Qirg‘izistonning qarzi yetti milliard dollarga yaqinlashdi
2024 yil 30 sentyabr hisobiga ko‘ra, Qirg‘izistonning davlat qarzi 6 milliard 617 million dollarga yetdi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi. Buning 4 milliard 526 million dollari tashqi qarz bo‘lsa, 2 milliard 54 million dollari ichki qarzdir. Umuman olganda, 2024 yilda davlat qarzining miqdori 336,5 million dollarga oshdi. 2020 yildan buyon esa bu miqdor 2 milliard dollarga ko‘paydi.
Izoh:
Bundan avval Milliy statistika qo‘mitasi mamlakatdagi eng boy qatlam kambag‘allarga qaraganda 10 barobar ko‘p daromad olishi haqida xabar bergan edi. Uch yil avval esa bu ko‘rsatkich besh barobarni tashkil etardi. Ayni paytda, Qirg‘izistondagi moliyaviy tashkilotlar 2024 yilning to‘qqiz oyida (yanvar-sentyabr) 115 milliard so‘mdan ortiq daromadni qo‘lga kiritdi. Bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 26 foizga yoki deyarli 24 milliard so‘mga ko‘pdir.
Yuqoridagi barcha statistik ma’lumotlar kapitalistik iqtisodiy tuzimning natijasi ekanligiga shubha yo‘q. Moliyaviy tashkilotlarning mavjud bo‘lmagan pul ustidan foyda orttirishi ham shular jumlasidan. Masalan, siz bankka qo‘ygan million dollarni bank o‘z kapitalidek boshqa shaxsga foizli qarzga beradi. Natijada, sizning million dollaringiz uchinchi shaxsning qo‘liga o‘tsa ham, u bankning hisobida turaveradi. Shu sababli, virtual pul bilan naqd pul o‘rtasidagi farq misli ko‘rilmagan darajada kengayib bormoqda. Bu doimiy shishib borayotgan sharga o‘xshaydi. Inqiroz davrida ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar ushbu sharning yorilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilingan urinish hisoblanadi. Davlatlar uchun xalqning qashshoqlashib borayotgani muhim emas, balki kapitalistlarning manfaati uchun qurilgan tuzumni saqlab qolish muhimdir.
Inflyatsiya doimiy ravishda o‘sib borishining yagona sababi qog‘oz pul tizimidir. Inflyatsiyaning o‘sishi birinchi navbatda oddiy xalqning cho‘ntagiga zarar beradi. Pulning xarid qobiliyatini pasaytiradi va xalqni qashshoqlashtiradi. Ayniqsa, Qirg‘iziston kabi importga qaram xalq uchun bu ortiqcha mashaqqatdir. Tashqi qarz va uning foizlarini to‘lash uchun dollarning xorijga chiqib ketishi ham bu muammoni yanada kuchaytiradigan omil hisoblanadi.
Demak kapitalistik iqtisod nizomi xalqni qashshoqlashtirish va boylarning boyligini orttirish asosida quriladi. Buning muqobilida, Islomiy iqtisod nizomi esa oltin va kumush pullarga asoslanadi. Unda boylik bir hovuch odamlarning qo‘lida to‘planib qolishiga va ular boyliklarni xazina qilib to‘plashiga hamda sudxo‘rlik va qarshiliksiz qog‘oz pullar bosilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, mustamlakachi davlatlar zaif mamlakatlarni qarz zanjiri bilan bog‘lab, ekspluatatsiya qilishisha yo‘l qo‘ymaydi. Islomiy tuzumda inflyatsiya muammosi bo‘lmaydi hamda odamlarning narxlar oshishidan vahimaga tushib, ortiqcha tovar sotib olishiga hojat qolmaydi. Binobarin, bugungi kunda muammolarning ortib borishi va mablag‘larimizning kapitalistlar va mustamlakachilar cho‘ntagiga oqib ketishining asl sababi kapitalistik tuzumdir.
Nurdin Asanaliyev