Matbuot bayonoti
G‘azo Ummat va uning armiyalari masalasidir
AQSH markaziy qo‘mondonligi malaylarining masalasi emas
2024 yil 15 noyabrda armiya bosh shtab boshlig‘i general Osim Munir G‘azo qirg‘ini haqida so‘z yuritib, Pokiston hech qanday «xalqaro mojaro»ning bir qismi bo‘lmasligini qat’iy ta’kidladi. Shubhasiz, G‘azo Ummat va uning armiyalari masalasidir, AQSH markaziy qo‘mondonligi malaylarining masalasi emas. Bosh shtab boshligi 2023 yil dekabrda AQSHga qilgan safari chog‘ida G‘azoga oid batafsil buyruqlarni olib kelgan edi. General Osim Munir Amerikadan olgan ko‘rsatmalariga amal qilib, Ummat va qurolli kuchlarning bosimiga qaramay, Pokiston qurolli kuchlarining G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun harakatga kelishiga to‘sqinlik qilib kelmoqda. Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:
«إنَّما الإمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِن ورَائِهِ ويُتَّقَى به»
«Albatta, imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi».
Ey Pokistondagi musulmonlar va qurolli kuchlari!
Harbiy qo‘mondonlik xalqaro mojarolarda aslo qatnashmasligini e’lon qildi. U holda, muborak Falastin zaminining katta qismini yahudiy vujudiga topshirgan Amerikaning ikki davlat yechimini qaysi asosga ko‘ra himoya qilyapti?! Yahudiy vujudining ta’minot zanjirini yamanlik mujohidlar hujumidan himoya qilish uchun Pokiston dengiz kuchlarini qaysi asosga ko‘ra safarbar qildi?!
Agar harbiy qo‘mondonlik xalqaro mojarolardan uzoq turishni da’vo qilsa, u holda, nega Pokistonda G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun bayroqlar ko‘tarilishini taqiqlayapti? G‘azodagi mazlumlar uchun namoyishlar o‘tkazgan musulmonlar nega qamalyapti?! G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘rnatgan chodirlari nega shafqatsizlarcha buzib tashlanib, ularga nisbatan sud ishi qo‘zg‘atilmoqda?! Hech shubha yo‘qki, Pokiston harbiy qo‘mondonligi ayni xalqaro mojarolarda qatnashib kelmoqda. U yahudiylar, amerikaliklar va salibchilar tomonida turibdi! Ichki jihatdan esa, qo‘mondonlik musulmonlardan va ularning qurolli kuchlaridan qo‘rqyapti, binobarin, hukmdorlardan shar’an hisob so‘rashlariga to‘sqinlik qilmoqda.
Ey Pokistondagi qurolli kuchlar!
Harbiy qo‘mondonligingiz musulmonlarni, Aqso masjidini va Falastindagi muborak zaminni himoya qilishdan ochiqchasiga bosh tortdi. Siz harakatga kelish uchun harbiy qo‘mondonlikdan buyruq kutayotganingizni da’vo qila olmaysiz. Chunki u hargiz bunday buyruq bermaydi. Shunday ekan, mazlumlarga nusrat berishdek o‘z shar’iy burchingizni ado etish uchun sizga to‘sqinlik qilayotgan mana shu harbiy qo‘mondonlikni olib tashlashdan boshqa yana qanday yo‘l bo‘lishi mumkin?! Alloh Taolo aytadi:
﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهۡلُهَا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّٗا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا﴾
«(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Rabbano, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!» [Niso 75]
Hizb ut-Tahrir G‘azoda ilk urush boshlangan kundan beri sizga murojaat qilib kelmoqda. Oylar o‘tgani sayin, sizga harbiy rahbariyatingizning Amerikaga malay ekanligi ravshan bo‘lib bormoqda. Shuning uchun, keling, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam bering. Xalifalik, shubhasiz, Ummatning ayni vaziyatni butkul o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan birdan-bir siyosiy loyihasidir. Zero, u avval sizga nusrat-yordam berib, so‘ng yana da’vat va jihodni boshlaydi. Ana shunda roshid xalifa Alloh yo‘lida jihod qilishda sizga qo‘mondonlik qilib, Amerikaning dunyodagi hukmronligi va nufuzini yo‘q qiladi.
Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi
matbuot bo‘limi