Haqiqiy Islomni xalqqa kim yetkazadi?

14
0

Haqiqiy Islomni xalqqa kim yetkazadi?

19 dekabr kuni ommaviy axborot vasitalari Jalolobodda “Hizb-ut-Tahrir” Islomiy siyosiy partiyasining 22 nafar faol a’zosi hibsga olingani haqida xabar tarqatdi. Ular milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan hibsga olindi. Kuch ishlatar organlarining ta’kidlashicha, Hizb yigitlari “E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasiga qarshi, qonunga zid ravishda diniy tashkilotlar o‘rtasida varaqalar tarqatganliklari gumon qilinmoqda.

Shu bilan birga, Hizb yigitlarining hibsga olishda ularga qilingan munosabat, va Hizb haqida berilgan bayonotlar odamlarni ulardan nafratlantirishga qaratilganligi ko‘rinib turibdi. Darhaqiqat, “diniy ekstremizm” – bu dunyodagi gegemon kofir davlatlar Islomga qarshi kurashish uchun o‘ylab topgan uydurmadir. Ushbu uydurmaga binoan “Hizb-ut-Tahrir” partiyasi Qirg‘izistonda ekstremistik tashkilot, ayrim mamlakatlarda esa terrorchi tashkilot deb e’lon qilindi. Biroq, sog‘lom fikrga ega bo‘lgan har bir kishi – ma’lumotlarni to‘g‘ri bog‘lash bilan – yigitlarga qo‘yilgan ayblovning yolg‘onligini osongina bilib olishi mumkin.

Masalan:

– Hizbning dunyo bo‘ylab faoliyat yuritib kelayotganiga yetmish yildan oshdi. Shu davr mobaynida – o‘sha kofirlar aytayotgan ta’rifga to‘g‘ri keladigan – birorta ham ekstremistik yoki terroristik harakat sodir etgani kuzatilmagan. Hatto soxta ayblovlarni yopishtirish uchun maxsus ssenariylar uyushtirilganda ham Hizbning bunday ishlarni qilgani hech qachon isbotlanmagan, aksincha ssenariy uyushtirganlarning o‘zlari sharmanda bo‘lgan.

– Qirg‘izistonning o‘zida hukumat, o‘zlari bergangan ta’rifga binoan, ekstremistik yo‘l bilan 3 marta almashdi. Aslida, hukumat tepasiga kelib-ketgan rahbarlarimiz ham xalq orasidan chiqqan yaxshi odamlardan bo‘lgan. Biroq, ular xalqni boshqarish uchun tatbiq qilayotgan tuzum – bu demokratiya niqobi ostidagi kapitalizmdir. Bu tuzumdagi o‘lchov foyda-zarardan iborat. Shuning uchun bu rahbarlar o‘zlari uchun foydani ko‘rganda, xalqqa yetayotgan zararni unutishdi. Xalqqa keladigan foyda o‘zlari uchun zararli bo‘lsa xalqning foydasidan ko‘z yumishdi. Bu kapitalizmning tabiatidir. Kapitalizmda, agar rahbarlar xalqqa yaxshilik qilgan bo‘lsa, ular bundan katta foyda olishlariga ishonganlari uchungina qilgan bo‘ladi. Hatto ular hokimiyatga kelish foydali ekanini bilgani uchun hech ikkilanmay ekstremistik yo‘l bilan kelaveradilar. Aytib o‘tganimizdek, bunga 3 marta guvoh bo‘ldik. Biroq, Hizb bularning hech biriga aralashgan emas. Chunki u faqat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘rgatgan tariqatga amal qiladi.

– Hizbning kitoblariga qarang, hizbiylar nimani o‘rgatishayotganiga e’tibor bering, ularda ekstremistik nima bor? Hizb foyda-zararni o‘lchov qilib olgan kapitalizmini butun dunyoning boshiga kelgan balo deb biladi. U Islomni tushunishga, tushuntirishga, halol va haromni miqyos qilib olishga va shu tuzumda yashashga chaqiradi.

