Barcha musulmonlarga, xususan Shom ahliga Nido

12
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Barcha musulmonlarga, xususan Shom ahliga Nido

Allohga hamdlar, Rosulullohga va U kishining oli baytiga, sahobalariga hamda U zotni do‘st tutganlarga salotu salomlar bo‘lsin…

O‘zingizga yaxshi ma’lumki, Shomdagi hodisalar tezlashib ketdi. Shom tog‘uti Basharning qismati 2024 yil 8 dekabrda haydalish va qochib qolish bo‘ldi. U tug‘yonga ketib, yerning ustiyu ostida qanchalar haddidan oshganiga, mahbuslar ustida qanday jinoyatlar sodir qilganligiga guvoh bo‘ldingiz. Bu jinoyatlar dahshatidan peshonalar qora terga botadi va hatto yirtqich hayvonlar ham bunday vahshiylikni qilmaydi… Odamlar bu tog‘utning qulashi sababli shaharlarda, qishloqlarda, yo‘llarda buni Alloh Taoloning bergan g‘alabasi sifatida nishonlab, U zotga hamd aytgan hollarida qanday tantana qilganlarini ko‘rdingiz.

Shundan keyin Amerika va unga ergashib Turkiya arab hukmdorlarini Aqabada to‘plaganini, Suriyada yangi boshqaruv qanday bo‘lishini muhokama qilganini ham eshitdingiz, guvohi bo‘ldingiz: (Shanba kuni, Iordaniyaning Aqaba shahrida arab davlatlari vazirlari aloqalar qo‘mitasi a’zolari, Turkiya, Qo‘shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi oliy vakilasi va BMTning Suriya bo‘yicha vakili ishtirokida Suriyadagi voqealar rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bayonotda quyidagilar kelgan: (Uchrashuvlarda «Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyutsiyasiga muvofiq o‘tish davri amaliyotiga erishish uchun» siyosiy protsessni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari Suriya rahbariyati bilan muhokama qilindi). BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersen Aqaba uchrashuvi chog‘ida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashib, «Suriyadagi barcha toifa-qatlamlarni birlashtiruvchi haqiqiy va keng qamrovli siyosiy yo‘nalishni ko‘rishimiz muhimdir», dedi. Al-Jazira, 2024 yil 14 dekabr)… Shundan keyin «Turkiya» rasmiy gazetasi yozdi: (Erdo‘g‘an kelgusi ikki hafta ichida Damashqqa «tarixiy» safar qilishi mumkin. U jurnalistlarga bergan intervyusida, mamlakati «Suriyaning yangi administratsiyasiga davlat strukturasini qurishda yordam berajagini» ta’kidlagan. U qo‘shimcha qilib, Jo‘loniy boshchiligida yangi Suriya administratsiyasi tashkil etilishi ikki tomon o‘rtasidagi aloqalarni yangi darajaga ko‘tarishini umid qilayotganini ham aytib o‘tgan. Sky News Arabia, 2024 yil 20 dekabr).

Shundan keyin Amerika va Yevropa delegatsiyalari Suriyaning yangi rahbariyati bilan uchrashib, vaziyatni o‘zlari istayotgan shaklda tartiblashtirish uchun birin-ketin kela boshladi. Bularning eng oxirgisi 2024 yil 20 dekabr, juma kuni kelgan Amerika delegatsiyasi bo‘ldi. Uchrashuv so‘nggida Suriyadagi harbiy amaliyotlar qo‘mondonligi o‘zining yetakchisi Ahmad ash-Shar’aning AQSH davlat departamenti vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida gaplashgan masalalarning eng ko‘zga ko‘ringanlari borasida bayonot chiqardi va unda quyidalar kelgan: (Amerika tomoni Suriya xalqi va uning yangi administratsiyasini qo‘llab-quvvatlashini va Suriya shimoliy sharqiy mintaqasi kabi hal qilinmagan masalalar va ulkan tahdidlarga qarshi kurashishda u bilan yonma-yon turishini ta’kidladi». Delegatsiya, shuningdek, Suriyaning yangi administratsiyasi tomonidan e’lon qilingan qadamlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bayonotda quyidagilar ham kelgan: «… O‘z navbatida, delegatsiya yangi administratsiyaga mahbuslarni, jumladan, Amerika fuqarosi Trevisni ozod qilishdagi harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi». Bayonot davomida quyidagilar ham bor: «… O‘z navbatida, Suriya tomoni ham delegatsiya missiyasini olqishlashini bildirib, Suriya xalqi barcha sohalarda oyoqqa turib, tiklanishi uchun ulkan qo‘llab-quvvatlovga ehtiyoji borligini ochiqlar ekan, unga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi va Suriyani yakkalanib qolish holatiga tushishiga yo‘l qo‘ymay, Suriya xalqining mintaqadagi barcha davlatlar va taraflarga nisbatan bir xil masofada turishiga ishora qilib o‘tdi»… Arabic RT – Arab olami yangiliklari, 2024 yil 20 dekabr).

