Uni ildizi bilan qo‘porib tashlash va Islomga nusrat berish uchun armiyalar qachon harakatga keladi?!

10
0

Matbuot bayonoti

Bu la’nati vujud musulmonlarni qatli om qilmoqda

Uni ildizi bilan qo‘porib tashlash va Islomga nusrat berish uchun armiyalar qachon harakatga keladi?!

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2024 yil 20 noyabrda G‘azo sektori shimolidagi Bayti Lahiya shahri kasalxonasi yaqinidagi turar-joy mahallasi bosqinchilar tomonidan nishonga olingan. Oqibatda 70 nafar inson shahid bo‘ldi, 100dan ortig‘i yaralandi. Shuningdek, chorshanba kuni kechqurun Livan sog‘liqni saqlash vazirligi bunday xabar berdi: «Seshanba kuni dushman (Isroil) Livanga havo hujumi uyushtirishi oqibatida 14 kishi shahid bo‘ldi, 87 kishi jarohatlandi». Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yahudiy vujudi Livanga bosqinchilik harakati boshlaganidan beri qurbonlar soni bugungi qurbonlar soni bilan qo‘shganda 3558 nafarga yetib, 15 ming 123 kishi yarador bo‘ldi. Bundan shahid ayollar va bolalar soni 902 nafarni, jarohatlanganlari 4008 nafarni tashkil qildi. «Sana» axborot agentligiga ko‘ra, chorshanba kuni yahudiy havo kuchlari tomonidan Suriyaning markaziy qismidagi Tadmir (Palmir) shahriga berilgan zarbada 36 kishi shahid bo‘ldi, 50 dan ziyodi yaralandi.

G‘azodan to Livan va Suriyagacha shahidlar soni ortib bormoqda. O‘z navbatida, bu nafaqat ushbu yurtlar, balki barcha islomiy yurtlarning dushmani bitta ekanini ko‘rsatib turibdi. Yirik sondagi shahid bo‘lgan ayollar, bolalar va tinch aholiga qarshi dahshatli genotsid davom etar ekan, buni butun dunyo barcha qadriyatdan xoli jirkanchli va halokatli sukut bilan kuzatmoqda. Fuqaro mudofaa guruhlari shiddatli bombardimon oqibatida xarobalar ostida qolgan shahidlar va yaradorlarga yetib bora olmayapti. Terrorist vujud hamon qirg‘in ketidan qirg‘in sodir etib, mahallalar, maktablar, bozorlar va kasalxonalarni nishonga olish bilan ko‘proq begunoh insonlarni o‘ldirishga harakat qilyapti, buning oldida hech qanday qarshilikka uchramayapti. Mana, G‘azoga qarshi urushga to‘rt yuz o‘n ikki kun bo‘lganda, yana erta tongda qirg‘in sodir etdi. Buning oqibatida aksari ayollar va bolalardan iborat 66 inson shahid bo‘ldi.

Nahotki, bu qirg‘inlar Ummat qo‘shinlarining sha’nini, bu yerda va boshqa joylarda musulmonlarning to‘kilayotgan qonlariga nisbatan g‘ururini qo‘zg‘atmagan bo‘lsa?! Ayollar nolalari, go‘daklar yig‘isi va yordam so‘rab qilingan faryodlarni nega hech kim eshitmayaptimi?! Ajabo, Alloh insonlar orasidan eng yaxshi Ummat sifatida saralab olgan bu Ummat shunday xorlik va xo‘rlikka rozi bo‘ladimi?!

Ey musulmon qo‘shinlar!

Aka-ukalaringiz, o‘g‘lonlaringiz va ayollaringiz boshdan kechirayotgan bu hodisalar qarshisida nega jimsiz?! Shunday razolatga rozimisiz, bu iflos vujudning hurmatlar va muqaddasotlarni oyoq osti qilishini, Ummatingiz badanlarini tilka-pora qilishini qabul qilasizmi?!

Ey Ummat ulamolari, ey anbiyolar merosxo‘rlari!

