Amerika Iroqni bo’lib tashlamoqda Mustamlakachi kofirlar uning ortidan soyadek ergashmoqda Chunki ular ish musulmonlar yurtlarini parchalashga taalluqli bo’lsa o’zaro nizolarini unutishadi

443
0

01 (1)Amerika Iroqni bo’lib tashlamoqda Mustamlakachi kofirlar uning ortidan soyadek ergashmoqda Chunki ular ish musulmonlar yurtlarini parchalashga taalluqli bo’lsa o’zaro nizolarini unutishadi

 Iroqda hodisalar 2014 yil 10 iyunda qo’zg’olonchilar Mosulga kirganidan boshlab hozirgacha aniq dahshatli suratda tezlashib bormoqda. Iroq armiyasining Mosul va Tikritda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi deyarli taslim bo’lishga, qolaversa bu armiya oliy qo’mondonligidan olingan buyruqlar bilan bo’lganga o’xshaydi. Molikiyning armiya o’rniga qurolli otryadlarni yig’ishga chaqirishi, Diyalidagi, balki Bag’dod yaqinidagi hujum va chekinish, hatto Bayjidagi neftni qayta ishlovchi eng katta zavodning raketalar, snaryadlar bilan bir necha bor o’qqa tutilishi, samolyotlar bilan bombardimon qilinishi… so’ngra ahvolning Tall-Afarga ko’chishi va hokazolar, bularning barchasi xuddi oldindan tayyorlab qo’yilgandek rekord darajadagi tezlikda amalga oshdi…

 Bu hodisalar bilan bir vaqtda (shia) rahbarlari va etakchilari tomonidan mazhabchilik va toifachilik chaqiriqlari yangradi. Oqibatda fitna avjiga chiqdi, bir vaqtlar dunyo poytaxti bo’lib, xalifasi bulutga nido qilgan Rofidayn (Dajla va Furot daryolari) erida qo’zg’atilgan bu fitna dod-voy solib va yig’latib hukm sura boshladi! Bu hodisalar keskinlashib borayotgan bo’lsa-da biroq davlatlarning bunga bildirayotgan munosabatlari shu hodisalar darajasida bo’lmadi. Chunki siyosatchilar bergan bayonotlar nimanidir hisobi bilan bo’ldi, hodisa hajmi darajasida bo’lmadi. Masalan ba’zilari aybni Suriyadagi krizisga ag’dargan bo’lsa, boshqalari aybni Iroqda sunniylar huquqi man qilinganiga, ya’ni Molikiyning zo’ravon diktatorligiga ag’dardi… Vaholanki bu ayblovlarning barchasi oldin bo’lib o’tgan va bugungi yangilik emas! Shunday qilib demak bu hodisalarga davlatlar tomonidan shu hodisalar hajmiga munosib keladigan tarzda tez baho berilmadi. Bunday hol faqat bu erda siyosiy maydonga ta’sir o’tkazuvchi kuchli o’yinchilar tomonidan oldindan o’zaro til biriktirish va oldindan bilish bo’lsagina bo’ladi, xolos. Ana shu bayonotlardan eng ko’zga ko’ringani Obama bergan bayonot bo’ldi. Chunki u 2014 yil 13 iyun juma kuni agar olam Iroqda neft bo’yicha zarar ko’radigan bo’lsa uning o’rnini Ko’rfaz davlatlari zahiralaridan oqib keladigan neft to’ldirishini e’lon qilib olamni tinchlantirdi. Bu esa Iroqdagi hodisalar Amerika idorasi uchun kutilmagan hol bo’lmaganini, aksincha Amerika idorasi har qanday neft krizisining oldini olish uchun oldindan rejalarni tayyorlab qo’yganini aniq ko’rsatib turibdi. Qolaversa Obama 2014 yil 13 iyunda «Vashington iroqliklar ilgari suradigan biron siyosiy reja yo’qligi sharoitida hech bir harbiy amaliyotda aslo ishtirok etmaydi» deb ham bildirdi. Holbuki Amerika bilan Iroq o’rtasida xavfsizlik kelishuvi bor va qolaversa Iroq tashqi ishlar vaziri Ziboriy 2014 yil 18 iyun chorshanba oqshomida Jiddada «Bag’dod Vashingtondan qurolli jangarilarga havodan zarbalar berishni talab qildi» deb bildirdi. Shunga qaramay Obama shunday dedi. Buni Amerika bosh shtab boshlig’i general Dempsi ham kongress yig’inida ta’kidladi. Bu esa Amerika aralashishga shoshilmayotganini, balki uni boshqa bir rejani amalga oshirish uchun kechiktirayotganini anglatadi. Britaniya esa uning Iroqdagi manfaatlari Amerika manfaatlaridan o’zgacha ekaniga qaramay Amerika tutgan yo’lning o’zini tutdi. Chunki bu ish musulmonlar yurtini parchalab tashlashga taalluqli-da! Shuning uchun Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg 2014 yil 16 iyunda Britaniya radio korporatsiyasiga intervyu berar ekan aralashuv bo’lmayotgani haqidagi savolga bunday deb javob berdi: «Iroqqa aralashuv ehtimoliga aloqador narsalar borasida Qo’shma Shtatlar qudrat va tayyorgarliklarga Britaniyadan ko’ra ko’proq ega».

