Qirg‘iziston kuch tizimlari Hizb-ut-Tahrir yigitlarini g‘ayriinsoniy qiynoqlarga solmoqda
Qirg‘iziston kuch tizimlari Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshchiligida 26 nayabr kuni Jalol-obodda hibsga olingan 22 nafar Musulmon birodarlarni g‘ayriinsoniy uslublar bilan qiynoqqa solishgan. Kuch tizimlari bo‘lmish – prokuratura, sud kabi adliya va nazorat organlari ham, Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi olib borayotgan ushbu jinoiy qiynov usullariga sukut saqlash bilan hamkorlik qilishayapti! Ombutsmen va boshqa o‘zlarini “insonparvar” qilib ko‘rsatgan nodavlat tashkilotlar ham, muammo Islom va Musulmonlarga tegishli bo‘lganligi uchun zulmlarga ko‘z yumishmoqda.
Kofir va munofiqlardan tashkil topgan atayin brigada, O‘zbekiston maxsus xizmat xodimlari bilan hamkorlikda, yigitlarimizni hatto avratlarigacha tok qo‘yib qiynashayapti. Musulmon kishi – “Ollohning dini oliy bo‘lsin” degan gapi va da’vati uchun, nafaqat o‘z birodarlari, hatto kofirlarni ham, bunday jirkanch qiynoqlarga solishdan Ollohdan qo‘rqadi! Negaki har bir odam, hatto kofir bo‘lsa ham, Olloh unga umr, rizq, sog‘lik, ahli-ayol, farzandlar kabi dunyo matohlarini berib kelayapti. Musulmon kishi – bularning barchasi Ollohdan deb iymon keltirib ishongani uchun Ollohdan qo‘rqadi. Hech bo‘lmasa shu dunyo lazzatlaridan ayrilib qolishdan qo‘rqib ham bunday jirkanch ishlardan chetlanadi!
O‘zbekiston maxsus xizmat xodimlari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasiga, da’vatchilarni azoblash yo‘llarini o‘rgatish bilan hamkorlikda ish olib borayapti. Ollohga qarshi urush e’lon qilgan ushbu zolimlar va ular ustida buyruq berib, ularni dastaklab turgan g‘alamuslarni duoibat qilib, Ollohga topshiramiz! Olloh ularga kifoya qilsin. Paygambar salallahu alayhi vassalam aytadilar:
إنَّ اللهَ يُعذِّبُ الَّذينَ يُعذِّبونَ النَّاسَ في الدُّنيا
“Albatta Alloh Taolo insonlarni dunyoda azoblaganlarni azoblaydi”.
Yana aytadilar:
من ظلم قيد شبر من الأرض طوقه من سبع أرضين
“Kimki yerdan bir qarichini zulm bilan olgan bo‘lsa qiyomat kuni (Alloh) uni yetti qavat yerga kirgizib yuboradi”. (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Alloh Taolo aytadi:
إِنَّمَا ٱلسَّبِیلُ عَلَى ٱلَّذِینَ یَظۡلِمُونَ ٱلنَّاسَ وَیَبۡغُونَ فِی ٱلۡأَرۡضِ بِغَیۡرِ ٱلۡحَقِّۚ أُو۟لَـٰۤىِٕكَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِیم
“Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaq hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblash va zulmu zo‘ravonliklari uchun jazolash)gagina yo‘l bordir. Ana o‘shalar uchun alamli azob bordir”. (42:42).
Yana aytadi:
أَلَاۤ إِنَّ ٱلظَّـٰلِمِینَ فِی عَذَابࣲ مُّقِیمࣲ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنۡ أَوۡلِیَاۤءَ یَنصُرُونَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِۗ وَمَن یُضۡلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن سَبِیلٍ
“Ogoh bo‘lingizkim, u zolimlar mangu azobdadirlar. Ular uchun Allohdan o‘zga yordam beradigan hech qanday «do‘stlar» bo‘lmas. Kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, bas, uning uchun biron (To‘g‘ri) yo‘l yo‘qdir”. (42:45-46).
Ular, Ollohning dinining himoyachilari bo‘lgan da’vatchilarni yo‘q qilish bilan, da’vatni to‘xtatmoqchi bo‘lishayapti. Aksincha, Olloh bularning zulm va makrlarini o‘zlarining zarariga yurgizib qo‘yadi insha Olloh! Alloh Taolo aytadi:
یُرِیدُونَ لِیُطۡفِـُٔوا۟ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفۡوَ ٰهِهِمۡ وَٱللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِۦ وَلَوۡ كَرِهَ ٱلۡكَـٰفِرُونَ
“Ular Allohning nurini (ya’ni Islomni) og‘izlari (ya’ni behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O‘z nurini (ya’ni dinini) to‘la (ya’ni har tarafga) yoyguvchidir”. (61:8).