Ummatingiz duch kelayotgan bu hodisalarga qachongacha jim turasiz?! Bu sukut va qo‘rqoqlikdan oringiz kelmayaptimi?! Birodarlaringizni yordamsiz qo‘yganingiz uchun Alloh sizdan albatta hisob so‘rashini unutdingizmi yoki o‘zingizni unutganga solyapsizmi?! Yahudiylar sodir etayotgan genotsid hatto musulmon bo‘lmagan olimlarni ham harakatga keltirdi. Siz esa nega qimirlamayapsiz?!  Italiyalik genetik olim Paola Manduka boshchiligidagi 15 nafar tibbiyot mutaxassislari guruhi qonxo‘r vujud tomonidan bir yildan ziyod vaqtdan beri sodir etilayotgan genotsidga nisbatan sukut devorini buzish uchun «G‘azo genotsidini qoralang va zarur choralar ko‘ring», deb nomlangan shoshilinch murojaat bilan chiqdi. Guruh «Bu holat qarshisida sukut saqlashni tanlagan sog‘liqni saqlash muassasalari G‘azoda sodir etilgan jinoyatlarga sherik bo‘ladi», deya ta’kidladi.

Ey Ummat olimlari, siz qayerdasiz?! Siz Ummatni uning tanasidagi bu xatarli o‘simtani tag-tomiri bilan olib tashlab, uning avvalgi sog‘ligini tiklaydigan va nihoyat insoniyat uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat holiga qaytaradigan yechimga yetaklashda peshqadamlik ko‘rsatishingiz kerak emasmi?! Soqov shaytonlar bo‘lib qolishga rozi bo‘lasizmi?! Bu xorlik g‘uborini egningizdan qoqib tashlab, har yonda haq so‘z aytilishiga harakat qiling, armiyalardagi o‘g‘lonlaringizga o‘z dinlari va Ummatlari oldidagi burchlarini eslating, toki bu yo‘lda ortga chekinadiganlardan emas, oldinga intiladiganlardan bo‘lsinlar.

Vaziyat juda jiddiy. Bu terroristik vujud hargiz qoralashlar, namoyishlar va gumanitar yordamlar bilan to‘xtamaydi. Buning uchun qo‘shinlar kazarmalaridan chiqib, malay hukmdorlarni taxtidan ag‘darishi va o‘zini yengilmas sanayotgan yahudiy qo‘shinlari bilan yuzma-yuz kelishi shart. Holbuki, uning qo‘rqoq va nomard ekanini, bir guruh mujohidlar qarshisiga chiqishdan qo‘rqqanini butun dunyo ko‘rdi. Shunday bo‘lgach, bitta bayroq ostida unga qarshi urush boshlaydigan armiya qarshisida qay ahvolga tushishi mumkin?!

Ey Ummat ulamolari va qo‘shinlari, ey uning xolis farzandlari!

Alloh Taolo O‘z nusratini va yer yuzida g‘olib-mustahkam qilishni va’da bergan. Bas, Parvardigoringiz bu ishga munosib ko‘rganlardan bo‘ling. Toki, shu orqali dunyo va oxirat ne’matiga erishib, Islom va musulmonlar ulug‘vorligiga guvoh bo‘lasiz.

﴿مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلۡعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلۡعِزَّةُ جَمِيعًاۚ إِلَيۡهِ يَصۡعَدُ ٱلۡكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلۡعَمَلُ ٱلصَّٰلِحُ يَرۡفَعُهُۥۚ وَٱلَّذِينَ يَمۡكُرُونَ ٱلسَّيِّ‍َٔاتِ لَهُمۡ عَذَابٞ شَدِيدٞۖ وَمَكۡرُ أُوْلَٰٓئِكَ هُوَ يَبُورُ﴾

«Kim kuch-qudrat istasa, bas, barcha kuch-qudrat Allohnikidir. (Har bir) go‘zal so‘z Unga yuksalur va solih amalni ham (Alloh O‘z dargohiga) ko‘tarur. Yomon makr-hiylalar qiladigan kimsalar uchun esa qattiq azob bor va ularning makrlari ham behuda ketur»                                           [Fotir 10]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.