Sizlar, yahudiy armiyasi Jo‘lon tepaligi qishloqlari va Qunaytaraga qanday bostirib kirgani, 600ga yaqin bosqinchilik hujumlarini uyushtirganiga guvoh bo‘ldingiz va eshitdingiz. Bu hujumlarda Suriya armiyasi pozitsiyalari, ayniqsa, harbiy havo kuchlari bazalari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari nishonga olindi. Sky News Arabia veb-sayti 2024 yil 19 dekabrda tarqatgan xabarga ko‘ra, bu hujumlar hozirgi davrda harbiy potensial va qurol-aslahalarni yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazilgan eng ulkan operatsiya bo‘ldi. Yahudiy armiyasining hujumlari qurolsizlantirilgan mintaqa ichkarisida ham davom etib, Jabali Shayxgacha yetib bordi: (Isroil kuchlari Suriya bilan bosib olingan Jo‘lon tepaligi o‘rtasidagi qurolsizlantirilgan zonaga bostirib kirgan paytida Jabali Shayxni ham bosib oldi…». Al-Jazira, 2024 yil 18 dekabr). Shunday qilib, yahudiy vujudi Suriyaning yangi hukmdorlari, arab hukmdorlari va musulmonlar yurtlaridagi hukmdorlar ko‘z o‘ngida Suriyadagi harbiy, xavfsizlik va ilmiy inshootlarga qarata yuzlab hujumlarni amalga oshirdi… Shunga qaramay, ular go‘yo bu ishning ularga zarracha ahamiyati yo‘qdek, qimirlab ham qo‘yishmadi! Eng mudhish va alamlisi shuki, Suriyadagi yangi administratsiya bularning barchasiga qaramay, yahudiy vujudi bilan ham, Amerika va Yevropa bilan ham konfrontatsiyaga kirishish niyatida emasligini, tinchlikni va ustilaridagi sanksiyalarni olib tashlanishini, tiklanish va obodonlashtirishda o‘zlariga yordam berishlarini istashini bildirdi… Bular xoru zorlikka o‘xshash talablardir:

Sharqul Avsat 2024 yil 15 dekabrda o‘z saytida quyidagi xabarni nashr qildi: (… Ahmad ash-Shar’a shanba kuni, «Isroil» o‘zining Suriyaga qilayotgan hujumlarini oqlash uchun bo‘lmag‘ur bahonalardan foydalanayotganini aytdi. Lekin u izoh berib, o‘zining yangi konfrontatsiyalarga kirishdan manfaatdor emasligini, chunki mamlakat Bashar Asad davri tugaganidan keyin butun e’tiborini vayron bo‘lgan binolar va shaharlarni qayta tiklashga qaratayotganini aytdi… U «ko‘zda tutilmagan har qanday harbiy avantyuralardan yiroq holdagi» diplomatik yechimlar tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning yagona yo‘li ekanini ta’kidladi). Al-Jazira Nyu York Taymsdan olib quyidagi xabarni tarqatdi: (Ash-Shar’a Qo‘shma Shtatlar kabi hukumatlarni Hay’ati Tahrirush Shomni terrorchi guruhlar ro‘yxatidan chiqarishga chaqirdi. U suriyaliklar mamlakatni qayta tiklashlari uchun barcha sanksiyalarni olib tashlashni ham talab qildi… Al-Jazira, 2024 yil 17 dekabr).

