Nafl amallar orqali Allohga qurbat hosil qilish

22
0

Nafl amallar orqali Allohga qurbat hosil qilish

Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan musulmon birodarlarimizga nasihat sifatida nafl (sunnat) amallarni ko‘paytirishning ahamiyati haqida aytib o‘tmoqchimiz. Bundan maqsad – muborak oyda iymon-e’tiqodni mustahkamlash va savob amallar orqali g‘alabalarni qo‘lga kiritish hamda Alloh Taologa qurbat hosil qilishga intilishdir.

Allohning yo‘liga chaqiruvchi da’vatchi boshqalardan ko‘ra Parvardigoriga yaqinroq bo‘lishi lozim. Zero, u o‘z kamchiliklarini chuqur anglab yetish bilan birga, mashaqqatli yo‘lida turli qiyinchiliklarga duch keladi. Kufr tuzumlari butun dunyo bo‘ylab, kechayu kunduz odamlarni haqiqatdan uzoqlashtirish uchun bor kuchini ayamayapti. Ular haqiqatni buzib ko‘rsatish uchun barcha yo‘l va vositalarni qo‘llashmoqda. Xususan musulmonlarga qarshi mafkuraviy, siyosiy va moddiy shafqatsizlarcha halokatli urush olib bormoqda. Musulmonlar iqtisodiy barqarorlik u yoqda tursin, hatto erkin yurishdan ham mahrumdir. Ular mustamlakachilar qo‘shinlari tomonidan quvg‘inga uchramoqda. Eng so‘nggi model qurollar bilan qurollangan armiyalar qurolsiz musulmonlarni qirg‘in qilmoqda. Falastinda xarobalarga ko‘milgan g‘azoliklar, Myanmadagi o‘rmonlarda yashirinib jon saqlashga majbur bo‘lgan musulmonlar, Xitoy qamoqxonalaridagi mazlumlar Alloh Taolodan yordam so‘rashmoqda. Quvg‘inga uchragan musulmonlar Mehrbon Allohdan o‘tmishdagi Mu’tasim singari adolatli saltanatni tiklash uchun xaloskor qo‘shinlar yuborishini so‘ramoqda. Farzandlaridan ayrilgan onalarning hamda sha’ni musulmon yetakchilari tomonidan himoya qilinishi kerak bo‘lgan, ammo hor ahvolda tashlab qo‘yilgan opa-singillarimizning dardli nolalari tarix aks-sadosidek, quloqlarimiz ostida jaranglamoqda. Hamon musulmonlarning yelkasiga minib olib, ularning qonini so‘rib kelayotgan bu malay hukmdorlar G‘azo musulmonlariga hatto birgina chodir ham yubora olmayapti. Ammo ayni paytda Tramp va uning jinoyatchi mamlakatiga bir hushtak chalishi bilanoq trillionlab dollarlarni yetkazib berishga tayyorligini izhor qilishmoqda.

Hozirda dunyo musulmonlari zolimlar va ularning malay hukmdorlarining kapalagini uchirib yuboradigan kuchga ega. Ular dushmanlarga qattiq zarba beradigan musulmon qo‘shinini intiqlik bilan kutmoqda. Musulmon qo‘shinlari esa o‘zlarini ruhlantirib, mardlikka chorlaydigan munosib yetakchilarni kutmoqda! Bular – ilm ahli bo‘lgan olimlar hamda sahobalarning jasorati kabi jasorat bilan “yaxshilikka chaqirib, yomonlikdan qaytaruvchi” mo‘minlardir! Bular da’vat yukini bo‘yniga olgan, mas’uliyatli va Alloh Taoloning qo‘llab-quvvatlashiga ega kuchli insonlardir!

Darhaqiqat, Allohning nusratiga, U Zotga yaqinlashish va U Zotdan yordam so‘rash bilan erishish mumkin. Alloh barcha maqtovlarga loyiq Zotdir, U Zot Qudratli va hamma narsaga Qodirdir! Alloh kimga yordam bersa, u hech qachon yordamsiz qolmaydi va hech qachon mag‘lub bo‘lmaydi. U Zot kimni yordamsiz tashlab qo‘ysa, unga hech kim yordam bera olmaydi. Alloh Taolo yolborib duo qilgan insonga u o‘ylagandan ham yaqinroqdir. Alloh duolarni ijobat qiluvchi, Qudratli va Biluvchi Zotdir!

