Livan frontini G‘azodan ajratish bu bosqinchi dushman bilan yarashish va munosabatlarni normallashtirish sari tashlangan qadamdir!

44
0

Matbuot bayonoti

Livan frontini G‘azodan ajratish bu bosqinchi dushman bilan yarashish va munosabatlarni normallashtirish sari tashlangan qadamdir!

AQSH davlat departamentining sobiq o‘rinbosari Devid Xeyl 2024 yil 7 oktyabr kuni LBCI kanalida efirga uzatilgan «Twenty 30» dasturidagi nutqida bunday dedi: «Endi bizda Hizbullohning qurolsizlanishini talab qilish va Toif kelishuvidan beri bajarmay kelayotgan narsalarni undan talab qilish uchun real imkoniyat bor. Livanliklar biror reja ishlab chiqishlari va uni dunyoga taqdim etishlari kerak, aksincha emas». Keyin «birinchi navbatda, 1701 sonli rezolyutsiya to‘liq amalga oshirilmagan va uning tafsilotlarini manipulyatsiya qilishga urinishlar bo‘lgan», deya qo‘shimcha qildi. O‘sha kunning o‘zida juda g‘alati-kutilmagan bayonotlar paydo bo‘ldi, ayrim muxolafat va sobiq vakillar Livan frontini G‘azo frontidan ajratish talabi bilan chiqishdi! Ustiga-ustak, parlament spikeri Nabix Berri Eron hizbi rahbari Hasan Nasrulloh bilan «o‘ldirilishidan sal oldin so‘nggi bor gaplashganimda u o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi emasligini bildirgan», deya bayonot berdi! Holbuki, Livan bosh vaziri ham, parlament spikeri ham, tashqi ishlar vaziri ham, barchasining siyosiy pozitsiyalari kuni kecha ikki frontni bir-biridan ajratmaslikka oid pozitsiyalar edi!

Shundan keyin 2024 yil 8 oktyabrda Eron hizbi bosh kotibi o‘rinbosari shayx Naim Qosim o‘z bayonotida «Biz spiker Nabix Berri tomonidan olib borilayotgan siyosiy harakatni qo‘llab-quvvatlaymiz, uning asosiy maqsadi o‘t ochishni to‘xtatishdir», dedi. So‘ng «Agar o‘t ochishni to‘xtatish mavzusi yo‘lga qo‘yilib, mavzu diplomatiya darajasiga yetib bora olsa, qolgan barcha tafsilotlar muhokama qilinadi va hamkorlikda qarorlar qabul qilinadi», deya qo‘shimcha qildi.

Ey butun Livan aholisi!

Hech kim shuni unutmasinki, yahudiy vujudi bizdan qattiq nafratlanadigan, tuproqlarimiz va boyliklarimizga so‘lagi oqayotgan bosqinchi dushmandir. Bu vujud paydo bo‘lgandan buyon bizga G‘arbning qurollari bilan, BMTning niqobi va rezolyutsiyalari orqali tajovuz qilib kelmoqda. Bugungi kunda Netanyaxudek bir qonxo‘r rahbarligidagi ekstremist hokimiyat himoyasida bu vujud qirg‘in, jinoyat, ko‘chirish va vayron etish… kabi qilmishlar bilan Livan va Falastin qoniga juda chuqur kirib bordi! Bularning barchasiga sabab, shu vujud paydo bo‘lgandan to bugungacha u o‘z qarshisida na bir xolis boshqaruvimizni ko‘rdi, na urush qilish qarori o‘z qo‘lida bo‘lgan armiyamizni. Bas, birortangiz bu vujud bilan tinch yashashimiz mumkin deya hargiz o‘ylamasin. Chunki u shunday bir dushmanki, unga aslo ishonib bo‘lmaydi, u bilan birga yoki unga qo‘shni bo‘lib hargiz yashab bo‘lmaydi. Siz nima qiling-qilmang, uning mintaqada o‘z nufuzini kengaytirish maqsadiga qaratilgan va xo‘jayinlari tomonidan tuzib berilgan keng qamrovli loyihalari bor. G‘arb davlatlari, xususan AQSH doxil xo‘jayinlari bu vujuddan mintaqada gurzi va politsiyachi sifatida foydalanmoqchi. Siz, livanliklar, o‘lgan Sharonning 1982 yildagi qirg‘inini nahotki unutdingiz, axir, u tezkor operatsiyada o‘ttiz kilometrlik chegaradan nariga o‘tmasligini da’vo qilgan, ammo Livan va poytaxtigacha bostirib kirganda edi-ku?!

Ey xususan Livandagi musulmonlar!