Masalan, hukumat ham va u bizga qarshi qo‘yayotgan muftiyot ham musulmon xalqqa haqiqiy Islomni o‘rgatmaydi. Hukumat nazarida din demokratiyaga moslashgan bo‘lishi kerak, ya’ni Islomning faqat kapitalistik tuzum ruxsat bergan qismini o‘rgatish va shunga amal qilish kerak. Muftiyot esa, bu ishlarda hukumatga shariatdan yo‘l topib beradi. Ahvol shunday bo‘lgach, aholisi musulmon bo‘lgan bu Islomiy yurtda dinni kim o‘rgatadi? Hukumat va muftiyot hanafiy mazhabiga amal qilish haqida tinimsiz gapiradi. Biroq, ayni paytda hanafiy mazhabining boshqaruv yoki iqtisodga oid kitoblari o‘qitilmaydi. Zero, davlat ta’lim dasturida demokratik boshqaruv va kapitalistik iqtisodiyot o‘qitiladi. Madrasalar esa faqat ibodat va odob-axloqni o‘rgatishga cheklangan. Aslida, bu sohada hanafiy mazhabidagi kitoblar o‘qitilgan taqdirda ham, hozirgi yangi muammolarni hal qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Chunki u kitoblar yozilgan paytda, BMT, Jahon banki, aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari va bitkoin kabi masalalar bo‘lmagan. Binobarin, bunday yangi hodisalarga oid shariat hukmlarni ishlab chiqish uchun mujtahidlarning ijtihodi zarurdir. Masalan, oldingi kitoblarning “kitobul bay’” (savdo kitobi) boblarida o‘sha davrdagi iqtisod hukmlari bayon qilingan, lekin ular bugungi iqtisodiyotni to‘liq qamrab ololmaydi.

Shunday ekan, musulmon xalqimizga va Islomga chanqoq kelajak avlodimizga Islomdagi boshqaruv nizomi, iqtisod nizomi, ijtimo nizomi, jazo-choralar nizomi, ta’lim-tarbiya va hatto Islom tarixini kim o‘rgatadi. Islomga qarshi dunyoviy tuzumni tiqishtirayotgan demokratik davlatlar o‘rgatadimi? Ularga malaylik qilayotgan arab rejimlari o‘rgatadimi? Xalqimiz ichida demokratiyani targ‘ib qilayotgan nodavlat tashkilotlar o‘rgatadimi? Hukumat bularni ta’lim dasturiga kiritadimi? Muftiyot ularga mos dastur bilan ta’minlab beradimi? Vaholangki, hukumat va muftiyot musulmon aholiga Islom dinini o‘zimiz o‘rgatamiz, deb bong urib keladi! Demak dinimiz talab darajasida o‘rgatilmayotgan bo‘lsa, kimdir uni o‘rgatish kerakmi? Endi shu bilimlarni o‘rgatmoqchi bo‘lgan fuqarolar qachongacha ekstremist hisoblanadi. Aslida, ular hukumat va muftiyot kabi imkoniyatlarga ega emaslar. Bu yigitlar bugungi og‘ir zamonda o‘z xalqiga dinni o‘rgatish uchun molu-jonlarini qurbon qilmoqda. Qachongacha Islomni o‘rgatish ekstremizm tamg‘asi bosilgan jinoyat bo‘lib qolaveradi?

Endi bular ham yetmagandek, yangi qonun qabul qilish bilan – da’vat va yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish oldiga yangi to‘siqlar qo‘ymoqchi bo‘lyapsiz. Da’vatchilar hamda yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilarga ham borgan sari qattiqroq cheklovlar qo‘yyapsiz. Qolaversa, masjid, madrasa, hujralardagi Islomiy ta’limlarga ham qarshi kurash olib boryapsiz. Bu ishlaringizni qoralab, xalqqa yetkazganlarni esa ekstremizmda ayblab, hibsga olyapsiz. Qachongacha bu xalqni aldaysiz, yolg‘onlaringiz fosh bo‘lib qolganda qanday ahvolga tushasiz? Oxiratda esa Allohning huzurida, oshkora va yashirin barcha narsalar oshkor bo‘ladigan Kunda, qanday qutulasiz?! Dunyoviy-kapitalistik hokimiyatingizni mustahkamlash uchun diningizni sotdingizmi?.. Diningizni to‘liq o‘rganish va o‘rgatish vaqti kelmadimi? Qachongacha faqat kofir davlatlarning kapitalizmiga moslashgan va ular ruxsat bergan dinning qismlari bilan xalqni aldab yurasizlar? Alloh Taolo aytadi:

أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ الْكِتَابِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍ فَمَا جَزَاءُ مَنْ يَفْعَلُ ذَلِكَ مِنْكُمْ إِلَّا خِزْيٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يُرَدُّونَ إِلَى أَشَدِّ الْعَذَابِ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

“Yo kitobning (Tavrotning) bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi? Oralaringdan kim bu ishni qilsa, uning jazosi bu dunyoda rasvo bo‘lish, qiyomat kunidan esa qattiq azobga duchor qilinadilar. Alloh qilayotgan ishlaringdan g‘ofil emasdir”. [2:85]

Yana aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ادْخُلُوا فِي السِّلْمِ كَافَّةً وَلَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ

“Ey mo‘minlar, to‘la holdagi Islomga kiringiz! (Ya’ni, Islomning ba’zi hukmlariga itoat qilib, ba’zilariga itoat qilmaydigan kimsalardan bo‘lmangiz)! Va shaytonning izidan ergashmanglar! Shubhasiz, u sizlarning ochiq dushmaningizdir”. [2:208]

Abdulhakim Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.