 Bo’layotgan hodisalarni sinchiklab kuzatgan kishi bu hodisalar qator halqalar ichidagi bir halqa ekanini ko’radi, uni Amerika Iroqni bosib olgan paytdagina boshlab qolmay balki bosib olishdan oldin, Amerika 1991 yilda Iroq shimoli havo hududida uchish taqiqlangan zonalarni joriy qilgan paytdayoq boshlagan. Chunki o’sha paytdayoq Kurdiston mintaqasi deyarli bir davlatga o’xshab qolgan! Amerika 2003 yilda Iroqni bosib olgan paytda esa Iroqning amerikalik hokimi Bremmer Iroqni bo’lib tashlash urug’i ekilgan konstitutsiyani ishlab chiqib uni mazhabchilik va toifachilik asosida bo’linish haqida so’zlaydigan qildi. Bu urug’ o’sib, unishda davom etdi. 2011 yil dekabr oyiga kelib Amerika o’zining harbiy tashqi ko’rinishi bilan chiqib ketib, o’zining siyosiy va xavfsizlikka oid asl basharasi bilan qolgan paytda esa fitna daraxtining mevasi pishay deb qoldi. Amerika Iroqdagi hokimiyat tepasida mazhabchilikni qo’zg’aydigan tog’utni qoldirish bilan bu daraxtni ozuqlantirib parvarish qildi. Shundan keyin Molikiy qasddan, misli ko’rilmagan gerdayish bilan Iroq shimoli va g’arbidagi mintaqalarga zo’ravonlik va zulm qilgani turdi. Fitna olovi o’chsa uni g’alamisona ishlar va so’zlar bilan yana alanga oldirdi, ana shu mintaqalar g’azabini qo’zg’ash uchun ataylab shunday yo’l tutdi… Mazhabchilik adovati shialarning qurolli to’dalarini tuzishda yanada avj oldi va buning aksi o’laroq Davlat tashkilotiga (Iroq va Shom Islom Davlati tashkilotiga) zo’r berib «sunniylik terrorizmi» deb urg’u berildi. Holbuki Mosul, Tikrit va boshqa shaharlarga kirgan tashkilotlar bir necha harakatlardan bo’lib, Davlat tashkiloti ulardan bittasidir, xolos… Ish shundagina to’xtab qolmadi, aksincha davlatlar mazhabchilik jihatini bo’rttirib ko’rsatishda bir-biri bilan kim o’zarga musobaqalashgani turdi… Bularning barchasi Amerika siyosatini amalga oshirish uchun edi. Amerika ortidan Britaniya, so’ngra malaylar va tobelar ketmoqda. Ular Iroqning bir butun bo’lishini istashmaydi, aksincha parchalanib, bir-biri bilan yoqa bo’g’ishadigan, bir-birini o’ldiradigan bo’lishini istashadi! Har bir taraf o’zi uchun bir alohida iqlim (region) bo’lishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Shuning uchun regionga ega bo’lishga va bo’linishga ochiq chaqiradigan bo’lib qoldi… Ishlar yashirin bo’lmay ochiq ketayotgani uchun Kurdiston regioni holat voqesini tushunib qoldi. Shuning uchun qo’zg’olonchilar Mosulni egallagan paytda Kurdiston regioniga tobe Peshmerga kuchlari Kirkukni va uning atrofidagi mintaqalarni to’liq egallab oldi. Reyter 2014 yil 15 iyunda Barzoniy devoni (apparati) boshlig’i Fuod Husaynning quyidagi so’zlarini keltirdi: «Iroq bir yangi bosqichga kirdi, bu bosqich Mosul egallanishidan oldingi bosqichdan tamoman farq qiladi, shuning uchun kurdlar bu yangi Iroq bilan muomalada bo’lish yo’llarini qidiradi».

