Matbuot bayonoti
Ey Kinona qo‘shinlari! Qachon xiyonatkor rejimning sharmandalik g‘uborini egningizdan qoqib, o‘zingizni undan poklaysiz?
Bir necha kun oldin Misr rejimi yahudiy vujudi uchun qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar yuklangan yuk kemasi Iskandariya portida qabul qilib olinganini rad etdi. Holbuki rejimning bu kemani kutib olgani, muborak zamindagi xalqimizni o‘ldirish jarayonini davom ettirish uchun bosqinchi vujudga yetib kelishini osonlashtirgani va zarur yordam hamda ta’minot bilan ta’minlagani haqida ko‘plab dalillar bor. Bu masala va unga doir bahslar shu bilan tugamadi, odamlar hatto Suvaysh kanalidan yahudiy bayrog‘i bilan birga Misr bayroqlari hilpirab turgan yahudiy fregati (harbiy kemasi)ni suzib o‘tayotganini ko‘rdilar. Odamlar bunga boqar ekanlar, rejimning G‘azo ahlimizni qamal qilib, qirg‘in qilayotgan qotillarni qo‘llab-quvvatlayotganidan, hattoki qirg‘inida qatnashayotganidan g‘azabga to‘ldilar.
Rejim jarchilari qarshimizga chiqib, eng razil bahonalar keltirib, Suvaysh kanalining xalqaro shartnomalarga ko‘ra barcha kemalar uchun ochiq suv yo‘li ekanini va bu bir dushman davlatning harbiy kemasi bo‘lsa ham Misr bayrog‘i bilan o‘tishiga to‘sqinlik qilinmasligini ta’kidladi. Go‘yo rejim odamlarni masxara qilib, o‘z qilmishlari bilan ularni g‘azablantirayotgandek hamda ularga tilini chiqarib, o‘z xatti-harakatlari bilan ularni provokatsiya qilayotgandek.
Bu xalqaro shartnomalarga faqat malay va tobe davlatlar amal qilishga majbur. O‘z suverenligiga ega qudratli davlat – ayniqsa, bu shartnomalar uning manfaatlariga zid kelgan bo‘lsa – ularga amal qilmaydi. Shuning uchun biz Misr rejimini o‘zining itoatgo‘yligini xalqaro shartnomalar bilan oqlayotganini ko‘ramiz. Qachon bu shartnomalar Amerika manfaatlariga zid kelib qolsa, bu rejim ularga qarshi o‘kirib, o‘zida yo‘q qahramonlik va mardlik ko‘rsatayotganiga guvoh bo‘lamiz.
Misr rejimining bosqinchi yahudiylarni qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasi ajablanarli emas. U doim muborak zamin bosqinchisining xavfsizlik qo‘riqchisi bo‘lib keldi va buni Kemp-Devid deb atalgan yaqqol xoinlik va normallashuv shartnomasi bilan yanada mustahkamladi.
Bu yerda rejimning xorligi va xiyonatiga sukut qilayotganlarning pozitsiyasi ajablanarlidir. Chunki rejimning xorlik va xiyonatlarini axborot vositalari ham yashira olmay qoldi. Rasmiylarning bahonalari esa ayni jinoyatdan ham xunukroq bo‘lib qoldi.
Misr va uning armiyasining vazifasi kanaldan o‘tish to‘g‘risidagi bitimlardan tortib, Kemp-Devid kelishuvigacha va undan keyingi savdo-iqtisodiy shartnomalarigacha barcha xiyonat kelishuvlaridan voz kechish hamda Falastinni to‘liq ozod qilish uchun bosqinchi vujudga qarshi keng qamrovli urush e’lon qilishdan iboratdir.
Ey Kinona qo‘shinlari!
Siz Ummatning qalqoni va quroli bo‘lgansiz. Hozir ham shundaysiz. Shunday bo‘lgach, o‘z erkinligingizga qayting va Islom Ummati tomoniga o‘tib, atrofingizdagi hukmdorlarga bog‘langan arqonlarni qirqib tashlang. Ularning bergan vakolatlaridan, unvonlaridan va maoshlaridan voz keching. Sizni yeru osmon qadar bepoyon jannatga yetaklovchi yetakchilarga qo‘lingizni berib, ular bilan birgalikda Ummatning g‘am-tashvishini ariting va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida qayta hokimiyatingizni barpo eting. Ushbu Xalifalik sizning qo‘lingiz bilan muborak zaminni ozod etadi. Shunday ekan, yaxshilikka keling, najotga keling.
﴿وَٱتَّقُواْ فِتۡنَةٗ لَّا تُصِيبَنَّ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنكُمۡ خَآصَّةٗۖ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴾
«Sizlardan faqat zolim kimsalarning o‘zigagina yetmay (balki barchaga yetadigan) fitnadan saqlaning! Va bilingki, albatta Allohning azobi qattiqdir» [Anfol 25]
Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi
matbuot bo‘limi