Japarovning Seulga rasmiy tashrifidan ko‘zlangan maqsad

21
0

Japarovning Seulga rasmiy tashrifidan ko‘zlangan maqsad

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyaga borib, davlat rahbari Yun Sok Yol bilan uchrashdi. Bu haqda prezident ma’muriyati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarlari Koreya va Qirg‘iziston o‘rtasida inklyuziv sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilgan. Shuningdek, iqtisodiyot, investisiya, energetika, ekologiya, soliq, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida 22ta hujjat imzolandi. Uchrashuvda Koreya rahbari Markaziy Osiyoning Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik sifatidagi strategik ahamiyatini ta’kidlab, iyun oyida Koreya-Markaziy Osiyo hamkorligini taklif qilganini ma’lum qildi.

Japarov esa, Qirg‘iziston va Janubiy Koreya davlatlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi imtiyozli hamkorlardan biri ekanligini, kelgusi yilda Markaziy Osiyo va Koreya davlat rahbarlarining sammiti o‘tkazilishi o‘zaro siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Izoh:

Ma’lumki, Janubiy Koreya strategik jihatdan AQSHga qaram davlatdir. AQSH Janubiy Koreyaga eng ko‘p sarmoya kiritgan davlat hisoblanadi. Bu mamlakatda AQSHning yirik kompaniyalari faoliyat yuritadi. Shuning uchun Koreyaning boshqa davlatlar bilan olib borayotgan siyosati AQSH manfaatlari doirasida olib boriladi. Shu bois Koreya, Yaponiya va Turkiya kabi davlatlar bilan hamkorlik qilish Amerikaning mintaqadagi davlatlarni Xitoy va Rossiyadan ajratib qo‘yish siyosatiga xizmat qiladi. Ayniqsa, Xitoyning mintaqadagi ta’siri ortib borayotgani va strategik ahamiyatga ega sohalar xitoylik sarmoyadorlar qo‘liga o‘tib borayotgani sababli AQSH uchun mintaqadagi muqobil iqtisodiy ta’sirini kuchaytirishi muhimdir. Xitoyning mintaqa davlatlari bilan o‘zaro savdosi Rossiyanikidan oshib ketgan bir paytda bu juda muhimdir. Masalan, Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalari 40 milliard dollarni tashkil etadi. Bu Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etgan G‘arbdan Markaziy Osiyo orqali tovarlar savdosi 300 foizga oshganidan so‘nggi ko‘rsatkichdir. Ayni paytda Xitoy va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 milliard dollardan oshdi.

Shuning uchun AQSH dunyo jabhasida o‘ziga raqib deb bilgan Xitoyning Markaziy Osiyoga to‘liq ta’sir o‘tkazishiga qarshi chora ko‘rmoqda. Buning uchun C5+1 formatidagi sammit Prezident darajasiga ko‘tarilib, Bayden mintaqa davlatlari rahbarlarini AQSHda qabul qildi. Biroq Amerikaning mintaqadagi imkoniyatlari cheklangani uchun Hindiston va Yaponiya ham C5+1 formatida sammitlar tashkil qilmoqda. Endilikda Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasida C5+1 formatidagi sammit tashkil etilmoqda.

 Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda kapitalizm hukmronlik qilayotgan dunyodagi bosqinchi davlatlar qaysi mintaqada bo‘shliq vujudga kelsa, och qolgan itlar kabi o‘sha joyga yetib borishmoqda. Hozirgi paytda bunday bo‘shliq Markaziy Osiyoda kuzatilishi va bu mintaqaning strategik ahamiyati bosqinchi davlatlarni ushbu mintaqada o‘z ta’sirini kengaytirishga undamoqda. Demak, Ukraina inqirozidan so‘ng ta’sir talashish doirasi Markaziy Osiyoga o‘tayotgani sir emas. Buni yuqoridagi voqealar va Markaziy Osiyo yetakchilari va yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ko‘rsatib turibdi. Shu bois, Japarovning Koreyaga tashrifi iqtisodiy jihatdan har ikki davlat uchun manfaatli bo‘lsa ham, siyosiy jihatdan bu uchrashuv Xitoy ta’siriga qarshi yo‘naltiriladi.

Bunday ochko‘zlik va talonchiliklar qarshisida biz musulmonlar zulm ustiga qurilgan kapitalistik tuzumdan voz kechib, o‘z Islomimizga yuzlanishga harakat qilishimiz kerak. Aks holda mustamlakachilarning bizning ustimizdagi hukmronligi davom etaveradi.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.