Matbuot bayonoti
Prezident Tramp AQSH imperiyasini kengaytirish maqsadida g‘azoliklarni ko‘chirishni talab qilyapti!
«Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini o‘z nazorati ostiga oladi… Biz bunga ega chiqamiz!»
Amerika prezidenti Donald Tramp yahudiy bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida G‘azo sektorini bosib olish va aholisini majburiy ko‘chirish rejasini e’lon qildi. «Kerak bo‘lsa mintaqada AQSH kuchlarini joylashtirish»ini ta’kidlab, ikki millionga yaqin falastinlikni qo‘shni davlatlarga jo‘natilishini, ularga qaytish huquqi berilmasligini qo‘shimcha qildi. (Reyter, 2025 yil 4 fevral).
Mustamlakachilikning ko‘chirish va bosib olish siyosatining qayta tiklanishi:
Qo‘shma Shtatlar keng qamrovli norozilik to‘lqiniga duch kelmoqda, nafaqat xalqaro miqyosda, balki o‘z ichkarisida ham. Siyosiy sahnaning turli qatlamlaridan bo‘lgan tanqidchilar falastinliklarning majburan ko‘chirilishini etnik tozalash deb ta’riflab, bu mustamlakachilikning yangi to‘lqinining boshlanishi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Matbuot anjumani chog‘ida amerikalik jurnalistlardan biri Trampga to‘g‘ridan to‘g‘ri bunday savol berdi: «Siz suveren bir yerni tortib olish haqida gapiryapsiz, bunday huquqni sizga qaysi qonuniy hokimiyat berdi? Doimiy bosqinchilikni taklif qilmoqchimisiz?». Tramp bunga «Men u yerda uzoq muddatli egalik haqida o‘ylayapman», deya ochiq tarzda javob qildi!
Tramp bayonoti Amerika siyosiy muassasalarida g‘azab olovini yoqdi. Masalan, senator Kris Myorfiy bunday dedi: «U butunlay aqldan ozibdi! G‘azoga urush qilish minglab amerikalik askarlarning o‘limiga va Yaqin Sharqda o‘nlab yillar davomida tugamaydigan urushga sabab bo‘ladi. Bu telbalikdan boshqa narsa emas!».
Kongressmen Jeyk Okinkloss yanada qattiq tanqid qildi. U Tramp bayonotiga «O‘zini tutolmaslik va mas’uliyatsizlik», deya baho berdi. So‘ng «Odatda, Tramp biror siyosiy taklifni o‘rtaga tashlaganda, albatta uning ortida o‘zining shaxsiy manfaati yotgan bo‘ladi», deya qo‘shimcha qildi.
Xalqaro qonunlarni qo‘pol ravishda buzish
O‘z navbati, «Xalqaro Amnistiya» tashkiloti qat’iy bayonot bilan chiqib, AQSH ma’muriyatining xalqaro qonunlarni ochiqdan-ochiq buzishda davom etayotganini ta’kidlab, bunday dedi: «Qo‘shma Shtatlar urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, xalqaro sud tomonidan qidiruvga berilgan Netanyaxuni qo‘llab-quvvatlash bilan xalqaro adolatni ochiqdan-ochiq mensimayapti. Jeneva konvensiyalariga ko‘ra, Vashington qonuniy ravishda harbiy jinoyatlarda ayblangan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish yoki ekstraditsiya qilish majburiyatini olgan va urush jinoyatchilarini boshpana bilan ta’minlashga haqqi yo‘q».
«Xalqaro Amnistiya» tashkiloti Amerika qurollarining bu urush jinoyatida qo‘llanganiga oid qat’iy dalillar borligiga e’tibor qaratdi. Shunga qaramay, Vashington o‘zining ma’naviy va qonuniy majburiyatiga befarq qaragan holda yahudiy vujudini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, Respublikachilardan sobiq vakillar palatasi a’zosi Jastin Amash «Qo‘shma Shtatlar shunchaki yangi ishg‘ol botqog‘iga botib ketayotgani yo‘q, balki ayni paytda etnik tozalash jinoyatiga ham sherik bo‘lyapti. Bu vijdonli hech bir amerikalik qabul qila olmaydigan narsa», dedi.
Tramp Amerikani zulm va tug‘yon sari yetaklamoqda
Ko‘rinib turibdiki, Trampning bayonotlari shunchaki tasodifiy aytilgan bayonotlar emas, balki yahudiy vujudi tomonidan amalga oshirilayotgan etnik tozalashni qo‘llab-quvvatlayotgan pozitsiyadir. Bu bosib olish va kuch bilan boshqarish mentalitetini aks ettiruvchi avtoritar nutq hamda Amerikani zulm va harbiy mustamlakachilikning yangi davri sari undaydigan xavfli qadamdir.
