Sudxo‘r banklar 9 oyda 115 mlrd som foyda ko‘rdi

13
0

Sudxo‘r banklar 9 oyda 115 mlrd som foyda ko‘rdi

Qirg‘izistondagi moliya tashkilotlari 2024 yilning to‘qqiz oyida (yanvar-sentyabr) 115 milliard somdan ortiq daromad oldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, moliya tashkilotlarining daromadlari 2023 yilning ushbu davriga nisbatan 26 foizga (deyarli 24 milliard soma) oshgan. Ularning aksariyati tijorat banklaridir.

To‘qqiz oyda mamlakatimizning moliya sohasida 619ta tashkilot ish olib bordi. Bular Milliy bank, 21ta tijorat banki, 581ta nobank moliya-kredit tashkiloti va 16ta sug‘urta kompaniyasidan iboratdir.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan 1 oktyabrgacha banklar va nobank moliya-kredit tashkilotlari portfeli 352 milliard somdan oshdi. Berilgan kreditlarning 85 foizi bank sektoriga to‘g‘ri keladi.

Izoh:

Aholining asosiy qismi qashshoqlik va ishsizlikdan aziyat chekayotgan hozirgi vaqtda kapitalistik tuzum bank sektoriga katta foyda ko‘rish imkoniyatini yaratib bermoqda. Chunki bank egalari hokimiyat bilan ham, yirik kapitalistlar bilan ham hamtovoq bo‘lishadi. Bu esa, ularga inqiroz sharoitida ham daromadlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Xuddi farmatsevtika kompaniyalarining egalari pandemiya davrida yangi milliarderlar qatoriga qo‘shilgani kabi.

Demak, bugungi kunda muammo qashshoqlik yoki oziq-ovqatning yetishmasligiga bog‘liq emas. Aksincha, umumiy boylik bir hovuch odamlar qo‘lida to‘planib qolganligiga bog‘liqdir. Chunki statistikaga ko‘ra, oziq-ovqat keragidan ikki baravar ko‘p ishlab chiqariladi va bu sohada dunyo bo‘ylab qo‘lga kiritilayotgan daromad yil sayin ortib bormoqda. Binobarin, kapitalistik imperializmning dunyoda hukmronligi davom etar ekan, bizning mamlakatlarimiz bu muammolardan qutula olmaydi.

Buning muqobilida, Islomda iqtisodiy siyosat barcha fuqarolarning asosiy ehtiyojlarini qondirish va kamoliy ehtiyojlari uchun sharoit yaratib berishga asoslangan. Shuningdek, kapitalistik jamiyatda bo‘lgani kabi, ko‘pchilik odamlarni foydadan mahrum qilib, boylikning bir hovuch odamlarning to‘planib qolishi hamda sudxo‘rlik, monopoliya, boylikni to‘plash kabi faoliyatlar Islomda mutlaq ta’qiqlanadi. Alloh Taolo aytadi:

كَيْ لَا يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الْأَغْنِيَاءِ مِنْكُمْ

«Toki sizlardan boy-badavlat kishilar o‘rtasidagina aylanib yuraveradigan narsa bo‘lib qolmasin uchun» [Xashr: 7].

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.