Din to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishdayoq qabul qilindi

71
0

Din to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishdayoq qabul qilindi

10 dekabr kuni Jogorku Keneshning uchta qo‘mitasi “E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq ma’qulladi. Bundan avval Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasi mazkur qonunni birinchi o‘qishda ma’qullagan edi.

Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi direktori Azamat Yusupov yig‘ilishda so‘nggi uch yil davomida Qirg‘izistonda noqonuniy faoliyat yuritayotgan1000dan ortiq masjid aniqlangani va ulardan 120tasi yopilgani haqida ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar qonun loyihasi qabul qilinsa, diniy maskanlarning qurilishi faqat tegishli muassasalar ruxsati bilan mumkin bo‘ladi.

Izoh:

Mazkur qonun loyihasining Islom va musulmonlarga karshiligi Yusupovning so‘zlaridan ham, shuningdek, qonunda ko‘rsatilgan cheklovlardan ham ko‘rinib turibdi. Masalan, qonun qabul qilinsa, turar-joy va noturar joylarga borib Islomga da’vat qilish, xususiy tarzda va diniy maktablardan tashqarida diniy ta’lim berish taqiqlanadi. Bu esa, Musulmonning asosiy mas’uliyati bo‘lgan da’vat ishlariga chek qo‘yish va sovet davridan buyon Islom dinining saqlanib qolinishiga hissa qo‘shgan “hujra” shaklidagi madrasalarning taqiqlanishini anglatadi.

Bundan tashqari, “voiz” atamasi atayin joriy etilib, bu bilan din xodimlarining internet va mintaqalardagi bayonotlarini nazorat qilish va cheklash ko‘zda tutilmoqda. Masalan, tuman masjidi imom-xatibi o‘zi ro‘yxatdan o‘tgan hududdan tashqarida da’vat qilishi yoki diniy faoliyatini amalga oshirishi mumkin emas. Shuningdek, da’vat qilish uchun oliy diniy ma’lumotga ega bo‘lishi va har yili Diniy komissiya ro‘yxatidan o‘tishi kerak. Agar xutbalardan birida hukumat manfaatlariga zid yoki qonunga zid bo‘lgan shar’iy majburiyat haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, Diniy komissiya uning faoliyatini darhol to‘xtatish huquqiga ega. Ro‘yxatdan o‘tmaganlar esa da’vat qilish huquqidan mahrum qilinadi.

Aslida, da’vat qilish, shuningdek yaxshilikka buyurib, yomon ishlardan qaytarish har bir musulmonning zimmasida farzdir. Uni tark qilgan kishi xuddi namozni tark qilgan kishi kabi gunohkor bo‘ladi. Qolaversa, shariatga ko‘ra, o‘zingiz yaxshi bilgan ish borasida siz olim sanalasiz, uni bilmaganlarga yetkazish, o‘rgatish sizning burchinggiz hisoblanadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar:

«… فَرُبَّ حَامِلِ فِقْهٍ غَيْرُ فَقِيهٍ، وَرُبَّ حَامِلِ فِقْهٍ إِلَى مَنْ هُوَ أَفْقَهُ مِنْهُ»

«…ba’zida fiqhni ko‘targan kishi faqih bo‘lmasligi va ba’zida u o‘zidan faqihroq kishiga yetkazishi mumkin».

Shu bois hukumat mazkur qonun loyihasi orqali musulmonlar faoliyatini nazorat qilib, jamiyatga chuqur kirib borayotgan Islomiy da’vatni to‘sishga harakat qilmoqda. Buning yagona sababi diniy sohada qabul qilingan qarorlarning mustamlakachi davlatlar va ularning quroliga aylangan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning bosimi ostida qabul qilinishidir. Binobarin, bugungi kunda qabul qilinayotgan loyiha bo‘yicha, har kim va har bir partiya o‘z imkoniyati va qobiliyatiga ko‘ra Allohning oldida javob beradi. Hokimiyatdagilar esa kofir mustamlakachilarning talablarini mukammal amalga oshirayotgani uchun javob berishadi. Agar majburan qilayotgan bo‘lsa, fosiqlik qilayotgan bo‘ladi. Agar ularning majburlashiga qarshi tursa va bunday munkar ishlarni qilishdan bosh tortsa, katta ajrlarga ega bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, mo‘minlar, ayniqsa, ulamolar bunday munkar qiluvchilarni nahi munkar qilishlari farzdir.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.