Ey musulmonlar, xususan Shom ahli! Jo‘loniy yetakchiligidagi Suriyadagi yangi rejim Amerika orbitasida aylanadigan Turkiya rejimi bilan chambarchas bog‘liqdir… Bu rejim sekulyar tuzumni tatbiq qilish, Xalifalikka va uni tiklashga chaqirayotganlarga qarshi kurashish, boshqalarni qamoqlardan chiqarsa-da, Yer yuzida Allohning hukmi bo‘lgan roshid Xalifalikni qayta tiklashga harakat qilayotgan Hizb ut-Tahrir a’zolarini qamoqlarga tashlash orqali Amerikani rozi qilaman, deb o‘ylayotgan bo‘lsa, Amerika va G‘arb mustamlakachilarini ularning Xalifalik va uning ahliga qarshi olib borayotgan urushlarida (hamkor bo‘lib) rozi qilishni o‘ylayotgan bo‘lsa, bu narsa o‘z mansab kursisini saqlab qoladi, deb o‘ylayotgan bo‘lsa, xomxayol qilibdi. Chunki mustamlakachilar bu rejimdan qachonki ularga muntazam xizmat qilsagina rozi bo‘ladi, xolos. Rosululloh ﷺ bunday xomxayol sohibining ziyonga uchrashi haqida bizga xabar berganlar. Ibn Hibbon o‘zining sahihida Qosimdan, u esa ummul mo‘minin Oisha roziyallohu anhodan chiqargan hadisda Rosululloh ﷺ shunday dedilar:

«مَنْ أَرْضَى اللهَ بِسَخَطِ النَّاسِ كَفَاهُ اللهُ، وَمَنْ أَسْخَطَ اللهَ بِرِضَا النَّاسِ وَكَلَهُ اللهُ إِلَى النَّاسِ»

«Kimki odamlarni g‘azablantirib, Allohni rozi qilsa, Alloh unga (yordam berish borasida) kifoya qiladi. Kimki odamlarni rozi qilib, Allohni g‘azablantirsa, Alloh uni o‘sha odamlarga topshirib qo‘yadi».

Mustamlakachi kofirlarni rozi qilish uchun ularga tobe bo‘lgan va ularning etagini tutgan kimsalarning oqibatiga nazar tashlagan kishi, ularning bu ahvolida o‘zining oqibatini ko‘radi:

﴿إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَذِكۡرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلۡبٌ أَوۡ أَلۡقَى ٱلسَّمۡعَ وَهُوَ شَهِيدٞ﴾

«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan xolda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir»                [Qof 37]

Ey musulmonlar, xususan Shom ahli! Alloh Subhanahu farz qilgan, Rosululloh ﷺ va roshid xalifalar tatbiq qilgan yagona nizom – Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarishdir. U sof va toza boshqaruv bo‘lib, unga birorta boshqa narsa aralashmaydi, unga birorta boshqa tuzum qorishib ketmaydi. Demak, u yaxshilik bilan yomonlikni qorishtirib tashlaydigan, Islomdan bir qismini va sekulyarizmdan bir qismini olib tatbiq qiladigan boshqaruv bo‘lmaydi. Aksincha, u – undan bir qism, bundan bir qism olmaydigan – Roshid Xalifalik nizomi bilan boshqarish bo‘ladi.

﴿وَأَنِ ٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ وَٱحۡذَرۡهُمۡ أَن يَفۡتِنُوكَ عَنۢ بَعۡضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيۡكَۖ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَٱعۡلَمۡ أَنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعۡضِ ذُنُوبِهِمۡۗ﴾

«(Ey Muhammad), ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling! Agar (sizning hukmingizdan) yuz o‘girsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat yetkazishni istamoqda»                                                    [Moida 49]

