Shom tog‘uti ag‘darildi…

7
0

Matbuot bayonoti

Shom tog‘uti ag‘darildi…

Ammo Amerika va uning tobelari joriy qilmoqchi bo‘layotgan buzg‘unchi sekulyar boshqaruvdan juda-juda ehtiyot bo‘ling

Suriya ahli o‘zining muborak qo‘zg‘olonida yirik qurbonliklar berganiga 14 yil bo‘ldi. O‘shanda Islom Ummati Amerika, Rossiya, yahudiy vujudi, Eron va uning Livandagi hizbidan tortib, borliqning mustamlakachi zulm va tug‘yon kuchlariga qarshi yakka o‘zi kurashni boshlagan edi. Mana, Islom va musulmonlarni qattiq yomon ko‘ruvchi Asadlar oilasi rejimi 54 yil repressiya, qirg‘in va quvg‘indan so‘ng ag‘darildi. Suriya ahli bundan behad shodlikka to‘ldi. Hatto butun musulmon olami xursand bo‘lib, mo‘minlar qalbi orom oldi. Shom ahli ayollar, bolalar va erkaklarni vahshiy qamoqxonalardan qutqarar ekan, katta hayrat va quvonchni boshdan kechirdi.

Shom ahlining 2011 yilda qo‘zg‘olon boshlangandan beri hayqirayotgan takbirlari to Damashqqa kirib, Asad va Baas hukmronligi changalidan uni ozod qilguniga qadar to‘xtamadi. Xalq bazasining maqsadi faqat Asad rejimini ag‘darib, basharalarni boshqa basharalarga o‘zgartirib qo‘yish emas, balki Islomni tatbiq etish bo‘lgan. To‘g‘rirog‘i, Islom ahkomlarini to‘liq tatbiq qiladigan hamda o‘ziga va Islom Ummatiga qarshi til biriktirganlarni Shomdan quvib chiqaradigan roshid Xalifalikni xohlayotgani uning qurbonliklari va namoyishlaridan hamda zolim, tajovuzkor kuchlar va til biriktiruvchilar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlaridan ochiq ko‘rib turar edi.

Qo‘zg‘olonning bu buyuk muvaffaqiyati Islom Ummati uchun namuna bo‘lishi kerak. Ummat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Islom davlatini qaytarish uchun bo‘lgan tub o‘zgarish yo‘lida faoliyat qilishdan aslo umidini uzmasligi, bu yo‘lda fidokorlik qilishi va buni hayot-mamot masalasi deb bilishi lozim. U musulmon yurtlaridagi barcha hukmdorlarning Falastin ahliga yordam bermaganini hamda ularning qonxo‘r Bashar Asad jinoyatlarini qonuniylashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yaqqol ko‘rib turibdi. Suriya delegatsiyasining 11 yildan so‘ng Arab davlatlari ligasiga qaytishi va Asadning sammitlarda ishtirok etishi ushbu hamkorlikning yaqqol ko‘rsatkichidir. Ajablanarlisi shundaki, 2024 yil 11 noyabrda Riyozda bo‘lib o‘tgan G‘azo bo‘yicha favqulodda sammitda Bashar Asadning Moskvaga qochib ketishidan bir oy oldin aytgan tanqidlariga sammitdagilar e’tibor berishmadi. U, jumladan, bunday degan edi: «Umid qilamanki, biz to‘g‘ri qarorlar qabul qila olamiz. Bo‘lmasa, o‘g‘ri bilan qonun tilida, jinoyatchi bilan axloq tilida, qotil bilan insoniylik tilida gaplashishda davom etaveramiz. Yaxshi niyatlarimiz yana bir bor o‘limga olib keladi».

Biroq, bu hukmdorlar va ularning xavfsizlik xizmatidagi jinoyatkor gumashtalari qayoqdan ham ibrat olishsin. Zero, hukmdorlar o‘zlarini Allohning intiqomidan Amerika, Rossiya va xavfsizlik xizmatlari himoya qiladi deb o‘ylab, xuddi Bashar Asad qilgan ishlarni qilishyapti! Allohning dushmanlari bo‘lmish mustamlakachi kofirlarning manfaatlari o‘z malaylaridan voz kechishni taqozo etib qolsa, bu malaylaridan qanchalik tez voz kechib, tarix axlatxonasiga itdek uloqtirib yuborishayotganini hukmdorlar ko‘rmaydilarmi?! O‘zlaridan oldingi hukmdorlar taqdiridan ibrat olmaydilarmi?! Yoki hokimiyat kursisida uzun zamon o‘tirish bilan Allohning hukmi va g‘azabidan hamda xalqning intiqomidan qutulamiz, deb o‘ylashyaptimi?! Balki odamlarning jinoyatchi Asad oilasining merosxo‘rlaridan qanday intiqom olayotganlarini ko‘rish boshqalardan ko‘ra ko‘proq shu hukmdorlarga lozimdir.