Biroq G‘azo xalqi o‘z so‘zini aytib bo‘ldi. Manbai qanday bo‘lishidan qat’iy nazar u bosqinchilikni rad etadi. Qamal, bombardimon va vayronagarchiliklarga qaramay hamda o‘z yurtiga bo‘lgan huquqiga ishongan, musibatlarga sabr qilgan va o‘zining ovozini o‘chirishga harakat qiluvchi har qanday kuchga qarshi turgan holda, sobit qolmoqda. Allohdan shahidlarni rahmat qilishini va bunday mag‘rur xalqni tajovuzlar qarshisida kuch-qudrat va sabr-toqat bilan siylashini so‘rab qolamiz.
Amerikadagi musulmonlarga:
Bunday adolatsizlik qarshisida jim qolish tanlov emas, aksincha, katta gunohdir. Biz Amerikadagi musulmonlar shar’iy va axloqiy jihatdan bu jinoyatlarni fosh qilishga va bunday jinnilikka qarshi ovozimizni ko‘tarishga buyurilganmiz. Trampning tentakona siyosatlari Qo‘shma Shtatlarni harbiy diktatura va mustamlakachilikning kengayishi tomon tortmoqda hamda musulmon va nasroniy falastinliklarni ko‘chirishga, ularning yerlarini kuch va ochko‘zlik bilan o‘zlashtirib olishga olib kelmoqda.
Ey Amerika xalqi, qo‘l qovushtirib turmang!
Agar hozir harakatga kelmasangiz, bugungi adolatsizlik-zulm Falastin bilan cheklanmaydi, balki millatingiz ma’naviyatini yeb tashlaydi. Tarixda buni mustamlakachi kuchlar misolida ko‘rishingiz mumkin. Moziydan saboq chiqaring, chunki tug‘yon va takabburlik hech bir kun millatlarning omon qolishiga sabab bo‘lmagan, aksincha, yemirilishga olib borgan. Chunki barqarorlik asosi faqat adolatdir.
Ey musulmonlar!
Bunday zulmga sukut qilishingiz nomaqbul va katta gunohdir. Alloh Taolo zimmamizga yuklagan vazifa aniq. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:
﴿كُنتُمۡ خَيۡرَ أُمَّةٍ أُخۡرِجَتۡ لِلنَّاسِ تَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَتَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَتُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ﴾
«Sizlar insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘ldingiz, ma’rufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz, Allohga iymon keltirasiz» [Oli Imron 110]
Ey musulmon qo‘shinlar, haqiqiy qaror sohiblari sizsiz!
Agar bu dunyo va oxirat sharafini qidirayotgan bo‘lsangiz, yo‘l aniq. Allohning ansorlari bo‘ling va mazlumlarga nusrat berishga otlanib, mustamlakachilarni musulmon yurtlaridan supurib tashlang. Alloh Taolo aytadi:
﴿وَإِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ﴾
«Agar din yo‘lida sizdan nusrat-yordam so‘rasalar, nusrat berish zimmangizdadir» [Anfol 72]
Ey Amerika xalqi, qalbingizni haqiqatga oching!
Islomga qayta nazar tashlang. Unga sionist axborot vositalari targ‘ib-tashviq qilgan yolg‘onlar orqali emas, balki Islom chaqirayotgan adolat, rahmat va qadriyat orqali nazar tashlang. Islom faqat dingina emas, balki butun insoniyatga adolat va qadr-qimmat keltiruvchi hayot manhajidir. G‘azo ahlining shuncha azob-uqubatlarga qaramay, qanday sobit turganliklarini ko‘rmadingizmi?! Bu – iymon quvvatidir. Zero, oxir-oqibat iymon va adolat albatta g‘alaba qozonadi. Alloh Taolo aytadi:
﴿قُلۡ يَٰٓأَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ تَعَالَوۡاْ إِلَىٰ كَلِمَةٖ سَوَآءِۢ بَيۡنَنَا وَبَيۡنَكُمۡ أَلَّا نَعۡبُدَ إِلَّا ٱللَّهَ وَلَا نُشۡرِكَ بِهِۦ شَيۡٔٗا وَلَا يَتَّخِذَ بَعۡضُنَا بَعۡضًا أَرۡبَابٗا مِّن دُونِ ٱللَّهِۚ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَقُولُواْ ٱشۡهَدُواْ بِأَنَّا مُسۡلِمُونَ﴾
«Ayting (ey Muhammad): «Ey ahli kitob, bizga ham, sizga ham bab-barobar bo‘lgan bir so‘zga kelingiz – yolg‘iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va bir-birimizni Allohdan o‘zga iloh qilib olmaylik. Agar ular (ya’ni ahli kitoblar) ushbu da’vatdan yuz o‘girsalar, unda sizlar (ey mo‘minlar): «Guvoh bo‘linglar, biz musulmonlar», deb aytingiz!»
[Oli Imron 64]
Hizb ut-Tahrirning Amerikadagi
matbuot bo‘limi