Meros

11
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hadisi Sharif bilan

Meros

Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ عَنْ بُدَيْلٍ عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ عَنْ رَاشِدِ بْنِ سَعْدٍ عَنْ أَبِي عَامِرٍ الْهَوْزَنِيِّ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ لُحَيٍّ عَنْ الْمِقْدَامِ
قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَنْ تَرَكَ كَلًّا فَإِلَيَّ وَرُبَّمَا قَالَ إِلَى اللَّهِ وَإِلَى رَسُولِهِ وَمَنْ تَرَكَ مَالًا فَلِوَرَثَتِهِ وَأَنَا وارث مَنْ لَا وارث لَهُ أَعْقِلُ لَهُ وارثهُ وَالْخَالُ وارث مَنْ لَا وارث لَهُ يَعْقِلُ عَنْهُ وَيَرِثُهُ
Hafs ibn Umar roziyallohu anhu Miqdam roziyallohu anhudan “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganligini rivoyat qiladi: “Kimki bu ikkisini qoldirsa, (ya’ni o‘lib, ortida qarzlari va yosh bolalari qolsa) mening zimmamda – ba’zi rivoyatlarda – Alloh va Rasulining zimmasidadir. Kim mol-mulk qoldirsa merosxo‘riga bo‘ladi. Men merosxo‘ri bo‘lmaganning merosxo‘riman, u (jinoyat qilgani uchun fidya to‘lashga giriftor bo‘lsa) uning nomidan xunini men to‘layman va unga merosxo‘r bo‘laman. Tog‘a ham, merosxo‘ri bo‘lmagan kishining merosxo‘ri bo‘lib, uning nomidan xun to‘laydi va meros oladi”, dedilar.
Avnul Ma’budda bunday deyiladi: “كَلًّا”, kalimasidagi “كَ”ning fatha bilan va “لًّا”ning tashdid bilan kelishi og‘ir ahvolni, ya’ni ortida qarz va yetim yosh bolalar qolgan ahvolni anglatadi. Buning ma’nosi “Kim o‘lib, yosh bolalari yetim qolsa, Mendan panoh topadilar, ularga kafil bo‘laman, agar qarzi bo‘lsa, to‘layman”, deganidir.
“Uning nomidan xunini men to‘layman”, ya’ni u iqror bo‘lgan jinoyatlarining xunini men to‘layman.
“Merosxo‘ri bo‘laman”, ya’ni merosxo‘ri yo‘qning merosxo‘ri menman.
Qozi rahimahulloh aytadi: “merosxo‘ri bo‘laman” degani, uning molini Baytulmolga qo‘yishni anglatadi. Chunki u Alloh va Rasuliga tegishlidir.
“Tog‘a ham, merosxo‘ri bo‘lmagan kishining merosxo‘ridir”. Bu faqat qarindoshlari va yaqinlari meros olishi mumkinligidan dalolat beradi.
“Uning nomidan xun to‘laydi”, Ya’ni, singlisining o‘g‘li jinoyat qilsa va xun to‘laydigan yaqin qarindoshlari bo‘lmasa, uning nomidan tog‘asi qarindosh sifatida xun to‘laydi va undan (jiyanidan) meros oladi.
Aziz birodarlar!
Meros mol-mulkka ega bo‘lish sabablaridan biridir. Merosxo‘rlar vafot etgan qarindoshlaridan qolgan mol-mulkka shariat qonunlarida belgilangan ulushlarga haqli bo‘ladilar. Shariat har bir merosxo‘rning ulushini belgilab qo‘ygan. Shuningdek, meros bo‘lib qolgan mol-mulk merosxo‘rlarning ulushlaridan ortiq bo‘lsa, qolgan mol qanday taqsimlanishi kerakligi ham belgilab qo‘ygan.