﴿فَأَهۡلَكۡنَآ أَشَدَّ مِنۡهُم بَطۡشٗا وَمَضَىٰ مَثَلُ ٱلۡأَوَّلِينَ﴾

«Bas, Biz ulardan kuchli-quvvatliroqlarni ham halok qilganmiz. (Ushbu Qur’onda) avvalgilarning masal-qissalari o‘tdi-ku!»                    [Zuxruf 8]

Shom ahli intilayotgan haqiqiy o‘zgarish, shubhasiz, ag‘darilgan rejimni qadriyatlari, konstitutsiya-qonunlari va odamlaridan iborat barcha arkonlari bilan qo‘shib yo‘q qilinadigan o‘zgarishdir. Aynan shu o‘zgarishda mustamlakachi G‘arb kuchlari bilan bo‘lgan barcha aloqalar uziladi, G‘arbni rozi qilish va uning hukmronligiga sukut saqlash uchun sekulyar fuqarolik davlat qurishga targ‘ib qilinmaydi, aynan shu o‘zgarishda Islom davlati barpo etilib, sekulyar tuzum o‘rniga Islomdagi boshqaruv tuzumi o‘rnatiladi. Shom ahli shunday o‘zgarishni talab qilyapti. Ayni shu o‘zgarish uchun Asad rejimiga qarshi qo‘zg‘olon qildi. Qo‘zg‘olonchi kuchlar, o‘zlari aytganidek, xalqning xohish-irodasiga muvofiq harakat qilmoqchi bo‘lsalar, bu irodani qabul qilishlari lozim.

Inqilobning o‘tish davri boshqaruvi degan girdobga tushib qolishidan juda-juda ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki bu sekulyar boshqaruvga yoki yumshoq qilib aytganda fuqarolik boshqaruviga zamin tayyorlash demakdir. Bu Amerika vakili sifatida Erdogan Turkiyasining hamda yahudiy vujudini mustahkamlashga harakat qilib, bir-birlarining o‘z xalqini bostirishlariga sukut saqlayotgan atrofdagi arab rejimlarining rejasidir. Bas, Shomdagi qo‘zg‘olon ahli Misr, Liviya, Tunis va Yamandagi kabi qo‘zg‘olonlarning nimaga olib borganidan saboq chiqarsin. Ularda faqat yarimtaki g‘alabalar qo‘lga kiritilib, ba’zi bir basharalar o‘rniga boshqa bir basharalar olib kelindi, bu bilan qaramlik va sekulyar konstitutsiya saqlanib qoldi. Hozirda bu davlatlarda avvalgidan ham yomon vaziyat hukmron. Masalan, mustamlakachi kofir va malay hukmdorlarga qaramlik, tang-baxtsiz hayot va G‘azo ahlini hamon qirg‘in qilayotgan yahudiy vujudini kuchaytirish kabi ishlar davom etmoqda.

Ag‘darilgan va mavjud zolim rejimlar changalida azob chekayotgan insonlarga, shuningdek, Amerikaning hamda Turkiya va boshqa yurtlardagi unga malaylik qilayotgan qo‘g‘irchoq hukmdorlarning o‘yinlarini ongli ravishda tushunayotgan insonlarga aytar so‘zimiz shuki, sekulyar siyosiy yechimlarni barbod qilishga harakat qilinglar. Chunki bular sirtdan fuqarolik boshqaruvi, degan chiroyli yoqimli so‘zlar bilan o‘ralgan, asli esa islomiy yurtlardagi mavjud rejimlardan mutlaqo farq qilmaydigan siyosiy sekulyar boshqaruvdir. Ushbu ongli insonlar, shuningdek, qo‘zg‘olon qilishlariga sabab bo‘lgan maqsadlarida, ya’ni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish g‘oyasida sobit tursinlar hamda buning uchun faoliyat qilayotgan xolis insonlarga nusrat-yordam bersinlar, zotan, butun musulmon xalqlar intiqlik bilan kutayotgan narsa ham mana shudir.

﴿ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّٰهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَمَرُواْ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَنَهَوۡاْ عَنِ ٱلۡمُنكَرِۗ وَلِلَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلۡأُمُورِ﴾

«Ularni (ya’ni musulmonlarni) agar Biz yer yuziga g‘olib qilsak – ular namozni barpo qiladilar, zakotni ado etadilar, ma’rufga buyurib, munkardan qaytaradilar. (Barcha) ishlarning oqibati Allohning (izmidadir)» [Haj 41]

Hizb ut-Tahrirning

Iordaniya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.