Mazammat qilingan xulqlar

101
0

بسم الله الرحمن الرحيم

XULQLAR

Mazammat qilingan xulqlar

(mo‘minlar yo‘qotish kerak bo‘lgan xulqlar)

Safsatabozlik: Ya’ni takalluf qilib ko‘p gapirish.

Mo‘min inson bekorchi gaplardan o‘zini tiyishi kerak, yo dunyo uchun kerak bo‘ladigan yoki Oxirat uchun zahira bo‘ladigan gaplarni gapirish kerak. Bekorchi gaplarni gapirish insonni axloqsiz ya’ni yomon xulqli qilib qo‘yadi. Befoyda gaplarni gapirish bilan o‘zini qiynagani qoladi, hamda safsataboz degan yomon sifat bilan tanilib qoladi.

Mug‘iyra ibn Sho‘ba r.a. Payg‘ambar s.a.v. ning:

«إِنَّ اللَّهَ كَرِهَ لَكُمْ ثَلاَثًا: قِيلَ وَقَالَ, وَإِضَاعَةَ الْمَالِ, وَكَثْرَةَ السُّؤَالِ»

«Alloh sizlardagi uch xislatni yomon ko‘radi, ya’ni, gap-so‘z qilishni, molni behudaga zoye ketkazishni va ko‘p savol berishni», deganlarini eshitdim, dedi (muttafaqun alayh).

Jobir ibn Abdulloh r.a. rivoyatida Payg‘ambar s.a.v. shunday deganlar:

«إِنَّ مِنْ أَحَبِّكُمْ إِلَيَّ, وَأَقْرَبِكُمْ مِنِّي مَجْلِسًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ: أَحَاسِنَكُمْ أَخْلاَقًا, وَإِنَّ أَبْغَضَكُمْ إِلَيَّ وَأَبْعَدَكُمْ مِنِّي يَوْمَ الْقِيَامَةِ: الثَّرْثَارُونَ وَالْمُتَشَدِّقُونَ وَالْمُتَفَيْهِقُونَ»

«Men uchun eng yoqimligingiz va Qiyomat kunida menga eng yaqin o‘tiradiganingiz xulqi go‘zalingizdir. Men uchun eng yoqimsizingiz va Qiyomatda mendan eng uzoq bo‘ladiganingiz safsata sotuvchilar, bekordan bekorga ko‘p javrovchilar va vaysaqilik qiladiganlar». Termiziy rivoyat qilgan va hasan, degan.

Abu Hurayra r.a. rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v. shunday deganlar:

«إِنَّ الْعَبْدَ لَيَتَكَلَّمُ بِالْكَلِمَةِ مَا يَتَبَيَّنُ فِيهَا, يَزِلُّ بِهَا فِي النَّارِ أَبْعَدَ مَا بَيْنَ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ»

«Banda bir gapni nimaligini bilmasdan gapirib yuboradi-da, keyin shu gapi tufayli do‘zaxning mag‘rib bilan mashriq orasidan ham chuqurroq yeriga borib tushadi» (muttafaqun alayh).

Musulmon yoki musulmonlarni tahqirlash:

Abu Hurayra r.a. rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz s.a.v:

«… بِحَسْبِ امْرِئٍ مِنْ الشَّرِّ أَنْ يَحْقِرَ أَخَاهُ الْمُسْلِمَ»

«… Kishining yomonligiga musulmon birodarini taµіirlagani kifoya іiladi», dedilar. Muslimdan.

Musulmonni masxaralash, uning ustidan kulish:

Alloh Taolo aytadi:

(يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لاَ يَسْخَرْ قَومٌ مِنْ قَوْمٍ عَسَى أَنْ يَكُونُوا خَيْرًا مِنْهُمْ وَلاَ نِسَاءٌ مِنْ نِسَاءٍ عَسَى أَنْ يَكُنَّ خَيْرًا مِنْهُنَّ وَلاَ تَلْمِزُوا أَنفُسَكُمْ وَلاَ تَنَابَزُوا بِالآلْقَابِ بِئْسَ الاِسْمُ الْفُسُوقُ بَعْدَ الآيمَانِ وَمَنْ لَمْ يَتُبْ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الظَّالِمُونَ)

– „Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavm ustidan masxara qilib kulmasin – ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollar ustidan masxara qilib (kulmasinlar) – ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. O‘zlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo‘yib olmanglar! Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya’ni, mo‘min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalardir“.          [49:11]

Hasan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v. shunday deganlar:

«إِنَّ الْمُسْتَهْزِئِينَ بِالنَّاسِ، يُفْتَحُ لأَحَدِهِمْ فِى الآخِرَةِ بَابٌ مِنْ الْجَنَّةِ، فَيُقَالُ لَهُ: هَلُمَّ هَلُمَّ، فَيَجِىءُ بِكُرَبِهِ وَغَمِّهِ، فَإِذَا جَاءَهُ أُغْلِقَ دُونَهُ، ثُمَّ يُفْتَحُ لَهُ بَابٌ آخَرُ، فَيُقَالُ لَهُ: هَلُمَّ هَلُمَّ، فَيَجِىءُ بِكُرَبِهِ وَغَمِّهِ، فَإِذَا جَاءَهُ أُغْلِقَ دُونَهُ، فَمَا يَزَالُ كَذَلِكَ, حَتَّى إِنَّ أَحَدَهُمْ لَيُفْتَحُ لَهُ بَابٌ مِنْ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ فَيُقَالُ هَلُمَّ فَمَا يَأْتِيهِ مِنْ الإِيَاسِ»

«Odamlarni masxara qiluvchilarga oxiratda jannatdan bir eshik ochilib: «Kelaveringlar, kelaveringlar», deyiladi. G‘am-qayg‘ulari bilan yoniga kelishganida yopilib qoladi. Keyin boshqa bir eshik ochilib: «Kelaveringlar, kelaveringlar», deyiladi. G‘am-tashvishlari bilan yoniga kelishganida, u ham yopilib qoladi. Shu holat davom etaveradi. Hatto ulardan biriga jannatning yana bir eshigi ochilib: «Kelavering», deyilganida, noumid bo‘lganidan bormay qo‘yadi». Bayhaqiy «ash-Sha’b»da mursal hasan isnod bilan chiqargan.

Musulmonni ochiqchasiga haqorat qilish:

Vosila ibn Asqa’ r.a. rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v. shunday deganlar:

«لاَ تُظْهِرْ الشَّمَاتَةَ لِأَخِيكَ فَيَرْحَمَهُ اللَّهُ وَيَبْتَلِيكَ»

«Birodaringni ochiq haqorat qilma, yana Alloh unga rahm qilib, seni baloga giriftor qilib qo‘ymasin», Termiziy rivoyat qilib, hasan hadis degan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.