Matbuot bayonoti
Burhon sobiq sekulyar rejimdan nusxa olishga urinyapti
﴿أَوَلَا يَرَوۡنَ أَنَّهُمۡ يُفۡتَنُونَ فِي كُلِّ عَامٖ مَّرَّةً أَوۡ مَرَّتَيۡنِ ثُمَّ لَا يَتُوبُونَ وَلَا هُمۡ يَذَّكَّرُونَ﴾
«Ko‘rmaydilarmiki, ular har yili bir-ikki marta baloga-fitnalarga yo‘liqmoqdalar. Shundan keyin ham na tavba qiladilar va na pand-nasihat oladilar»
Bugun Sudan suveren kengashi raisi armiya bosh qo‘mondoni general Burhon o‘z nutqida «kelgusi davrda o‘tish davri vazifalarini hal etish uchun bir hukumat tuziladi. Uni muvaqqat hukumat deb atash mumkin. Konstitutsiyaviy hujjat tasdiqlangach esa hukumat tuzilib, davlatning ijroiy apparatini boshqarish bo‘yicha o‘z vazifalarini hech kimning aralashuvisiz amalga oshiradigan bosh vazir saylanadi», dedi.
Bu so‘zlardan ko‘rinib turibdiki, Burhon ekinu naslni vayron qilgan urushning sababchisi bo‘lmish sobiq sekulyar rejimdan nusxa ko‘chirishga urinyapti, faqat shaxslarni yangi qilmoqchi, xolos. Bugungi kundagi urushga avvalgi rejimdan nusxa ko‘chirilganligi va Allohning shariati bilan boshqarilmaganligi, zolimlarga tayanilganligi sabab bo‘ldi. Shuningdek, mustamlakachi kofir G‘arbning dinni hayotdan, binobarin siyosat va boshqaruvdan ajratuvchi tuzumini tatbiq qilinganligi, hatto Alloh Subhanahu va Taolo nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarish o‘rniga, Uning buyruqlariga parvo qilmasdan rahbarlar nafs-havosi bilan hukm yuritilganligi, mana shularning barchasi bugungi urushga sababchi bo‘ldi. Ammo bundan na Burhon ibratlandi, na uning ortida turganlar.
﴿وَأَنِ ٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ وَٱحۡذَرۡهُمۡ أَن يَفۡتِنُوكَ عَنۢ بَعۡضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيۡكَۖ﴾
«(Ey Muhammad), ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling!» [Moida 49]
Islomda boshqaruv shakli Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdir. Payg‘ambarimiz ﷺ shunga qaror qilganlar va bunday deganlar:
«كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمْ الْأَنْبِيَاءُ كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لَا نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ فَتَكْثُرُ…»
«Banu Isroilga payg‘ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg‘ambar halok bo‘lsa, ortidan boshqa bir payg‘ambar kelardi. Mendan keyin esa payg‘ambar yo‘q. Xalifalar bo‘ladi va ular ko‘payib ketadi…».
Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati sifatida Alloh Taolo oldidagi mas’uliyatimiz talab qilganidek, Burhonga, siyosiy kuchlarga va barcha musulmonlarga vahiyga asoslangan Xalifalik davlati konstitutsiyasi loyihasini taqdim etamiz. Bu konstitutsiya Allohning Kitobi, Rosulining Sunnati va bu ikkisi ko‘rsatgan sahobalar ijmosi va shar’iy qiyos asosida tayyorlangan. Uning birinchi moddasida bunday deyilgan:
«Islom aqidasi davlatning asosidir, ya’ni uning tarkibida, jihozi, muhosaba qilinishi yoki unga taalluqli barcha ishlarda biror narsaning vujudga kelishi uchun faqat Islom aqidasi asos qilinadi. Bir vaqtning o‘zida Islom aqidasi konstitutsiya va shar’iy qonunlarning ham asosidir, ya’ni bu ikkisining har qaysisiga aloqador biror narsaning mavjud bo‘lishiga faqat Islom aqidasidan kelib chiqsagina ruxsat beriladi».
Odamlar o‘z istaklariga qarab talashib-tortishadigan konstitutsiya hujjati o‘rniga, biz manbai buyuk vahiy bo‘lgan, hikmatini O‘zi biluvchi Hakim va har ishdan xabardor Xobir zot tomonidan kelgan konstitutsiyani taqdim etyapmiz. Ushbu buyuk konstitutsiyada xuddi Rosululloh ﷺ tomonidan bayon qilinib, tatbiq etilgandek hamda Rosululloh ﷺ quyidagi hadisda bizga ergashishni buyurgan roshid xalifalar amal qilganidek ma’muriy va boshqaruv organlari belgilab berilgan:
«فَإِنَّهُ مَنْ يَعِشْ مِنْكُمْ بَعْدِي فَسَيَرَى اخْتِلَافًا كَثِيراً، فَعَلَيْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الرَّاشِدِينَ الْمَهْدِيِّينَ، فَتَمَسَّكُوا بِهَا وَعَضُّوا عَلَيْهَا بِالنَّوَاجِذِ»
«Mendan keyin yashaydiganlar ko‘p ixtiloflarga guvoh bo‘ladi. Shunga binoan, mening sunnat-yo‘limni; to‘g‘ri yo‘ldagi roshid xalifalar yo‘lini mahkam tutib, uni og‘iz tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar». Shunday ekan, bunda Ummat uchun hayot bor bo‘lsa, usiz halokat bor.
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ﴾
«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]
Ibrohim Usmon (Abu Xalil)
Hizb ut-Tahrirning Sudan
viloyatidagi rasmiy notig‘i