Qirg‘iziston davlat mehmonxonalarida kazino ochishni taklif qilindi

30
0

Qirg‘iziston davlat mehmonxonalarida kazino ochishni taklif qilindi

Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirligi davlat mehmonxonalarida kazino va boshqa qimor o‘yinlarini ochishga ruxsat berishni taklif qildi. Tegishli qonun loyihasi Jogorku Keneshga taqdim qilindi.

Amaldagi qonun davlat muassasalarida kazino yoki bukmekerlik (pul tikish) o‘yinlarini kiritishni taqiqlaydi. Mamlakatda uchta kazino va to‘rtta bukmekerlik kontorasi faoliyatiga ruxsat berilgan.

  Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda kazino faoliyatiga 2012 yilning 1 yanvarida joriy qilingan ta’qiq 2022 yilda bekor qilingan edi. Prezident Sadir Japarov xalqning keskin qarshiligiga qaramay, 2022 yil 30 iyun kuni kazino ochishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

Aslida kazino kabi qimorxonalar kapitalistik tuzumda hokimiyatdagi odamlarning oqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritgan pullarini yuvish vositasi sifatida ishlatiladi. Bu butun dunyodagi kazinolarning asosiy daromad manbaidir. Kazinolar bu kabi iflos ishlarni bajarib berish bilan gullab-yashnamoqda. Shu bois, qimorxonalar korrupsiyani rivojlantirishda davlat amaldorlari uchun juda muhim tarmoq hisoblanadi.

Eng muhimi, qimor Alloh Taolo harom qilgan amallardan biridir. Alloh Taolo “Moida” surasida shunday marhamat qiladi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

“Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning xar biridan uzoq bo‘lingiz!” (Moida: 90).

Binobarin, har bir musulmon biror ishga kirishishdan avval uning shar’iy hukmini bilishi vojibdir. Ammo hukumat rasmiylari aytayotgan “foydalar” esa qimorni haromlikdan chiqara olmaydi. Shunday ekan, biz musulmonlar hukumatning jamiyatni buzuvchi, shariatga zid bo‘lgan barcha harakatlariga qarshi turishimiz lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

إنَّ اللهَ لا يُعذِّبُ العامَّةَ بعمَلِ الخاصَّةِ، حتى يرَوُا المُنكَرَ بينَ ظَهْرانَيْهم، وهم قادِرونَ على أنْ يُنكِروه، فلا يُنكِروه، فإذا فَعَلوا ذلك عذَّبَ اللهُ الخاصَّةَ والعامَّةَ

“Albatta, Alloh Taolo ayrim odamlar qilgan jinoyat sababli hammani jazolamaydi. Ammo qachonki o‘sha omma ko‘z o‘nglarida munkar (buzg‘unchilik, adolatsizlik) qilinayotganini ko‘rsalar-u, uni inkor qilishga (yo‘lini to‘sishga) qodir bo‘la turib inkor qilmasalar, u holda Alloh Taolo o‘sha jinoyatchilarni ham, (ularni loqayd tomosha qilib turgan) ommani ham barobar azoblaydi”.

 Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.