Islom besh narsa ustiga qurilgan

54
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Islom besh narsa ustiga qurilgan

Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

Ibn Hajar al-Asqaloniy “Fathul-Bariy – sharhu Sahihul Buxoriy” asarining “Islom besh narsa ustiga qurilgan ” bobida shunday deydi:

حدثنا عبيد الله بن موسى قال أخبرنا حنظلة بن أبي سفيان عن عكرمة بن خالد عن ابن عمر رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ” بني الإسلام على خمس، شهادة أن لا إله إلا الله وأن محمدا رسول الله، وإقام الصلاة، وإيتاء الزكاة، والحج وصوم رمضان“.

Ubaydulloh ibn Muso bizga ibn Umar roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganliklarini rivoyat qildi: “Islom besh narsa ustiga qurilgandir: Allohdan o‘zga iloh yo‘q va albatta Muhammad Allohning bandasi va elchisidir, deb guvohlik berish, namozni to‘kis ado etish, zakot berish, Baytullohni haj qilish, Ramazon ro‘zasini tutish”.

Aziz birodarlar:

Biz esimizni taniganimizdan beri bu hadisni takrorlab kelamiz. Ammo, afsuski, biz buni faqat so‘zlar to‘plami sifatida tushundik. Biz uni voqedan uzoq holda yodlab, qayta-qayta takrorlashdan xursand bo‘ldik. Bu hadisi sharifda Islom va uning arkonlari haqida so‘z boradi. Agar diqqat bilan qarasak, Islom asosiy ruknlarni ham va asosiy bo‘lmagan ruknlarni ham o‘z ichiga olganligini ko‘ramiz.  Shuningdek, amaliy din bo‘lgan Islom arkonlarining hayotda tatbiq etilmayotganini ko‘ramiz. Ammo Islomning o‘zi haqida nima deyish mumkin? Ummat hayotida namozning ustuni qayerda qoldi? Namoz o‘qishni xohlagan o‘qiydi, xohlamagan o‘qimaydi? Zakotning ustuni qayerda qoldi? Davlat tomonidan o‘rnatilgan soliqlar bor xolos! Ro‘zaning ustuni qayerda qoldi? Ro‘za tutmagan musulmonni ro‘za tutishga kim majburlay oladi? Hajning ustuni qayerda qoldi? Har bir mamlakat uchun yillik ma’lum kvotalar mavjud. Hatto ba’zi hukmdorlar ham borki, namoz va ro‘za tutgan odamlarni javobgarlika tortadi.

Bulardan hech birining ajablanarli joyi yo‘q. Ammo ajablanarlisi va achinarlisi shuki, bu Ummatning shayxlari, ulamolari va Islom uchun harakat qilyapmiz, deyayotgan oqim yetakchilari “ishlar yaxshi ketyapti, biz Islomiy hayotda yashayapmiz, faqat ba’zi bir hukmdorlarning beparvoligi bor xolos” deyayotganlarini eshitib qolamiz.

Ey musulmonlar! Bunday so‘zlar Islom olimi deb hisoblangan kishi u yoqda tursin, dushmandan ham qabul qilinmaydi. Bu zahar bilan qanday yashashimiz mumkin? Islom shunday bo‘ladimi? Bu Islomga va musulmonlarga hamda Islomiy hayotni qayta boshlashga urinayotganlarga nisbatan adolatsizlik va zulm emasmi?

Ulug‘ Arshning Robbisi bo‘lmish Alloh Taolodan Islomning hayotda to‘liq tatbiq qilinishini ko‘rish bizlarga ham nasib etishini so‘raymiz. Islomni himoya qilib, uni hayotga tatbiq qiladigan va Islom hukmlari bilan adolatga erishadigan xalifalik davlatida yashashni iltijo qilib so‘rab qolamiz. Adolat va ezgulik davlatining qulatilganiga 101 yil bo‘ldi. Allohim, Ummatni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin.

Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

30 Robius Sani, 1446h yil.

02 Noyabr,          2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.