Zolimlar O‘zbekistonda qariyb 30 yildan buyon Islom va Musulmonlarga qarshi xuddi shu tarzda urush olib bormoqda. Xo‘sh, nimaga erishdi? Suriya, Falastin qo‘yinki butun kufr olami, Islom e’tiqodini yo‘q qilish maqsadida kurash olib borayapti. Ular jasadimizga ozorlar yetkazayotgan bo‘lsa-da, biroq bu bilan e’tiqodimizni yanada mustahkamlashayapti xalos! Alloh Taolo aytadi:
إِنَّ ٱللَّهَ یُدَ ٰفِعُ عَنِ ٱلَّذِینَ ءَامَنُوۤا۟ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا یُحِبُّ كُلَّ خَوَّانࣲ كَفُورٍ
“Albatta Alloh iymon keltirgan zotlarni mudofaa qilur. Albatta Alloh barcha xoin va kufroni ne’mat qilguvchilarni suymas”. (22:38).
Shuncha yildan buyon “mo‘tadil Islom” kabi makrlar bilan bizni aldab, da’vatdan chalg‘itmoqchi bo‘lishdi. Endi esa hokimiyatga yaltoqlanib, bu bilan ayrim mansablarga erishmoqchi bo‘layotgan organ xodimlari yuqoridagi zulmlari bilan kufrning haqiqiy basharasini ochib tashlamoqda. Bu zulmlar ma’lum bir musulmonlarga emas, balki Olloh va uning diniga qarshi e’lon qilingan urushdir!
Ey mo‘min – musulmon birodarlar, dinimizni himoya qilishda sobit qadam bo‘laylik! Olloh yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqmay, yuqoridagi 22 nafar birodarlarimiz, shuningdek O‘zbekiston va dunyoning barcha yerlarida mazlum bo‘lib yotgan birodarlarimiz kabi qayerda bo‘lsak ham, hatto zolimning zindonida bo‘lsa ham, zulmga qarshi da’vatdan to‘xtamasdan oxiratimizni obod qilib olaylik! Dunyo bizni chalg‘itdi, biz da’vatda matonat ko‘rsata olmay qoldik! Olloh, hatto kofir va zolimlar qo‘li bilan Islom va musulmonlarga nusrat berishga qodir Zotdir! O‘zbekistondagi birodarlarimiz singari da’vatda matonat ko‘rsatib, dunyoga o‘rnak bo‘lish bilan Ollohga eng yaqin mo‘minlardan bo‘lib olish imkoniyati paydo bo‘ldi insha Olloh! Har bir ish Ollohdan, faqat inson uni o‘z foydasiga yoki ziyoniga ishlatish imkoniyatiga ega! Alloh Taolo aytadi:
إِنَّمَا ذَ ٰلِكُمُ ٱلشَّیۡطَـٰنُ یُخَوِّفُ أَوۡلِیَاۤءَهُۥ فَلَا تَخَافُوهُمۡ وَخَافُونِ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِینَ
“Albatta o‘sha (sizlarni vasvasaga solmoqchi bo‘lgan) shaytonning o‘zidir. U sizlarni o‘zining do‘stlaridan (kofirlardan) qo‘rqitmoqchi bo‘ladi. Bas, agar mo‘min bo‘lsangizlar, ulardan qo‘rqmangiz, Mendan qo‘rqingiz!” (3:175) (Ya’ni, odamlar sizga qarshi kuch to‘pladilar, ulardan qo‘rqinglar, degan xabardan qo‘rqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni o‘z yaqinlaridan qo‘rqitadi. Shayton o‘ziga ergashganlarni sizning ko‘zingizga kuchli bo‘lib ko‘rinishini istaydi. Agar haqiqiy mo‘min bo‘lsangiz, ulardan qo‘rqmanglar, ularning qo‘lidan hech narsa kelmaydi.)
Yana aytadi:
یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوۤا۟ إِن تَنصُرُوا۟ ٱللَّهَ یَنصُرۡكُمۡ وَیُثَبِّتۡ أَقۡدَامَكُمۡ
“Ey mo‘minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo‘lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida kadamlaringizni sobit-barqaror qilur”. (47:7).
Turkiston