Trampning yangi hududlarni anneksiya qilish haqidagi bayonoti o‘rmon qonunidan dalolat beradi
20 yanvar kuni takror AQSH prezidenti sifatida qasamyod qiladigan Donald Tramp bir necha mamlakat hududini AQSHga qo‘shilishi haqida shov-shuvli bayonotlar berdi. Masalan, u Kanadaga ellik birinchi shtat sifatida AQSHga qo‘shilishni taklif qildi va Daniyadan Grenlandiyani sotishni talab qildi. Uning aytishicha, u Panama hukumati bilan ham Panama kanali taqdiri haqida gaplashmoqda.
Tramp 6 yanvar kuni o‘zining “Truth” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ko‘plab kanadaliklar AQSHga 51 shtat sifatida qo‘shilish istagida ekanligini va u lavozimga kirishishi bilanoq Kanada importiga 25 foizlik boj joriy etishini ma’lum qildi.
Tramp bundan avval Grenlandiyaga egalik qilish AQSH uchun “havo kabi zarur” ekanini aytgan edi. “Men bir narsani aytmoqchiman, ular iqtisodiy xavfsizligimiz uchun bizga kerak. Men bunday [harbiy harakat qilmaslik] mas’uliyatini zimmamga ola olmayman. Balki nimalardir qilishimizga to‘g‘ri kerak”, – dedi Tramp matbuot anjumanida.
Tramp Panama kanalini nazorat qilish haqida ham bayonot berdi. Panamaning “bema’ni” yuqori tariflar joriy qilganini aytgan Tramp, uni AQSH nazoratiga qaytarishni talab qilish bilan tahdid qildi.
Izoh:
Ma’lumki, AQSH Amerika qit’asida o‘zining mustamlakachilik jarayonini 1789 yilda boshlagan. 1833 yilda u Nikaraguaga, 1835 yilda Peru va Meksikaga urush ochdi. 1848 yilda Meksikadan Texas, Kaliforniya va Nyu-Meksikoni tortib oldi. Ikkinchi marta 1857 yilda Nikaraguaga qarshi, 1855 yilda esa Urugvay va Panama kanaliga qarshi urushga kirdi. Undan keyin 1873 yilda Kolumbiyaga, 1898 yilda Kubaga qarshi urush olib borib, Kubadan Guantanamoni tortib oldi. Bugun bu yerda yuzlab musulmon mahbuslar tarixda kuzatilmagan shafqatsiz sharoitlarda saqlanmoqda. 1907 yilda AQSH Gondurasga bostirib kirib, uning oltita shahrini egallab oldi. 1914 yilda Gaitiga havodan qo‘shin tashlab, Markaziy bankning barcha mablag‘larini o‘g‘irlab ketdi. Amerikaning bunday ishlari Iroq va Afg‘onistonda Ikkinchi jahon urushidan keyin ham davom etdi. U vahshiylikda ingliz ajdodlaridan qolishmadi.
Tramp boshchiligidagi Amerika bugungi kunda o‘sha o‘rmon qonunini davom ettirishni ko‘zlamoqda. Uning fikricha, haqiqat kuchlilar qo‘lida! U o‘zini eng kuchli deb hisoblab, “xohlaganimni qilaman, xohlaganimni boshqalarga majburlayman” deb o‘ylamoqda. AQSHning o‘zida ham boylar eng qudratli odamlar sanalib, qonunlarni o‘zlariga moslab chiqarishadi.
Trampning biznesga asoslangan fikrlashi avvalgi prezidentlik davrida ham yaqqol namoyon bo‘lgan edi. U shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, harbiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi kelishuvlarni buzishga kirishdi. Haqiqatda esa, kelishuvlarning tuzilishi va imzolanishida Amerika asosiy rolni o‘ynagan edi. Kanada va Meksika bilan qayta tuzilgan “NAFTA” (Shimoliy Amerika erkin savdo hududi) kelishuvi, Rossiya bilan tuzilgan o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni cheklash kelishuvi, Eron bilan tuzilgan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiya bunga misol bo‘la oladi. Amerika YUNESKO va Xalqaro jinoiy suddan ham chiqdi. 2020 yil 21 may kuni u Ochiq osmon to‘g‘risidagi kelishuvdan ham chiqishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Bularning barchasi dunyo davlatlarining AQSHga nisbatan g‘azabini oshirmoqda va uning kelishuvlarga amal qilishiga bo‘lgan xalqaro ishonchga putur yetkazmoqda.
Amerika Yevropaga bosim o‘tkazish uchun NATOga a’zo davlatlar o‘z oldidagi majburiyatlarini bajarishini, ya’ni ular o‘z xavfsizliklari uchun yalpi ichki mahsulotning 2 foizini to‘lashini talab qilgan edi. Hozirda Tramp bu ko‘rsatkichni 5 foizga oshirishni talab qilmoqda. NATO ma’lumotlariga ko‘ra, alyansga a’zo 32 davlatning hech biri hozirda yalpi ichki mahsulotning 5 foizini mudofaaga sarflamaydi. Masalan, xavfsizlikka eng ko‘p mablag‘ sarflayotgan Polshaning ulushi 4,12 foizni tashkil etadi. AQSH ulushi ham 3,38 foizni tashkil qiladi. Tramp bunday tashabbus orqali Yevropa mablag‘larini Amerika qurol ishlab chiqarishiga yo‘naltirmoqchi ekanligiga shubha yo‘q. Ayniqsa, Ukraina urushi sababli NATOning ahamiyatini oshirishga erishgan bir paytda bunday qadam AQSH uchun o‘ta muhim. NATOning yangi bosh kotibi ham shu haqida bayonot berib, 2 foizlik to‘lov yetarli emasligini ta’kidladi.
Xulosa qilib aytganda, Amerika kapitalistik mafkura uchun dunyoda, xususan G‘arbda hsobsiz pullar sarfladi, ammo hozir Amerikaning davri nihoyasiga yetdi. Uning o‘zi qutqaruv va yordamga muhtoj bo‘lib qoldi. Bu esa Amerikaning xalqaro pozitsiyadagi mavqei va uning qudratiga bo‘lgan ishonchga putur yetganini ko‘rsatadi. Uning siyosati “haqoratlansang ham, yashash uchun menga bo‘ysun” degan shiorga asoslangan!
Demak, dunyo najotga muhtoj. Sotsializm dunyoni kapitalizm zulmidan qutqara olmadi. Shunday ekan, yagona qutqaruvchi kuch Islomdir. Alloh Taoloning dini asrlar davomida insoniyatni turli zulmlardan saqlab keldi. Ha, Islom faqat davlat shaklidagina bunday kuchga ega bo‘ladi. Buning uchun adolatli Islom tuzumini tatbiq qiladigan va butun dunyoga Islom risolatini yetkazadigan Payg‘ambarlik Minhoji asosidagi Roshid xalifalik davlatini tiklash zarurdir.
Nurdin Asanaliyev