Turkiya va (Isroil) o‘rtasida tijorat davom etayotgani fosh bo‘ldi

14
0

Turkiya va (Isroil) o‘rtasida tijorat davom etayotgani fosh bo‘ldi

Istanbulning Ambarli portida ko‘zga tashlangan konteynerlar haqidagi ma’lumotlar, Turkiyaning (Isroil) bilan tijoratni davom ettirayotganini fosh qildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi “Moviy Marmara” nomli sahifadan mazkur tijorat tasvirlarini poylashgan faollar, shunday yozadi: “Qotil (Isroil)ga konteyner tashuvchi ZIM shirkatiga tegishli yuk mashinasiga bosilgan muhr bir fuqaro tomonidan namoyish qilindi. Muhrda konteynerlarning borish manzili, “Isroil”ning Xayfa porti ekanligini ko‘rish mumkin”.

G‘azoda qirg‘inlar davom etyotganiga bir yildan o‘tgan bo‘lsa-da, Turkiya-(Isroil) o‘rtasidagi tijoratning to‘xtovsiz davom etayotganini tasdivlovchi tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda minglab kishilar tomonidan poylashildi va unga qarshi munosabatlar bildirildi.

(Isroil)ga oid ZIM shirkatining veb-saytida shirkatning Turkiya va (Isroil) o‘rtasida doimiy ravishda yuk tashib kelganini va bundan keyingi kunlarda ham yuk olib borishi belgilangan sanalarini aniq ko‘rish mumkin.

Havoga o‘q uzildi

Bosqinchi (Isroil) shirkatlarining konteynerlari joylashgan Ambarli porti oldida to‘planib, bu iflos tijoratga norozilik bildirgan xalqqa qarshi davlat qo‘riqchilari qattiq qarshilik ko‘rsatib, havoga o‘q uzishdi.

ZIM shirkatining tarixi Herzlga borib taqaladi

ZIM shirkatining tarixi yarim asrdan ko‘proq vaqtni o‘z ichiga oladi. Yevropadan Falastin yerlariga yahudiy ko‘chmanchilarni tashuvchi sifatida ish boshlagan ZIM shirkati hozirda butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritib kelmoqda.

ZIM shirkatining bayrog‘i dastlab Teodor Herzl 1896 yilda asos solgan diniy bayroqqa borib taqaladi. Herzl uni bir kun kelib “Isroil”ning milliy gerbi/bayrog‘iga aylantirishni maqsad qilgan edi. Herzlning asl (original) bayrog‘ida oq fon ustida yettita oltin yulduz tasvirlangan. ZIM kemalarining hunilari (kemaning ustki qismida joylashgan metal qurilmalari) ham shu ranglarga bo‘yalgan bo‘lib, bu bilan har bir ZIM shirkatining kemalarini dengizda bir zumda tanib olish mumkin.

ZIM shirkati 1945 yilda Yahudiy agentligi, Histadrut mehnat federatsiyasi va “Isroil” dengiz ittifoqi tomonidan tashkil etilgan. Shirkatning birinchi kemasi Kedmah 1947 yilda sotib olingan. Birinchi flot esa, Yevropadan kelayotgan yahudiy ko‘chmanchilarni tashish va 1948 yilda Falastin tuproqlarida qurilgan bosqinchi “Isroil” vujudining dastlabki yillarida unga juda zarur bo‘lgan materiallar va qurollarni olib kelish uchun jihozlangan kemalarni o‘z ichiga olgan.

ZIM transport yo‘nalishlarida Turkiya ham o‘rin olmoqda

Shuningdek, mazkur yuk tashuvchi shirkatning veb-saytida 2024 yil 28 oktabrdagi “ZIM Trans-Atlantika xizmatini qayta tashkil etadi” sarlavhali xabarda Turkiyaning ko‘plab portlarini o‘z ichiga olgan “ikki sayohat yo‘nalishi qayta tuzilgani” ma’lum qilindi.

Zoxid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.