Sizlar ulkan qurbonlar berdingiz, ozoru aziyatlarga uchradingiz, ko‘pchiligingiz shahid bo‘ldi va ko‘pchiligingiz jarohat oldi. Shuning uchun bu qurbonliklar yer yuzida Allohning boshqaruvi bo‘lmish roshid Xalifalikni tiklash uchun bo‘lmog‘i vojibdir. Bu qurbonliklar bir sekulyar rejimni nomigagina o‘zgartirib, o‘rniga boshqasini almashtirib qo‘yish uchun bo‘lmasligi lozim. Bu o‘rinda nom va nomlanuvchi o‘rtasidagi farqning umuman ahamiyati yo‘q! Qachonki, Allohning boshqaruvi o‘rnatilsa, ana o‘shandagina sizlar bergan qurbonliklar Shomni yorituvchi nur bo‘ladi. Ammo bu qurbonliklar sizlarning bir sekulyar tuzum o‘rniga boshqa bir sekulyar tuzumni olib kelishga erishishingiz uchun bo‘ladigan bo‘lsa, u holda sizlar xuddi o‘zi pishiq qilib to‘qigan narsasini yana qayta buzib-chuvatib tashlagan xotinga o‘xshab qolasizlar.

﴿وَلَا تَكُونُواْ كَٱلَّتِي نَقَضَتۡ غَزۡلَهَا مِنۢ بَعۡدِ قُوَّةٍ أَنكَٰثٗا﴾

«Va sizlar xuddi o‘zi to‘qigan narsasini pishiq-puxta bo‘lganidan so‘ng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotinga o‘xshab qolmangiz!»                        [Nahl 92]

Ey musulmonlar, xususan Shom ahli! Hizb ut-Tahrir o‘z ahlini aslo aldamaydigan yetakchidir. U sizlarni insonlarning shaytonlari changalidan ogoh bo‘lishga chaqiradi. Ular sizlarning qonlaringizni behudaga zoye qilib yubormoqchi. Natijada sizlar sof va toza yaxshilikka, Alloh nozil qilgan qonunlar bilan hukm yuritishga yetisholmay qolasizlar. Aksincha, yana bir sekulyar boshqaruvga erishasizlar, uning nomi o‘zgargan bo‘ladi, xolos. Oqibatda sizlar, kofir ming bor hisoblashadigan bir butun Ummat bo‘lish o‘rniga, yana o‘sha mustamlakachi kofirlarga va ularning malaylariga tobe bo‘lib qolaverasizlar. Bu esa shunday jinoyatki, uning oqibati – Alloh asrasin – dunyodagi xorlik va oxiratdagi azobdan boshqa emasdir.

﴿سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجۡرَمُواْ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٞ شَدِيدُۢ بِمَا كَانُواْ يَمۡكُرُونَ﴾

«Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir»                                            [An’om 124]

Shunday ekan, bergan qurbonliklaringiz behudaga zoye bo‘lib ketmasligi uchun bor kuchingizni sarflang. Xususan, Shom – Rosululloh ﷺ bizga bashorat xabarini berganlaridek – Islom uqri (asl markazi) bo‘lmog‘i vojibdir. Rosululloh ﷺ Tabaroniy Mo‘jamul Kabirda Salama ibn Nufayldan naql qilgan hadisda shunday dedilar:

«عُقْرُ دَارِ الْإِسْلَامِ بِالشَّامِ»

«Islom diyorining markazi Shomda bo‘ladi».

Shunday ekan, mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari xohlayotgan buzuq sekulyar siyosiy yechimlarni barbod qilish uchun bor kuchingizni sarflang. Toki, ana shu hodisalarda bergan qurbonliklaringiz zoye ketmasin! Islomdagi boshqaruv nizomi bo‘lmish roshid Xalifalikni barpo qilish uchun faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam bering. Shunda Allohning izni ila ulug‘ ajr va buyuk zafarga erishib, ushbu sevinchli bashoratga haqli bo‘lgan zotlar jumlasidan bo‘lasiz.

﴿نَصۡرٞ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتۡحٞ قَرِيبٞۗ وَبَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ﴾

«U Alloh tomonidan bo‘lgan nusrat va yaqin(da ro‘y berguvchi) fathdir. (Ey Muhammad), mo‘minlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing!»                             [Sof 13]

Hizb ut-Tahrir                                                                      19 jumoduloxir 1446h

                                                                                                          21 dekabr 2024m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.