Sahobalarning boshidan o‘tgan quyidagi hodisa bunga yaqqol misol bo‘la oladi: “Islom va kufr o‘rtasidagi janglardan birida musulmonlar g‘alaba qozona olmadilar va buning sababini tushuna olmay qolishdi. Ular shiddat bilan jangga kirib, g‘alabani intiqlik bilan kutishardi. Nihoyat, ulardan biri: “Balki, bu misvok ishlatmaganimiz uchun bo‘lsa kerak”, dedi. Ammo jang maydonida misvok daraxti yo‘q edi. So‘ng ular: “Misvok qilishga mos keladigan boshqa daraxtdan foydalanamiz”, deyishdi va xuddi shunday daraxtni topishib, uning ildizlari bilan tishlarini tozalashga kirishdilar. Shu payt dushman tarafidan kelib, musulmonlarning holatini kuzatgan ayg‘oqchi, o‘z qovmiga qaytib: “Musulmonlar bizni yeyish uchun tishlarini qayrashyapti!” dedi. Shunda Alloh dushmanning qalblariga qo‘rquv solib, oldi-ortiga qaramay tum-taraqay bo‘lib qochib qolishdi. Natijada musulmonlar g‘alabaga erishdilar.

Shuning uchun musulmonlar qo‘shimcha nafl amallarni e’tiborsiz qoldirmasliklari lozim. Zero, bu amallar qalblarni poklaydi, iymon-e’tiqodni mustahkamlaydi hamda Eshituvchi, Ijobat qiluvchi va sevgan bandalarini Asraguvchi Allohga yaqinlashtiradi.

Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

مَن عادَى لي وَلِيًّا فقَدْ آذَنْتُهُ بالحَرْبِ، وما تَقَرَّبَ إلَيَّ عَبْدِي بشَيءٍ أحَبَّ إلَيَّ ممَّا افْتَرَضْتُ عليه، وما يَزالُ عَبْدِي يَتَقَرَّبُ إلَيَّ بالنَّوافِلِ حتَّى أُحِبَّهُ، فإذا أحْبَبْتُهُ، كُنْتُ سَمْعَهُ الَّذي يَسْمَعُ به، وبَصَرَهُ الَّذي يُبْصِرُ به، ويَدَهُ الَّتي يَبْطِشُ بها، ورِجْلَهُ الَّتي يَمْشِي بها، وإنْ سَأَلَنِي لَأُعْطِيَنَّهُ، ولَئِنِ اسْتَعاذَنِي لَأُعِيذَنَّهُ، وما تَرَدَّدْتُ عن شَيءٍ أنا فاعِلُهُ تَرَدُّدِي عن نَفْسِ المُؤْمِنِ؛ يَكْرَهُ المَوْتَ، وأنا أكْرَهُ مَساءَتَهُ.

“Alloh Subhanahu aytadi: Kim Mening bir do‘stimni xor qilsa, Men unga urush ochaman. Bandamni Menga yaqinlashtiradigan, menga suyukli bo‘lgan amallari men unga farz qilgan amallardir. Agar bandam nafl amallarini ado qilish bilan Menga yaqinlashib kelaversa, borib-borib Men uni yaxshi ko‘rib qolaman. Ana shunda Men uning eshitadigan qulog‘iga, ko‘radigan ko‘ziga, ushlaydigan qo‘li va yuradigan oyog‘iga aylanaman. Mendan so‘rasa beraman, panoh tilasa panoh beraman…”. (Sahih al-Buxoriy 6502).

Ramazon oyi iymonimizni va qadamlarimizni mustahkamlab, qalblarimizni poklasin, bizni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yo‘liga – zafarlar va muvaffaqiyatlar yo‘liga boshlasin. Allohning rahmati yog‘ilgan bu oy da’vatchilarga kuch-quvvat bg‘ishlasin!

Latiful Rasix

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.