IIVning navbatdagi nayrangi

450
0

IIVning navbatdagi nayrangi

“Svodka” (AKIpress) – axborot agentligi 24 noyabrь kungi sonida “Oktyabrь oyining oxirlarida Oʻsh aeroportidan Turkiyaga uchib borib, u yerdan IShID tashkilotiga qoʻshilib ketishni maqsad qilgan”, degan gumon bilan qoʻlga olingan bir ayol haqida xabar tarqatdi. Ularning taʼkidlashlaricha bu ayol Hizb ut-Tahrir ayollar boʻlimining masʼulasi emish.

Turkiston:

Qizigʻi shundaki, IIVning matbuot xizmati tarqatayotgan xabarga koʻra, 1984 yilda tugʻulgan Oʻsh fuqorosi boʻlgan bu ayol, IShID tomonga uchib borayotib, oʻzi bilan birga IShID tashkilotiga targʻib qiluvchi bir qancha matiriallar va simvolik tamgʻalar olib ketayotgan emish. Bu organ xodimlari esdan ogʻib qolishgan yoki xalqni aqlsiz, nima desak ishonaveradigan telbalar, deb oʻylashayapti. Chunki, u yoqdan biz tomonga agitatsiya materiallarini olib kelayotgan ekan, deb aldashganlarida ham bir oz mantiqqa toʻgʻri kelgan boʻlar edi. Lekin u yoqning oʻzida toʻlib toshib yotgan, hatto ular biz tomonga olib kira olmay qiynalishayotgan simvollar va daʼvat qiluvchi materiallarni biz tomondan u yoqqa uchib ketayotgan bechora ayolga tiqishtirib qoʻyishlari hech qanday mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Bu – masalaning bir tomoni va stsenariyning notoʻgʻriu yushtirilganligi hamda boʻhton asosga qurilganligining birinchi isbotidir.

Ikkinchi tarafdan qaraydigan boʻlsak, bu bechora ayolning Hiz ut-Tahrir jamoasiga hech qanday aloqasi yoʻq! Aloqasi boʻlganida ham, hech narsa oʻzgarmagan boʻlar edi. Chunki bu kabi organ xodimlari iflos harakatlarini amalga oshirayotganlarida odam tanlanmaydi. U ayol kim boʻlishidan qatʼiy nazar bizning singlimiz, opamiz yoki onamizdir! Uayol muslimadir!

Muammo shundaki, hukumat Hizb ut-Tahrirga siyosiy kurash boshladi. Aslida siyosiy kurash yetakchi guruhga qarshi hizblar tomonidan olib borilishi kerak edi. Lekin Qirgʻiziston hukumati har tomondan juda zaiflashib borayotgani bois yuqoridagi oʻta tuban, boʻhtonlar asosiga qurilgan uslublar yordamida Hizbni xalqdan ajratib yuborish uchun shunaqangi gʻirrom siyosiy kurashlarini kuchaytirib borishdan oʻzga chora topa olmayapti.

قَاتَلَهُمْ اللَّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ

“Ularni Alloh laʼnatlagay! Qanday adashmoqdalar-a!” (9:30)

781Hizb ut-Tahrir islomiy, siyosiy va hizbiy uyushma boʻlganligi sababli u oʻzini yoki jamoasini himoyasi uchun ish olib bormaydi. Hizb ummatni va oʻzini shu ummat safida deb bilgan har bir shaxsni himoyasi uchun ularning har bir manfaatini himoya qilib boradi. Bu yoʻlda hizb aʼzolarining mulklari banklarda muzlatilyapti, oʻzlari bir necha oʻn yillab qamoq jazosi bilan oilalaridan ajratilyapti va hatto zindonlarda shahid boʻlib, uylariga jasadlari qaytib kelyapti. Hatto ( hukumat va kuch organ xodimlaridan iborat)ummat vakillari hizb yigitlariga nisbatan zulm qilganlarida ham, hizb hech qachon oʻz pozitsiyasini oʻzgartirgan emas va oʻzgartirmaydi ham. Ular kufr manfaatlarini himoya qilib va kufr tuzumi bilan hukm qilib, musulmonlarga ochiq zulm qilishayotganida ham, biz ularga takfir tamgʻasini bosganimiz yoʻq. Chunki insonning ustidan chiqarilgan hukm bashariy emas, ilohiy boʻlishi kerak, deb iymon keltirganmiz. Hizb ummatning bir boʻlagi boʻlgan fikriy vujuddir! Uning aʼzolari ummat vakillaridan iborat! U hech qachon sharʼiy hukmga va shundan kelib chiqib, ummat manfaatlariga zid ish qilmaydi!

