Uy-joylarni moliyalashtirish loyihasi ribo botqog‘ida

32
0

Uy-joylarni moliyalashtirish loyihasi ribo botqog‘ida

Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasida “Hammasi xalq uchun va faqat shariat me’yorlari bo‘yicha” shiori ostida o‘tgan yig‘ilishda Saudiya Arabistonidan olingan ipoteka kreditining kelajagi ma’lum qilindi.

Xabarlarda aytilishicha, Qirg‘iziston hukumati Saudiya Arabistonidan 1 foizlik 79 million dollar kredit olib, bu pulga qurilgan uylarni 8 foizlik ustama bilan aholiga sotishni mo‘ljallamoqda. Qirg‘iziston parlamenti va “Islom banki” o‘rtasida “Arzon uy-joylarni shariat me’yorlariga ko‘ra moliyalashtirish” loyihasi bo‘yicha bitim tuzilib, uning doirasida uy-joylar qurish va kvartiralarni ipotekaga berish ko‘zda tutilgan. Yengillashtirilgan moliyalashtirish miqdori 79 million dollarni tashkil etadi.

Mazkur masalani muhokama qilish chog‘ida, deputatlar dastlabki kelishuvlarda qayd etilmagan yangi holatlar tufayli foiz stavkasining 1 foizdan 8 foizga ko‘tarilishi kutilmagan hol ekanligini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, kelishuv 2024 yil aprel oyida Islom taraqqiyot bankining prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir va xizmat safari bilan Ar-Riyodda borgan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbarining o‘rinbosari Adilbek Qosimaliyev tomonidan imzolangan edi. Qirg‘iziston hukumati “Shariat me’yorlari bo‘yicha arzon uy-joylarni moliyalashtirish” loyihasi amalga oshishini e’lon qildi. Ammo u mablag‘larni olish shartlarini oshkor qilmadi: “Ushbu loyihaning amalga oshirilishi tufayli minglab ehtiyojmand oilalar ipoteka kreditlash tizimi bo‘yicha ijtimoiy uy-joyga ega bo‘ladi. Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, davlat rahbarining nazoratida turadi”, deyiladi hukumat bergan bayonotda.

Islomiy atamalardan foydalanilgan, biroq hech qanday shariatga asoslanmagan iqtisodiy hiylalar haqiqatini hamda faqat kapitalistlarning manipulyatsiya usullari bo‘lgan va faqatgina moddiy manfaatni qo‘lga kiritish maqsadida Islomiy jamiyatning his-tuyg‘ularidan foydalanish uchun o‘ylab topilgan bunday kelishuvlarning haqiqatini avval ham izohlab o‘tgan edik. Ular “bank” so‘zini “Islom” so‘zi bilan yonma-yon qo‘yib, bu tushunchani omma oldida bezab ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Bu esa, oyatlarda aniq taqiqlangan tushunchalarni buzib talqin qilish ekanligini aslo unutmaslik lozim. Alloh Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَذَرُوا مَا بَقِيَ مِنْ الرِّبَا إِنْ كُنتُمْ مُؤْمِنِينَ ۩ فَإِنْ لَمْ تَفْعَلُوا فَأْذَنُوا بِحَرْبٍ مِنْ اللَّهِ وَرَسُولِهِ وَإِنْ تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُءُوسُ أَمْوَالِكُمْ لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ ۩

“Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan mo‘min bo‘lsangizlar, sudxo‘rlik sarqitlarini tark qilingiz. (Ya’ni odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz). Endi agar (farmonimizni) qilmasangiz, u holda Alloh va payg‘ambari tomonidan bo‘lgan urushni bilib qo‘ying! Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz o‘zingizga — zolim ham, mazlum ham bo‘lmaysiz”. (2:278-279).

Barcha banklar shariatda taqiqlangan aksiyadorlik jamiyatlari bo‘lib, faqat manfaat uchun tashkil qilingandir. Ularning maqsadi odamlarni sudxo‘rlik azobidan, shariat taqiqlagan amallardan xalos qilish emas. Aksincha, Alloh Taoloning qonunlariga zid bo‘lgan ishlarga Islomiy nom berish bilan musulmonlarni chalg‘itish hamda Islomiy hukmlarni buzib ko‘rsatishdir. Bu muassasalarni “Islom banklari” deb ta’riflash shariatga ziddir. Ularning ish usullari kapitalistik kompaniyalardan hecham farq qilmaydi. Bundan tashqari, o‘zlari e’lon qilgan investitsiya qoidalariga ham to‘g‘ri kelmaydi.

Hukumat Islom taraqqiyot bankidan kam ta’minlangan aholining muammolarini hal qilish uchun sudxo‘rlik asosida bir foizli kredit taklif qilibgina qolmay, yo‘q xarajatlar niqobi ostida yana yetti foiz qo‘shib daromad olishga harakat qilmoqda.

Bu – o‘zingiz guvoh bo‘lib turganingizdek – kapitalistik boshqaruvning tabiatidir. U foyda uchun o‘z xalqini aldashni kasb qilib olgan. Bu tuzum odamlarni to‘g‘ri boshqarish va ularning ehtiyojlarini qondirishga yaroqsizligini va ochko‘zlik xususiyatiga ega ekanligini har doim tasdiqlab kelmoqda! Shunday ekan, ularning yuqoridagi nayranglaridan, ular nima uchun Islomiy atamalarni ishlatish orqali Islomiy jamiyatni aldab, xalqni talon-taroj qilishga urinayotganini tushunsa bo‘ladi.

Darhaqiqat, insonlar faqat Islom bilan boshqaradigan va barcha moliyaviy ishlarini shariat qonunlari asosida olib boruvchi Islom davlati soyasida farovonlikka erishadi. Insonlarga faqat ushbu davlatdagina real iqtisodiy yordam ko‘rsatiladi. Shariat tuzumining kafili bo‘lgan Xalifa kapitalistlarning xalq mulkini makkorlik bilan talon-taroj qilishlariga, xalqning bilib-bilmay gunohga botishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday boshqaruv, albatta, ummatning farovonligini kafolatlaydi.

Latiful Rosix

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.