 Ey musulmonlar… ey arablar… ey kurdlar… ey sunniylar… ey shialar… ey Rofidayn ahli…

 Sizlarning qonlaringiz to’kildi, boyliklaringiz talandi, uylaringiz, qolaversa masjidlaringiz vayron qilindi. Iroq chang solgan biron changalni qaytarolmaydigan bir mo’rt, barbod bo’lgan davlatga aylanib qoldi… Orangizda hodisalarni tadabbur qila oladigan bir rashid kishi nahotki bo’lmasa? Amerika, uning ittifoqchilari, malaylar va tobelar… barchasi fitna olovini puflayotganini, so’ngra bu razillar bir-biri bilan kim o’zarga raqobatlashib soch tolasidek yoki undan ham ingichkaroq narsa zo’rg’a birlashtirib turgan uch xalqqa, uch parchaga, uch iqlimga: kurdlar, sunniylar va shialarga tashlanishganini nahotki ko’rmayotgan bo’lsangiz! Ish shunday emasmi axir? Amerika Kurdiston regionini qanday himoya qilgani haqida so’ramaysizlarmi, axir? Bremmer o’zining konstitutsiyasida toifachilik va mazhabchilik asosida bo’linish urug’larini qanday ekkani haqida so’ramaysizlarmi axir?! Amerika hozirgi hukumatda mazhabchilik fitnasi olovini hech uyalmay va xijolat bo’lmay puflaydigan bir tog’utni qanday paydo qilgani haqida so’ramaysizlarmi axir?! Amerika kurdlarni arablardan, sunniylarni shialardan yiroqlatib, ularni bir-biriga dushman qilish uchun vaziyatni qanday kuzatib fitna oloviga yog’ quyayotgani haqida so’ramaysizlarmi axir? Amerikaning Britaniya, malaylar va tobelar bilan qanday birlashgani, hammasi mana shu fitna olovini puflab avj oldirish yo’lini tutayotgani haqida so’ramaysizlarmi axir?! Vaholanki Amerika va Britaniya manfaatlari bir-biridan farq qiladi, lekin bu mustamlakachilar musulmonlar yurtlarini parchalab tashlashda birlashishadi!! Nahotki shularni ko’rmayotgan bo’lsangiz?!

 Islom sizlarni uzoq asrlar davomida birlashtirib keldi, uning royasi soyasida uzoq zamonlar yaxshi hayotdan bahramand bo’ldingiz. Natijada kuchli, aziz bo’ldingiz, yaxshilikni birga baham ko’radigan bo’ldingiz, yovuzlikka qarshi birgalikda kurashadigan bo’ldingiz… Yurtingiz qahramonliklar eridir, Qodisiya eri, Buvayb, Fors Yarmuki eri, Horunar Roshid va Mo”tasim yurti, Salohiddin yurti, sobiq fotihlar va insha Alloh endi keladigan fotihlar yurtidir. Bir butun Iroq o’z ahli bilan kuchlidir, parchalab tashlangan Iroq esa parchalanib ketishi sababli zaifdir… Shuning uchun agar kurdlar Kurdiston iqlimining yoki Kurdiston davlatining paydo bo’lishi ularga azizlik keltiradi deb o’ylashayotgan bo’lsa u uzoqqa bormaydi, aksincha hech qancha vaqt o’tmasdan ularga qirg’inlarni keltiradi… Agar sunniylar o’zlari uchun Iroq shimoli va g’arbida bir iqlim vujudga kelishi o’zlariga farovon hayotni olib keladi deb o’ylashayotgan bo’lsa yanglishadilar. Chunki u ham arzimas davrdan nariga o’tmaydi. Ana shundan keyin ularning boshiga baxtsizlik va tanglik tushadi… Agar shialar o’zlari uchun janubda bir iqlim paydo bo’lsa u ularga bir zo’r quvvatni paydo qiladi deb o’ylashayotgan bo’lsa ular ham yanglishadilar. Chunki u ham bir oz vaqt davom etadi, xolos. Ana shundan keyin ishlar yana zaiflik va xorlikka aylanadi.