Yuqoridagi hukumat organ xodimlarining hatti-harakatlari aynan hizb aʼzolarini ummat va xalqdan ajratib yuborish uchun qilingan beoʻxshov harakatlarining navbatdagisi boʻldi. Hammaga ayon, hizb ayozolari oʻzlarini Hizb ut-Tahrirga aʼzo ekanliklarini yashirishmaydi. Har qanday balo-ofat kelishining eʼtibori yoʻq. Ular sud zallarida boshlarini yuqori koʻtarib, hizb aʼzosi ekanlarini tan olishadi. Hatto sharʼiy uzr boʻlishi mumkin boʻlgan holatlarda ham, bu musulmonlar afzalini tanlab, haqiqatni kufrning yuziga ochiq aytib qamalib ketishyapti. Koʻpchilik musulmonlar bizga achinib, “nega tan olasizlar, nega oʻzlaringa nom berasizlar?” deb savol berishadi. Biz ularga, “biz qilib kelayotgan harakatlarimizni yuqoridagi muslima singlimiz kabi musulmonlarga yopishtirib, qamab yuborishmasligi uchun” deb javob qilamiz!

Qirgʻiziston Hizb ut-Tahrir nomidan ummatga murojaat qilib aytamizki, kufr sistemasi musulmonlar ustilarida fitna olib borishyapti. Sizlar kufrga qarshi Islom va musulmonlar manfaatiga yordamchi boʻling! Buning uchun sizlar kufr tashviqotlarini chetga surib, haq bilan botilni ajratishingiz, kerak boʻlsa toʻgʻri munosabat bildirib borishingizning oʻzi kifoya qiladi. Bundan tashqari har biringiz oʻz ish-faoliyatingizni islomiylashtirishga koʻngil buring. Yaʼni jamiyatimiz islomiylashib borishi kufrning jamiyatimizdan siqilib chiqib ketayotganiga dalolat qiladi. Buning uchun, masalan meditsina sohasida ishlovchi shaxs, tugʻuruq xonalarda erkaklarni ishlashini taʼqiqlash bilan oʻz sohasidagi kufrga aloqador qadriyatlarni chiqarib yuborishga harakat qilishi lozim. Uchuvchi, shafyor, oʻqituvchi, siyosatchi shuningdek barcha soha olimlari va har bir soha vakillari oʻz ish faoliyatlarida xuddi shu yoʻnalish boʻylab, islomiylashib borishi kerak. Bundan tashqari oila muhitimiz, jamoatchilik ishlarini islomiylashtirib borishimiz, shularning hammasi Islom va yer yuzidagi mazlum musulmonlarga boʻlgan yordam hisoblanadi. Bu harakatlarimiz, bizlardan, yaʼni olamning har bir goʻshasida yashab kelayotgan moʻmin musulmonlardan, Suriya, Iroq, Falastin va boshqa yer yuzining har bir yerida borayotgan kufrning zulmlari ostida azoblanib kelayotgan zaif va zaifalarga bergan yordamimiz boʻladi insha Olloh! Chunki kufr Afrikada ham kufr! Unga qarshi kurash olamiy, islomiy va davomiy olib borilmas ekan, mintaqalarning oʻziga qoʻyib berish bilan muvaffaqqiyat qozonib boʻlmaydi. Kufrga qarshi kurash, yer yuzining qaysi joyida olib borilayotganining ahamiyati yoʻq. Muhimi befarq boʻlmaslik! Kufr uslublari bilan va ularning manfaatlariga mutanosib ish yuritib bormaslik kerak! Bizning quvvatimiz birlik va hamjihatligimizda birodarlar! Shuning uchun bir birlarimizga qarshi emas, balki ichimizga kirib olgan kufr illatlariga va shu illatlar bulogʻi boʻlgan kufr mafkurasi va ularning buzuq qadriyatlariga qarshi kurashishimiz oʻzimiz uchun manfaatli! Aks holda yuqoridagi kabi mazluma ayollarimizga boʻlayotgan boʻhton va zulmlarga. Shuningdek Suriyadagi qirgʻinbarotlarda qirilib ketayotgan farzandlarimiz, Mьyanmada tiriklayin yoqib yuborilayotgan mazlum va mazlumalar uchun nima deb javob beramiz?!

إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ”لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلْ الْعَامِلُونَ

“Albatta mana shu (ahli jannat yetadigan neʼmatlar) ulugʻ baxtning oʻzidir. Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!”. (37:60-61)

Hizb ut Tahrir Qirgʻiziston matbuot boʻlimining raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.