni oqlovchi laganbardorlikda kim o‘zar o‘ynashadi. Haqni gapirgan ba’zilari esa, yolg‘izlanib qoladi, himoyachisi bo‘lmaganidan ular ham jim yurishni afzalroq degan munosabatga o‘tadilar.

Zulmga qarshi haqni aytishni yoki hukumatni tanqid qilishni iloji bo‘lmaganidan hukumatga, organ hodimlariga qarshi kuch qo‘llaydigan jamoatlar, jihodiy guruhlar yuzaga keladi. Natijada xuquq-tartibot organlari hodimlari ularni qamash bilan qahromon bo‘lib, shu yo‘lda o‘lib ketishsa “shahid” bo‘ldi degan so‘zlar bilan oilasini tinchlantiriladi. Jihodchilar xuquq-tartibot muassasalarida ishlayotgan mo‘min birodarini o‘ldirish bilan savobga erishgan yoki shu yo‘lda o‘lib ketish bilan o‘zlarini shahidlar deb hisoblashadi, ikkala tarafning ham farzandlari qarovsiz, yetim qoladi, holbuki Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – musulmonni musulmonga qarshi qilich ko‘tarishda ikkisi ham do‘zahi bo‘lishi bilan ogohlantirgan:

إذا الْتقى المسلمان بسيفَيهما ، فقتل أحدُهما صاحبَه ، فالقاتلُ و المقتولُ في النَّارِ قيل : يا رسولَ اللهِ هذا القاتلُ فما بالُ المقتولِ ؟ قال : إنه كان حريصًا على قتلِ صاحبِه

Agar ikki musulmon bir birlariga qilichlari bilan to‘qnash kelib, bir boshqasini o‘ldirsa, qotil ham, o‘lgan ham do‘zahda bo‘ladi. Shunda: yo Rosululloh, qotil do‘zahi bo‘lishi tushunarli, lekin o‘lgan nima uchun do‘zahi bo‘ladi – deb so‘rashdi. Chunki u ham sherigini o‘ldirishga xaris edi – dedilar. Buxoriy rivoyati. Alloh Taolo aytadi:

وَمَن یَقۡتُلۡ مُؤۡمِنࣰا مُّتَعَمِّدࣰا فَجَزَاۤؤُهُۥ جَهَنَّمُ خَـٰلِدࣰا فِیهَا وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَیۡهِ وَلَعَنَهُۥ وَأَعَدَّ لَهُۥ عَذَابًا عَظِیمࣰا () یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوۤا۟ إِذَا ضَرَبۡتُمۡ فِی سَبِیلِ ٱللَّهِ فَتَبَیَّنُوا۟ وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَنۡ أَلۡقَىٰۤ إِلَیۡكُمُ ٱلسَّلَـٰمَ لَسۡتَ مُؤۡمِنࣰا تَبۡتَغُونَ عَرَضَ ٱلۡحَیَوٰةِ ٱلدُّنۡیَا فَعِندَ ٱللَّهِ مَغَانِمُ كَثِیرَةࣱۚ كَذَ ٰ⁠لِكَ كُنتُم مِّن قَبۡلُ فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَیۡكُمۡ فَتَبَیَّنُوۤا۟ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعۡمَلُونَ خَبِیرࣰا

Kim bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning g‘azabi va la’nati yog‘ilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir. Ey iymon keltirganlar! Allohning yo‘lida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, mo‘min emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining o‘tkinchi o‘ljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa ko‘plab o‘ljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga ne’mat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. [4:93-94].

Yana bir kasallik musulmonlar siyosat bilan shug‘ullanmaslik kerak deb, islomiy siyosiy hizblarni yomon ko‘rish, siyosat bilan shug‘ullanuvchilarni kamsitish kasalligi. Bu kasallik hukumron ekan biz hech qachon farovonlikka erisha olmaymiz, taraqqiyot yo‘llarimiz ochilmaydi, chunki kofir derjavalar bizni qaram holda ushlab turish uchun kelishib olishgan, o‘zlarini changalidan chiqmasligimiz uchun BMT bosh bo‘lib, har bir bir sohada “qonunga qarshi bo‘lib qoladi” degan bahona bilan nazorat qilishib turishadi. Yoshlarimiz ma’naviy, ruhiy tomondan tarbiyalanishlari uchun maktablarda Islomni ta’lim olishiga, hatto maktabdan tashqaridan ham dinimizi, tariximizni o‘rganishni jinoyat hisoblab, jinoyatdek siyosat yurgizishadi. Og‘ir sanoatni, harbiy sanoatni bizlarga man qiladi. Homashyo bazasi bo‘lib qolishimiz uchun kunu-tun kuzatib turishadi. Kufrni maqsadlarini amalga oshirib beruvchi dushmanga malay, o‘z xalqiga esa xoin hukumatlarni tushunish uchun siyosatga ahamiyat berish kerak. Dinda siyosat yo‘q degan gap ham kufrni zaxarlaridan biri, olimlarimiz, imom-domlalar bunday xiyonatlarga sukut qilishlari qo‘rqoqlik kasalligi bo‘lib, “biz majburmiz” degan yolg‘onlari. Islomda majburlik e’tiborga olinishi uchun o‘lim xovfi yoki nomusiga tajovus kabi shar’iy uzr bo‘lish kerak. Unda ham Ummatga, Dinga xiyonat qilishlari joiz bo‘lmaydi, faqat haqni Ummatga yetkiza olishmaganiga uzr bo‘ladi, xalos. Lekin mansabidan ajrab qolishidan qo‘rqib, xiyonat qilishlari sharmandalik, ikki dunyo xorligini zimmalariga olgan bo‘ladi. Chunki to‘g‘ri siyosat asli payg‘ambarlarni ishi bo‘lib, bu olimlarga meros bo‘lib qolgan, Rosululloh sollalohu alayhi va sallam dan Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi:

كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الأَنْبِيَاءُ، كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لاَ نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَيَكُونُ خُلَفَاءُ فَيَكْثُرُونَ» قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: «فُوا بِبَيْعَةِ الأَوَّلِ فَالأَوَّلِ، أَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ، فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ

Banu Isroilga payg‘ambarlar siyosat qilardi. Bir payg‘anbar vafot qilsa ortidan boshqasi kelardi. Albatta mendan keyin payg‘anbar yo‘q, yaqinda xalifalar bo‘ladi, keyin ular ko‘p bo‘ladilar. Shunda: nimaga buyurasiz – deb so‘rashdi. Avvalgisining bay’atiga vafo qilinglar, avvalgisiga, ularga haqlarini beringlar, chunki Alloh qanday boshqarganliklari haqida ulardan so‘rovsidir – dedi. Muttafaqun alayh.

Imom-domlalar xoin, yolg‘onchi, hiylakor rahbarlarning siyosatlarini asos qilib, “musulmon yolg‘onchi, hiylakor bo‘lmaydi, siyosat yolg‘on, hiyla-nayrangdir, shuning uchun siyosat bilan shug‘ullanmaslik kerak”- deb jamiyatni o‘zgartirishga harakat qilayotganlarni yomonlashyapti, chunki prezidentlar, minstrlar lavozimlaridan ketgandan keyin ular qanchalar hiyla-nayranglar bilan xalqni aldab, ummatning mol-mulklarni talon-taroj qilganlari oshkor bo‘lyapti. Masalan: I.Kartmovning qizi el boyligini o‘zlashtirgani yoki Qirg‘istondagi prezidentlarning, minstrlarning xiyonatlari, ochko‘zliklari lavozimlaridan ketganlaridan keyin oshkor bo‘ldi. Hech biri “men xalqni aldayman, xiyonat qilaman, el boyliklarini o‘zim, oila-a’zolarim bilan bo‘lishtirib olaman demagan. Hammasi ham Xalqing kelajagi, yurtimizning farovonligi uchun bor kuchimni sarflayman, korrupsiyani yo‘qotaman degan baland parvoz va’dalar bilan ish boshlashadi. Lavozimlaridan ketishgandan keyin hammasi yolg‘on ekani oshkora bo‘lyapti. Shunga siyosat bilan shug‘ullanayotganlar: prezident bo‘lsin, minstrlar, deputatlar bo‘lsin hammasi yolg‘onchi, hiylakorlar degan fikr vijdonli, halol-pok insonlarni siyosat bilan shug‘ullanishga mone’ bo‘lyapti. Aslida halol-pok, taqvodor, adolatli insonlarni siyosatdan yuz o‘girganidan keyin ular Ummat ustiga kelib olishdi. Anas ibn Molik r.a. Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – dan rivoyat qiladi:

سيأتِي على الناسِ سنواتٌ خدّاعاتٌ؛ يُصدَّقُ فيها الكاذِبُ، ويُكذَّبُ فيها الصادِقُ، ويُؤتَمَنُ فيها الخائِنُ، ويخَوَّنُ فيها الأمينُ، وينطِقُ فيها الرُّويْبِضَةُ . قِيلَ : وما الرُّويْبِضةُ ؟ قال : الرجُلُ التّافِهُ يتَكلَّمُ في أمرِ العامةِ

Yaqinda odamlariga aldamchi yillar keladi; unda yolg‘onchi rostgo‘yga, rostgo‘y esa yolg‘onchiga chiqariladi, unda xoin amonatdor bo‘lib, amonatdor xoinga chiqariladi va unda ruvaybiza gapiradi. Ruvaybiza kim – deb so‘rashdi. Omma ishi to‘g‘risida gapiradigan arzimas kishi – deb javob berdi. Ibni Mojja rivoyati.

