Davlat muassasalarida kazino ochishga ruxsat berildi

84
0

Davlat muassasalarida kazino ochishga ruxsat berildi

To‘liq yoki qisman davlatga qarashli mehmonxonalar, pansionatlar, dam olish maskanlari va boshqa joylarda kazino ochishga ruxsat berildi. Bu haqdagi hukumat qarori rasmiy saytida e’lon qilindi.

Unda aytilishicha, “Ko‘ngilochar maskani to‘liq yoki qisman davlatga qarashli bo‘lgan yoki munitsipal mulk bo‘lgan muassasalarda, shuningdek kapitalida davlat yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ulushi bo‘lgan korxonalarda kazino ochishga ruxsat etiladi.

Jogorku Kenesh mazkur qonun loyihasini 30 oktabrda, prezident Sadir Japarov esa 4 noyabrda imzolagan edi. Moliya vazirligi yil boshidan beri kazinolardan 208,7 million som soliq undirilganini ma’lum qildi. Mamlakatda uchta kazino va to‘rtta bukmekerlik kontorasi faoliyatiga ruxsat berilgan.

Izoh:

Aslida kazino kabi qimorxonalar kapitalistik tuzumda hokimiyat vakillarining noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritgan pullarini yuvish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Butun dunyodagi kazinolarning asosiy daromad manbai bu kabi iflos ishlarni bajarib berish bilan gullab-yashnamoqda. Aytish mumkinki, qimorxonalar korrupsiyani rivojlantirishda davlat amaldorlari uchun juda muhim tarmoq hisoblanadi.

Eng muhimi, qimor Alloh Taolo harom qilgan amallardan biridir. Alloh Taolo “Moida” surasida shunday marhamat qiladi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

“Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning xar biridan uzoq bo‘lingiz!” (Moida: 90).

Binobarin, har bir musulmon biror ishga kirishishdan avval uning shar’iy hukmini bilishi vojibdir. Hukumat rasmiylari aytayotgan “foydalar” esa qimorni haromlikdan chiqarib qo‘ya olmaydi. Shunday ekan, biz musulmonlar hukumatning jamiyatni buzuvchi, shariatga zid bo‘lgan barcha harakatlariga qarshi turishimiz lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

إنَّ اللهَ لا يُعذِّبُ العامَّةَ بعمَلِ الخاصَّةِ، حتى يرَوُا المُنكَرَ بينَ ظَهْرانَيْهم، وهم قادِرونَ على أنْ يُنكِروه، فلا يُنكِروه، فإذا فَعَلوا ذلك عذَّبَ اللهُ الخاصَّةَ والعامَّةَ

“Albatta, Alloh Taolo ayrim odamlar qilgan jinoyat sababli hammani jazolamaydi. Ammo qachonki o‘sha omma ko‘z o‘nglarida munkar (buzg‘unchilik, adolatsizlik) qilinayotganini ko‘rsalar-u, uni inkor qilishga (yo‘lini to‘sishga) qodir bo‘la turib inkor qilmasalar, u holda Alloh Taolo o‘sha jinoyatchilarni ham, (ularni loqayd tomosha qilib turgan) ommani ham barobar azoblaydi”.

 Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.