Meros – bu vafot etgan shaxsning mulkiga merosxo‘rning egalik qilish huquqidir. Bu huquqni faqat shariat ta’qiqlab qo‘yishi mumkin. Bu esa, boylikning mayda-chuydasigacha taqsimlash usulidir. Shuningdek boylik bir hovuch odamlar qo‘lida to‘planib qolmasligi uchun uni jamiyatning qolgan qismiga ham taqsimlash usulidir. Merosni merosxo‘rlarga taqsimlash orqali shaxsning tirikligida to‘plagan mol-mulki faqat uning aka-ukalari qo‘lida qolmasligi uchun mol-mulk barcha merosxo‘rlarga taqsimlanadi. Binobarin, bu mulk jamiyatning keng qatlamlari orasida aylanib, jamiyatning tabaqalarga bo‘linishining oldini oladi. Jamiyatni tartibga solish va korrupsiyaning har qanday yo‘l bilan kirib kelishining oldini olishning eng yaxshi yo‘li Islomdir. Islom merosni shar’iy huquqqa aylantirgani kabi ikki holatda merosxo‘rni bu huquqdan mahrum qiladi:
Birinchisi: dindagi farqlilik.
Nasoiy «Sunanul-kubro»da shunday keltiradi.
عن أسامة بن زيد قال سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول لا يرث الكافر المسلم ولا يرث المسلم الكافر
Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kofir musulmondan, musulmon ham kofirdan meros olmaydi”, deganlarini eshitdim.
Ibn Abu Shaybaning asarida shunday deyilgan:
عن أسامة بن زيد قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : ” لا تتوارث الملتان المختلفتان
Usoma ibn Zayd rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki xil din bir-biriga merosxo‘r bo‘lmaydi”, dedilar.
Ikkinchisi: merosxo‘rning meros qoldiruvchini o‘ldirishi.
روى الترمذي عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ الْقَاتِلُ لَا يَرِث
Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qotil meros olmaydi”, dedilar.
Bu ikki holatdan tashqari hech kim merosxo‘rni shariat bergan huquqdan mahrum qila olmaydi. U kim bo‘lishidan qat’i nazar, meros qoldiruvchi ham, boshqa merosxo‘rlar ham, hokim ham merosxo‘rni bu huquqdan mahrum qilishga haqqi yo‘q. Kim shunday qilsa, katta gunoh qilgan bo‘ladi.
“Sahih al-Buxoriy”da kelgan hadisda shunday keladi:
جَاءَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَعُودُنِي وَأَنَا بِمَكَّةَ وَهُوَ يَكْرَهُ أَنْ يَمُوتَ بِالْأَرْضِ الَّتِي هَاجَرَ مِنْهَا قَالَ يَرْحَمُ اللَّهُ ابْنَ عَفْرَاءَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أُوصِي بِمَالِي كُلِّهِ قَالَ لَا قُلْتُ فَالشَّطْرُ قَالَ لَا قُلْتُ الثُّلُثُ قَالَ فَالثُّلُثُ وَالثُّلُثُ كَثِيرٌ إِنَّكَ أَنْ تَدَعَ وَرَثَتَكَ أَغْنِيَاءَ خَيْرٌ مِنْ أَنْ تَدَعَهُمْ عَالَةً يَتَكَفَّفُونَ النَّاسَ فِي أَيْدِيهِمْ وَإِنَّكَ مَهْمَا أَنْفَقْتَ مِنْ نَفَقَةٍ فَإِنَّهَا صَدَقَةٌ حَتَّى اللُّقْمَةُ الَّتِي تَرْفَعُهَا إِلَى فِي امْرَأَتِكَ وَعَسَى اللَّهُ أَنْ يَرْفَعَكَ فينتفِع بِكَ نَاسٌ وَيُضَرَّ بِكَ آخَرُونَ وَلَمْ يَكُنْ لَهُ يَوْمَئِذٍ إِلَّا ابْنَةٌ
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada bo‘lganimda meni ziyorat qildilar. U kishi hijrat qilingan joyda o‘lishni yomon ko‘rardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ibn Afrani (u Makkada vafot etgan edi) Alloh rahmatiga olsin”, dedilar. Men: “Yo Rasululloh, barcha mol-mulkimni vasiyat qilaman (ehson qilaman)”, dedim. U kishi: “Yo‘q”, dedilar. Men: “yarimini” dedim. Yana “yo‘q”, dedilar. Men: “Uchdan birini”, dedim. Shunda U kishi bunday dedilar: “Uchdan biri juda ko‘p. O‘z merosxo‘ringni odamlarning qo‘liga qarab qolgan, kambag‘al, tilanchi qilib qoldirganingdan ko‘ra, boy qoldirganing afzaldir. Nima sarflasang ham sadaqadir. Hatto xotininga berganing bir luqma non ham (sadaqadir). Balkim, Alloh senga shifo berib, ba’zi odamlar sendan (sening qo‘ling bilan erishilgan Fathlardan) naf ko‘rar, ba’zilar esa sendan (sening qo‘ling bilan erishilgan Fathlardan mushriklar) zarar ko‘rar”. O‘shanda uning (Sa’d ibn Abu Vaqqosning) bitta qizidan boshqa hech kimi yo‘q edi.