Hatto ko‘pchilik mol yoki it kabi hayot kechirishi bilan maqtanishyapti. Molni yoki itni behush qilib kemagan chiqarsangiz xushiga kelganda hech narsa bo‘lmagandek, kuni o‘tishi bilan kifoyalanadi, qorni to‘q, yotgani joyi bo‘lsa bo‘ldi, boshqa narsa bilan ishi yo‘q. Inson fikrlaydi, Uy-joyingni o‘nglashga harakat qilganing kabi jamiyatni o‘nglash uchun xissasini qo‘shadi. Lekin unday tanbal insonlar: men siyosat bilan ishim yo‘q, men kasb-hunarimni o‘ylayman, boshqasi meni qiziqtirmaydi – deb jamiyatni qaloqlashiga sabab bo‘lishmoqda.

 Alloh Taolo aytadi:

وَلَوۡ شِئۡنَا لَرَفَعۡنَـٰهُ بِهَا وَلَـٰكِنَّهُۥۤ أَخۡلَدَ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُۚ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ ٱلۡكَلۡبِ إِن تَحۡمِلۡ عَلَیۡهِ یَلۡهَثۡ أَوۡ تَتۡرُكۡهُ یَلۡهَثۚ ذَّ ٰ⁠لِكَ مَثَلُ ٱلۡقَوۡمِ ٱلَّذِینَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔایَـٰتِنَاۚ فَٱقۡصُصِ ٱلۡقَصَصَ لَعَلَّهُمۡ یَتَفَكَّرُونَ

Agar xohlasak, uni o‘sha (oyat)lar bilan ko‘tarar edik. Lekin uning o‘zi yerga yopishdi va havoi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydi, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradi, tek qo‘ysang ham, tilini osiltirib turaveradi. Bu bizning oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki tafakkur qilsalar. [7:176].

Agar qo‘rqoqlik kasalidan qutilish uchun harakat qilmasak, jamiyatni isloh qilish yo‘llarini fikrlamasak kufr bundan-da og‘irroq kunlarni boshimizga soladi. Hozirda biz nafaqat Rossiyaning, balki Xitoy, AQSH, Yevropaning mujjalida turibmiz, Ukrainadagi holat bizga ko‘chishi mumkin. Alloh saqlasin.

Bu haqida Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – xabar bergan:

يُوشِكُ الأممُ أن تداعَى عليكم كما تداعَى الأكَلةُ إلى قصعتِها . فقال قائلٌ : ومن قلَّةٍ نحن يومئذٍ ؟ قال : بل أنتم يومئذٍ كثيرٌ ، ولكنَّكم غُثاءٌ كغُثاءِ السَّيلِ ، ولينزِعنَّ اللهُ من صدورِ عدوِّكم المهابةَ منكم ، وليقذِفَنَّ اللهُ في قلوبِكم الوهْنَ . فقال قائلٌ : يا رسولَ اللهِ ! وما الوهْنُ ؟ قال : حُبُّ الدُّنيا وكراهيةُ الموتِ

Yaqindan musulmon bo‘lmagan xalqlar sizlarga och qolgan itlar ovqatiga tashlangandek sizlarga tashlanadilar. Bir odam: bizlar o‘shanda ozchilik bo‘lganimizdanmi? – deb so‘radi. Yo‘q, aksincha, u kunda sizlar ko‘pchilik bo‘lasizlar, lekin sizlar selning ko‘pigidek ko‘pik bo‘lasizlar. Alloh dushmanlaring qalbidan sizlardan haybatlanishni sug‘urvoladi. Sizlarning qalbingizga vahnni soladi. Vahn nima? yo Rosululloh! – deb so‘rashdi. Dunyoni yaxshi ko‘rish va o‘limni yomon ko‘rishdir – dedi. Abu Dovud rivoyati.

Bu kasalliklarning asosi Islom siyosatdan chetlatilganidadir. Islomiy saltanat hukmron bo‘lgan davrlarda rahbarlar adolatlari bilan tanilgan bo‘lsa, armiyamiz “yengilmas kuch” bo‘lib, Islom Davlati xalqaro maydonda yetakchilik qilar edi, kufr olami musulmonlarga hukmini o‘tkazishni, boyliklarini talon-taroj qilishni emas, udarga qarshi chiqishni ham hayoliga keltirolmasdi. Xalqlarimiz olim-ulamolari bilan olamda mashhur bo‘lishgan, jamiyatda farovonlik bo‘lib, hayo, mardlik, tinchlik, yaxshiliklar hukumron edi. Yana Islom qaytishi bilan jamiyatdagi hamma buzg‘unchiliklar, kasallik, qoloqlik sabablari yo‘qoladi. Avvalgidek yetakchi Ummat bo‘lamiz, inshoAlloh.

Alloh Taolo aytadi:

أَفَحُكۡمَ ٱلۡجَـٰهِلِیَّةِ یَبۡغُونَۚ وَمَنۡ أَحۡسَنُ مِنَ ٱللَّهِ حُكۡمࣰا لِّقَوۡمࣲ یُوقِنُونَ

Johiliyat hukmini istaydilarmi?! Ishonchi komil qavmlar uchun Allohdan hukmi yaxshiroq kim bor. [5:50]

 (davomi bor).

Mufakkir Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.