Mustamlakachi kofir G‘arb o‘rnatgan soxta chegaralarga ishonish va amal qilishdan saqlaning. Bu chegaralar Livanda va mintaqada sizning parchalanishingizga, shuningdek, Falastin va boshqa yerlardagi o‘z ahlingiz va birodarlaringizga yordam bera olmasligingiz kabi falokatlarga olib keldi. Chunki siz dunyodagi musulmonlarining ajralmas bir qismi va yagona ummatsiz. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ tomonidan tuzilgan va birinchi davlatingiz va hazoratingizga asos bo‘lgan Madina hujjatida shunday deyilgan:

«أُمَّةٌ وَاحِدَةٌ مِنْ دُونِ النَّاسِ… وَإِنَّ ذِمَّةَ اللهِ وَاحِدَةٌ، يُجِيرُ عَلَيْهِمْ أَدْنَاهُمْ، وَإِنَّ الْمُؤْمِنِينَ بَعْضُهُمْ مَوَالِي بَعْضٍ دُونَ النَّاسِ… وَإِنَّ سِلْمَ الْمُؤْمِنِينَ وَاحِدَةٌ، لَا يُسَالَمُ مُؤْمِنٌ دُونَ مُؤْمِنٍ فِي قِتَالٍ فِي سَبِيلِ اللهِ.. وَأَنَّكُمْ مَهْمَا اخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِنْ شَيْءٍ فَإِنَّ مَرَدَّهُ إِلَى اللهِ وَإِلَى مُحَمَّدٍ…»

«Hujjatni imzolaganlar boshqa odamlardan alohida Ummatdirlar… Allohning zimmasi (himoyasi) yagonadir. Eng quyi darajada bo‘lgan mo‘minning (birovga bergan) himoyasi ham barcha mo‘minlarga joriydir. Zero, mo‘minlar boshqa odamlardan alohida bo‘lib, bir-birlariga birodardirlar… Mo‘minlar o‘rtasida faqat bitta tinchlik hukm suradi. Hech bir mo‘min Alloh yo‘lidagi birorta urushda boshqa mo‘minlardan alohida bitim imzolay olmaydi. Sizlar nimaiki narsada ixtilof qilsangizlar, uni Alloh Azza va Jallaga va Muhammad ﷺga qaytarish (lozimdir)». Siz ikki milliardlik Ummatning bir qismisiz. Shunday ekan, butun Shom yurtlaridagi, xususan, muborak Falastin zaminidagi sizga eng yaqin bo‘lgan musulmonlarga qanday munosabatda bo‘lish lozim?!

Ey musulmonlar, ey musulmon yurtlaridagi, xususan, qo‘shni davlatlardagi islomiy armiyalar!

Livan va boshqa islomiy yurtlardagi hukmdorlar G‘arb buyruq bergan paytda uning rejalarini amalga oshirish uchun hokimiyat tepasiga keltirilgan. Ularning eng katta orzusi, bosqinchining qilichi ostida bo‘lsa ham, sizning qoningiz va diningiz hisobiga o‘zlarining hokimiyatdagi kursilarini saqlab qolishdir. Shuning uchun Alloh g‘olib qilgunicha yoki shu yo‘lda halok bo‘lgunimizcha, biz sizga mana bu tub yechimni eslatishda davom etamiz: armiyadagi o‘g‘lonlaringizni kutish va kuzatish g‘uborini qoqishga, takbirlar bilan Falastin zamini sari harakatga kelishga chorlang. Agar qarshilariga anavi hukmdorlar chiqsa, ularni supurib tashlab, o‘rniga ortida turib jang qilishadigan va u bilan himoyalanishadigan boshqa qo‘mondonni qoim qilsinlar. Ana shunda yahudiylarning qanday vayron bo‘lishini va Alloh sizni ular ustidan qanday hukmron qilib qo‘yishini o‘zingiz guvohi bo‘lasiz. Alloh Taolo aytadi:

﴿قَٰتِلُوهُمۡ يُعَذِّبۡهُمُ ٱللَّهُ بِأَيۡدِيكُمۡ وَيُخۡزِهِمۡ وَيَنصُرۡكُمۡ عَلَيۡهِمۡ وَيَشۡفِ صُدُورَ قَوۡمٖ مُّؤۡمِنِينَ ١٤ وَيُذۡهِبۡ غَيۡظَ قُلُوبِهِمۡۗ وَيَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَن يَشَآءُۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ﴾

«Ularga qarshi jang qilinglar. (Shunda) Alloh ularni sizning qo‘lingiz bilan azoblaydi, rasvo qiladi va sizga ular ustidan nusrat beradi hamda mo‘min qavm dillarini qondirib, ko‘ngillaridagi g‘am-anduhni ketkazadi. Alloh O‘zi xohlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir»                                                                       [Tavba 14]

Hizb ut-Tahrirning Livan viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.