Sa’d bu yerda bitta qizi bo‘lsa-da, butun mol-mulkini vasiyat qilmoqchi edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ish uning qiziga nisbatan adolatsizlik bo‘lishi tufayli bunday qilishdan qaytardilar. Chunki butun mol-mulkini vasiyat qilsa, merosga mol qolmaydi. Hatto yarmiga ham ruxsat bermadilar. Mol-mulkining uchdan bir qismini vasiyat qilishga ruxsat bergan bo‘lsalar ham, qolgan qismi qiziga meros qilishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdor edi. Shunday ekan, ayol kishining merosdan olgan narsasi uning haqqi ekanini bilish uchun ushbu hadis shariflar haqida fikr yuritish lozim. Toki, qiz bolani otasining merosidan mahrum qilayotganlar ayol kishining meros olishi uning huquqi ekanligini bilib qo‘yishsin. Bu aka-ukalari yoki oilasi hohlaganda qizga beriladigan narsa emas. Balki shariat belgilagan shar’iy mulkdir. Shunday emasmi? Bu yerda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ayol vorisning merosdan mahrum bo‘lganini tushuntirmoqda. Ayolning oilali bo‘lishi yoki notanish kishiga turmushga chiqishi uning ota-onasidan meros olishiga yoki boshqa yaqinlari qoldirgan mol-mulkdan meros olish huquqiga to‘sqinlik qilmaydi.
Aziz birodarlar!
Alloh Taoloning hukmlari amalda tatbiq qilinishi uchun Rasulullohga nozil qilindi. Musulmonlar undan naf ko‘radi, biroq bu naf endilikda yo‘q. Alloh Taoloning qonunlarini tatbiq qiluvchi Islom davlati yo‘qligi sababli ko‘p musulmonlar bundan mahrum bo‘lmoqda. Ey muslima ayollar, Alloh hukmining hayotga qaytishi siz uchun manfaatlidir. Chunki Islomning hayotda tatbiq etilmasligidan eng ko‘p zarar ko‘rganlar sizlarsiz. Islomning hayotda tatbiq etilmasligi olamlar Robbisi siz uchun belgilab qo‘ygan ko‘plab moddiy huquqlardan sizni mahrum qildi. Agar Xalifalik davlati bo‘lganda, siz u huquqlardan foydalanardingiz va u huquqlarga erishish uchun xo‘rlanib, zulmga duchor bo‘lmasdingiz.
Shuning uchun, Islomiy hayotni qayta boshlashga harakat qilishingiz zarur. Bu yo‘lda siz uchun ikki manfaat bor:
Birinchisi ruhiy manfaat: Bu Allohning shariatini hukmron qilish uchun harakat qilishda Allohning amriga labbay, deb javob berishdir.
Ikkinchisi moddiy manfaat: Bu shariat siz uchun belgilab qo‘ygan, ammo buzuq va adolatsiz jamiyat sizni bundan mahrum qilgan moliyaviy va dunyoviy manfaatlarga erishishdir.
Shunday ekan, tortib olingan haq-huquqlaringizni qayta tiklash va sizga bu huquqlarni bergan Zotni rozi qilish uchun Islomiy hayotni qayta boshlash va Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilayotgan xolis musulmonlar safiga qo‘shilishingiz maqsadga muvofiqdir.
Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
17 Jummadul Uvla, 1446h yil.
19 Noyabr, 2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.