بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hadisi Sharif bilan
Din nasihatdir
Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
Imom an-Navaviy «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhining “Din nasihatdir” bo‘limida shunday deydi:
حدثنا محمد بن عباد المكي حدثنا سفيان قال قلت لسهيل إن عمرا حدثنا عن القعقاع عن تميم الداري أن النبي صلى الله عليه وسلم قال” :الدين النصيحة قلنا لمن قال لله ولكتابه ولرسوله ولأئمة المسلمين وعامتهم“
Muhammad ibn Abbod al-Makkiy bizga Tamim ad-Doriydan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Din nasihatdir”, dedilar. Biz: Kim uchun? – deb so‘radik. U kishi: “Alloh, Uning Kitobi, Payg‘ambari, musulmonlarning rahbarlari va ommasi uchun”, deb javob berdilar.
Aziz birodarlar!
Bu hadisi sharifda musulmonlarning bir-biriga nasihat qilishi Islomdagi ulug‘ ish ekani aytilmoqda. Nasihat ulamolardan tortib oddiy odamlargacha jamiyatning barcha qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Musulmonlar mana shunday bo‘ladi. Musulmon kishi birodarlari orasida doim nasihat qiladi va ayni paytda nasihat qilinadi. Bu holat Islom jamiyatida hamisha hukm surganligi sabbabli u pokiza va shaffof hayot zinapoyasida borgan sayin yuksalib boraveradi.
Musulmonlarga nasihat qiluvchi, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchi jamoa yoki hizbning holati ham xuddi shundaydir. Hizb ut-Tahrir bugungi kungacha Ummatga nasihat qilib kelmoqda. Hizb Ummatga Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqarilish kerakligini uqtirdi. U boshqa Islomiy uyushma va hizblardan farqli o‘laroq, Ummatga Allohning hukmiga ko‘ra munosabatda bo‘ladi.
Ummat bir tana kabidir. Tananing bir a’zosiga yetgan og‘riq butun vujudni bezovta qiladi. Shunday ekan, milliy asosda qurilgan Misr, Iordaniya, Yaman, Tunis va oyoqosti qilinayotgan Falastin kabi davlatlarga chaqirishning hukmi nima? Ey, to‘qson yildan buyon ushbu milliy davlatlarga chaqirib, nasihat qilib kelayotganlar! Alloh sizga shuni nasihat qilganmi? Fuqaroviy davlat yaxshimi yoki Allohning hukmi bilan boshqariladigan davlatmi? Demokratik davlat yaxshimi yoki Allohning dini hukmron bo‘lgan davlatmi? Ey jamoatlar rahbarlari! nasihat shunday bo‘ladimi? Alloh Taolo nasihatning Islomiy bo‘lishini xohlaydi. Bu jamoalar to‘qson yil davomida vatanparvarlik va millatparvarlik asosida nasihat qilib kelishdi. Amerika tashabbusi bilan o‘ylab topilgan demokratiya, sekulyarizm va fuqarolik degan xorijiy kufr atamalarini targ‘ib qilishdi. Islomiy harakatlar ushbu atamalarni qabul qilib, shunga chaqirgandan keyingina odamlar ularni qabul qildilar va bu ularning saqofatining bir qismiga aylandi.
Ey musulmonlar! Nasihat omonatdir. Siyosiy maydonga chiqish bahonasida bu omonatni boy bermasligimiz kerak. Allohga qasamki, bunday nasihat musulmonlar uchun emas. Kim Allohni va Uning shariatini xohlasa, Allohning to‘liq shariati aniq ko‘rinib turibdi. Islom shariatiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan nasihatlar bilan musulmonlarga murojaat qilish joyiz emas.
Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
24 jumaadus-saniy, 1446h yil.
26 dekabr, 2024m yil.