Doktor Kunaybiyning Suriyadagi oxirgi vaziyat haqidagi bayonoti

16
0

Doktor Kunaybiyning Suriyadagi oxirgi vaziyat haqidagi bayonoti

Doktor Iyod Kunaybiy Suriyada yuz bergan voqealar va Asad rejimining qoldiqlari boshlagan fitnalar haqida hukumat rasmiylariga nasihat yo‘lladi.

Iordaniya universitetida akademik tahsilini davom ettirayotgan doktor Iyod Kunaybiy Islomiy ilmlarga oid bir qancha kitoblar yozgan dunyo musulmonlari orasida mashhur olimlardan biridir. U “Jarlikka qarab ketayotgan Iordaniya” maqolasi uchun ikki yilga qamalgan. Kunaybiy olti bandlik nasihatida quyidagilarga urg‘u berdi:

 Suriyadagi qochoq rejimning qoldiqlari arab va boshqa davlatlardan yordam olmoqda. Ayrimlari bir tarafdan yangi hukumatga qo‘l berib, parda ortidan unga orqadan pichoq urishga harakat qilmoqda. Xalqni qul qilganlar va dunyodagi yirik davlatlar yangi hukumatni ag‘darish yoki o‘z manfaatlari yo‘lida unga bosim o‘tkazishni istashmoqda. Shom ahlini bunday hiylalardan qutqaradigan bir qancha muhim omillar mavjud:

 Birinchi: Allohning Arqonini mahkam ushlang. Barcha ishlaringizni Allohning roziligini ko‘zlab, Unga bo‘ysunish uchun chin ixlos bilan qiling. Avval qaror chiqarib, so‘ng shar’iy nususlarni unga moslashtirmang. Agar Alloh sizga yordam bersa, hech kim sizni mag‘lub eta olmaydi. Agar Alloh sizni tark etsa, hech kim sizga yordam bera olmaydi. Mo‘minlar faqat Allohga tavakkul qiladilar!

 Ikkinchi: Vaziyatning og‘irligini hisobga olish zarur va muammo faqat qochib ketgan kalamushlar bilan cheklanmasligini tushunish kerak. Rejim qulagan bo‘lsa-da, uni oshkora va yashirin qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar hamon hukmronlik qilmoqda. Ular Shomni yangi “Bashar zanjiri”ga bog‘lashni xohlashadilar. Urush hali tugagani yo‘q.

 Uchinchi: Diplomatiyaning, hiylakorlikning va shaxsiy manfaatlarning yangi din holiga kelishdan saqlanish kerak. Bu yangi din barcha shariat hukmlarini rad etish va barcha xatolarni qonuniylashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Birodarlarim! biz Allohning yordamiga muhtojmiz va U Zotning yordamisiz bir lahza ham qololmasligimizni tushunishimiz kerak. Agar Allohning yordami kelmasa, insonning harakati o‘zining halokatiga sabab bo‘ladi. Hamma musulmonlar sizga qarab turibdi. Sizdan o‘zlari yashab turgan vaziyatdan qutqaradigan yangi shonli davrning boshlovchilari bo‘lishingizni umid qilmoqdalar. Lekin barcha kofirlar va munofiqlar sizni ag‘darish yoki yo‘ldan ozdirish uchun tuzoq qo‘ymoqdalar. Siz bosqin ostida qolgan xalqlarga umid bo‘ling…!

 To‘rtinchi: Shom ahli ayni damda eng ko‘p Allohning hukmiga bo‘ysunishga muhtojdir. Bu nafaqat og‘ir mas’uliyat, balki qullikka qaytishdan to‘suvchi birdan-bir himoya qo‘rg‘oni ekanligini tushunish zarur.

Beshinchisi: Allohning diniga zid bo‘lsa ham, maxluqlarni rozi qilishga uringan va ochko‘zligi tufayli o‘shalardan biriga aylanganlardan ibrat oling. Misr va Tunisdagi kabi…

Oltinchi: Siz bilan bir xil fikrda bo‘lib, bo‘lmasligiga qaramay, musulmon birodarlaringizga mehribon bo‘ling. Ular ma’lum masalalarda sizga qarshilik ko‘rsatishlari, xatolaringizni eslatishlari va ularni qabul qilmaslikda qat’iy turishlari mumkin. Biroq bu birodarlar sizlar uchun qochoq rejimning qoldiqlari hamda ichki va tashqi kuchlarga qarshi kurashda sizga tayanch va qalqon bo‘ladi. Ular sizni xato qilishdan to‘sib qoladigan haqiqat ovozidir. Ularga zulm qilishdan ehtiyot bo‘ling. Ularga dunyoviy tuzumni himoya qiluvchi, uni hohlovchi, xalqaro tuzumga va uning qo‘g‘irchoqlariga malaylik qiluvchi rejim barpo qilmoqchi bo‘lgan uyatsizlardan ham yomonroq munosabatda bo‘lishdan saqlaning.

Ey Shom ahli, mana shular sizni bu qiyin vaziyatdan qutqaradi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: “Bilginki, agar butun ummat senga foyda keltirish uchun to‘plansa, Alloh senga yozganidan boshqa hech qanday foyda keltira olmaydi. Agar butun ummat senga zarar yetkazish uchun to‘plansa, Alloh senga yozganidan ortiqroq zarar yetkaza olmaydi. Qalamlar ko‘tarildi, sahifalar quridi”.

Assalomu alaykum, va rohmatulloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.