G‘azo yolg‘iz qoldimi?!

41
0

Matbuot bayonoti

G‘azo yolg‘iz qoldimi?!

Qirg‘in, vayronagarchilik va qamal G‘azoda oddiy ko‘rinishga aylanib qoldi. Lekin yaqindan beri, u yerdagi fojia ommaviy axborot vositalari va Ummatning ko‘z-o‘ngidan uzoqlashtirilmoqda. Shomda ham xuddi shunday holat bo‘lib, yahudiy vujudi u yerdagi qolgan qurol-yarog‘larni bombardimon qilmoqda. Bu qurollarning Allohning dinini ulug‘laydigan, Quddusni ozod etishni maqsad qilgan, Alloh uchun va Allohning yo‘lida G‘azo ahliga yordam beradigan bir boshqaruvning nazorati ostiga tushib qolishidan qo‘rqqani uchun ham shunday qilyapti.

Sahna ortida Falastin ma’muriyati va uning xavfsizlik idoralari yahudiy vujudining quroli sifatida harakat qilyapti. Ular mujohidlarni quvg‘in qilmoqda. Snayperlarni joylashtirib, xuddi yahudiy vujudi kabi, xuddi Shomdagi Bashar va uning qaroqchilari kabi sovuqqonlik bilan ularni o‘ldirmoqda.

Shom ahlining tog‘utdan qutulganiga har bir musulmon xursand bo‘layotgani kabi, G‘azo ahli va butun falastinliklar ham xursand bo‘lyapti. Biroq yahudiy vujudi armiyasi ularga bu quvonchni his qilishlari uchun bo‘sh joy ham qoldirgani yo‘q. G‘azo ahli zulmning qora bulutlari ostida nafassiz bo‘g‘ilib qolgan. Uyda qolsalar, bombalanishyapti, tashqariga chiqsalar, o‘qqa tutilishyapti, shifoxonadan boshpana topsalar, o‘ldirilmoqdalar. Bu qonxo‘r vujud ularni chor atrofdan siquvga olib, malay hukmdorlar yordamida qamalni kuchaytiryapti. Xoin malaylarning bu yordami eng yumshoq holatda sukut saqlash va odamlar ovozini o‘chirish bilan chegaralangan bo‘lsa, eng yomon ko‘rinishi esa G‘azodagi genotsidni davom ettirishi uchun dushmanga qurol va o‘q-dorilar yetkazib berish sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Shom ahlining sevinchi Suriya va Jo‘lon alamlari, G‘azo qirg‘ini va Falastin asirligi sababli yarimta qolmoqda. Muborak zamin yolg‘iz, kimsasiz, o‘lik va bosqinchilik ostida qolar ekan, bu quvonch doim yarimta qoladi. Zero, Baytulmaqdis Shomning gavhari va tojidir, Nabiy ﷺ Isroga ko‘tarilgan joydir. Toji asirlikda ekan, G‘azo qon yig‘lar ekan, Shomda haqiqiy sevinchni qanday his qilish mumkin?!

Ey Shom ahli, uning mujohid va qahramonlari!

Rosulingiz ﷺning Isro maskani atigi bir chaqirim narida. Falastin ahli sizdan ko‘p yaxshilik kutmoqda. Nega ham kutmasin, axir, ular sizning ahlingiz va birodarlaringizdir. Yarangiz bitmagan bo‘lsa-da, bu birodarlaringiz sizni shimoliy frontni ochishga chaqirmoqda! Misr qo‘shinlari ham – xuddi siz o‘z tog‘utingizni ag‘darganingiz kabi – o‘z tog‘utlariga qarshi qo‘zg‘alishlari ortidan janubiy jabhani ochishlari kerak. Iordaniya qo‘shinlari esa u yerda ingliz malayini ag‘dargandan keyin, sharqiy frontdan hujumga o‘tishlari kerak. Ummat yahudiy vujudini har tomondan o‘rab olib, g‘arb tomonda dengizga cho‘ktirishi, Allohning izni ila uning oxiri sizning qo‘lingizda bo‘lishi lozim.

Bu sizlar uchun bir chaqiriqdirki, toki Shom va Misr Xittin va Ayn Jolutdagi kabi yana ozodlik mash’ali va avangardiga aylansin. O‘sha kunda butun Falastin, Shom va Misr ahli, hatto butun Islom Ummati shodlanadi. Bundan boshqa har qanday g‘alaba noqis g‘alaba bo‘lib, xoinlarning tuzog‘i uni shodlikdan g‘am va alamga aylantirib, Falastin va G‘azo yolg‘izlikda qolaveradi.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تَنصُرُواْ ٱللَّهَ يَنصُرۡكُمۡ وَيُثَبِّتۡ أَقۡدَامَكُمۡ﴾

«Ey mo‘minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar, U ham sizga nusrat-yordam berur va (jang maydonida) qadamlaringizni sobit-barqaror qilur»                                                                                                [Muhammad 7]

Hizb ut-Tahrirning muborak

Falastin zaminidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.