Britaniya nima uchun Qirg‘izistonga 1,8 mlrd funt sterling bermoqda?

14
0

Britaniya nima uchun Qirg‘izistonga 1,8 mlrd funt sterling bermoqda?

Britaniya hukumati Qirg‘izistonga 1,8 milliard funt sterling ajratadi. Bu haqda Britaniyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi 12 dekabr kuni ma’lum qildi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, mablag‘lar raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan turli loyihalarni amalga oshirishga sarflanadi. Asosiy sharti shuki, loyihaning umumiy qiymatining 20 foizi Britaniya tovarlari yoki xizmatlaridan iborat bo‘lishi kerak.

“Buyuk Britaniya tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohasi, qurilish, temir yo‘l va muhandislik texnologiyalari va kreativ sohalarda hamkorlikni taklif qilmoqda. Britaniya kompaniyalari UKEF agentligi yordamida Qirg‘izistonga ilg‘or texnologiyalarni arzon va xavfsiz olib kelish imkoniyatiga ega. Shu bois bu ikki davlatning savdo aloqalarida burilish nuqtasi bo‘ladi degan umiddaman”, — dedi Britaniyaning Qirg‘izistondagi elchisi Nikolas Bouler.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya Qirg‘izistondan asosan oltin sotib oladi. Joriy yilning o‘n oyida 870 million dollarga 11 tonna oltin sotib oldi.

Avvalroq Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Bishkekka kelib, ikki davlat o‘rtasida 2026 yilgacha bo‘lgan hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi. Undan avval esa Vazirlar Mahkamasining Raisi Akilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya Londonga borib, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron va Britaniya parlamenti a’zolari hamda ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda bir qator bitimlar, jumladan Britaniya savdo vaziri Nusrat G‘ani bilan Qirg‘iziston-Britaniya ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda xalqaro vaziyat beqarorlashib borayotgan bir paytda Britaniya Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan Qirg‘izistonda ham o‘z ta’sirini kengaytirishga harakat qilmoqda. Devid Kemeronning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrifini bu harakatning boshlanishi sifatida keltirish mumkin. Qolaversa, Britaniya kadrlarining Qirg‘izistonda soni ortib borayotgani va ularning bir qismi prezidentlik saylovlarida ishtirok etib, parlamentdan o‘rin olgani ham sir emas.

Qirg‘iziston va Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik iqtisodiy jihatdan ham rivojlanib borayotgani ko‘zga tashlana boshladi. Misol uchun, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilga nisbatan 4 barobar oshib, 70 million dollarga yetdi. Yuqoridagi kelishuvlardan keyin bu hajm yana bir necha barobar ortishi kutilmoqda. Xususan, Britaniya Qirg‘izistonda mavjud quyoshdan energiya olish uchun zarur bo‘lgan mineral resurslarga qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda mehnat muhojirlarini jalb qilish orqali iqtisodiy ta’sirini oshirishga ham harakat qilmoqda.

Saqofiy jihatdan “Bi-Bi-Si” ommaviy axborot vositasi va qator loyihalar Britaniya manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Masalan, ingliz tilini o‘qitish metodikasi hamda ingliz ta’lim tizimini mamlakatimizga olib kirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalarni o‘qitish, tajriba almashish bahonasida o‘z kadrlarini tayyorlash kabi maqsadlari ham shular jumlasidan. Hozircha mamlakatda Britaniya ta’siri zaif bo‘lsa-da, ammo iqtisodiy jihatdan kirib kelish va ta’sirini kengaytirishga kuchli urinish mavjud.

Bundan tashqari, joriy yilda Britaniya hukumati Markaziy Osiyo davlatlari bilan C5+1 sammitini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Zero, Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning kuchayib borayotganidan G‘arb davlatlari ham xavotirda ekani shubhasiz. Shu bois mintaqaning butunlay Xitoy ta’siriga tushib qolmasligi uchun Britaniya ham mintaqaga yirik kapitallarni kiritishga harakat qilmoqda.

Ma’lumki, kapitalizm bilan hukmronlik qilayotgan dunyo imperialistlari qaysi yerda bo‘shliq paydo bo‘lsa o‘sha joyga, xuddi suyak izlab yurgan och itlar kabi yetib kelishadi. Bugungi kunda bunday bo‘shliq Markaziy Osiyoda kuzatilayotgani hamda bu mintaqaning strategik ahamiyati imperialistlarni mintaqada o‘z ta’sirini kengaytirishga undamoqda.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Qirg‘iziston hukumati tashqi siyosatda moslashuvchan siyosat olib borayotgani bois, garchi asosiy e’tibor Xitoy va Rossiyaga qaratilgan bo‘lsa-da, G‘arb davlatlari, jumladan, Britaniya bilan hamkorlikni kuchaytirishga qarshi emas. Yuqoridagi kelishuvlar, savdo aloqalarining mustahkamlangani va Britaniyaning mamlakatga 1,8 mlrd. funt ajratishi ham buni tasdiqlab turibdi. Shuning uchun biz musulmonlar foydaga asoslangan va zulm ustiga qurilgan kapitalistik tuzumdan voz kechib, o‘z Islomimizga yuzlanmagunimizcha, mustamlakachilarning ustimizdagi hukmronligi davom etaveradi. Bu mustamlakachilar o‘nlagan yillardan beri mintaqada qo‘llari qonga botgan holda, o‘zlarini bizga do‘st sifatida ko‘rsatib kelmoqda. Ularning jinoiy faoliyatlari Afg‘oniston, Iroq va Suriyada fosh buldi. Hozirda qonli jinoyatlari G‘azoda davom etmoqda. Shuning uchun bu mustamlakachilardan biz musulmonlar uchun hech qachon yaxshilik kelmaydi. Ularni faqat yer osti va yer usti boyligimiz qiziqtiradi xolos. Alloh Taoloning ushbu so‘zi ularning niyatlarini aniq tasdiqlab turibdi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاء مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ

“Ey mo‘minlar, mo‘minlarni qo‘yib kofirlarni do‘st tutmanglar!” (Niso: 144).

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.