 Ey musulmonlar… ey arablar… ey kurdlar… ey sunniylar… ey shialar… ey Rofidayn ahli…

 Yetakchi o’z ahlini aldamaydi. Hizb ut-Tahrir sizlarga shunday deb nasihat qiladi: Amerika va Yevropaga ishonmang. Chunki ular sizlarni zarracha ham nazar-pisand qilmaydi. Aksincha ular sizlarning jon joyingizga halokatli zarba berishga jon jahdlari bilan urinadi… Shu maqsadda ular Iroqda nomigina davlat bo’lgan narsada bir juldur, titilib ketgan «ip» bir-biri bilan bog’lab turadigan uchta vujudchani paydo qiladi, maqsad keyingi bosqichlarda bu «ip»ni uzib tashlashga zamin hozirlashdir… Biz albatta Amerika va G’arb zaharli nayzalarini biz tomonga nega qaratayotganini tushuna olamiz… Ammo Iroq ahlining buni qabul qilishi, qabul qilibgina qolmay balki uni amalga oshirish uchun bir-birlari bilan kurashayotgani, ulardan har biri bunda Amerikadan yordam so’rashi, bu hech shubhasiz muqarrar yomonlikdir.

 «Zulm yo’lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do’zax o’ti etar. Sizlar uchun Allohdan o’zga biron do’st yo’qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas»    [Hud 113]

 Holbuki sizlar bo’linib ketishi harom bo’lgan bir butun ummatsiz

 «Va barchangiz Allohning arqoniga (Qur’onga) bog’laningiz va bo’linmangiz!»      [Oli Imron 103]

 Shuning uchun o’zaro nizolashishingiz sizlarga haromdir. Nizolashishni bas qiling. Aks holda quvvatingiz ketib, dushmanlaringiz sizlarni o’lja qilish payiga tushadi.

 «(O’zaro) talashib-tortishmangizki, u holda sustlashib, kuch-quvvatingiz ketur»    [Anfol 46]

 Ey Rofidayn ahli, bu ish albatta faqat uning avvali nima bilan o’nglangan bo’lsa o’sha bilangina o’nglanadi: Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritish va Alloh yo’lida jihod qilish… Alloh arqoniga mahkam yopishish va Alloh dushmanlari bilan aloqani uzish… toifachilik va mutaassiblikni uloqtirib tashlash bilangina o’nglanadi.

 «دَعُوهَا فَإِنَّهَا مُنْتِنَةٌ»

 «Uni (toifachilik, irqchilik)ni tashlanglar, chunki u badbo’y narsadir». Bu hadisni Buxoriy Jobirdan chiqardi… Toifachilik va mazhabchilik atamalarini tark eting va Alloh sizlarni ismlagan ismga mahkam yopishing

 «Uning O’zi sizlarni musulmonlar deb atadi»     [Haj 78]     Allohga qayting, uning davlatini, roshid Xalifalikni tiklang. Chunki faqat shu davlat bilangina aziz bo’lasiz, faqat shu davlat soyasidagina yana bulutlarga xitob qilasiz, faqat shu davlat soyasidagina yana Allohning birodar bandalariga aylanasiz

 «Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo’lgan yoki o’zi hozir bo’lgan holda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir»      [Qof 37]

 Hizb ut-Tahrir

 21 sha’bon 1435h

 19 iyun 2014m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.