بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmon armiyalari yahudiy vujudini yo‘q qilishga qodir
Uztoz Ahmad Toiy – Iroq viloyati
1979 yilda Xumayniy Eronda hokimiyatga kelganidan beri Eron Amerika manfaatlaridan kelib chiqib, o‘zining mintaqaviy ta’sirini kengaytirishga harakat qilmoqda. Chunki u, ya’ni Eron Amerika orbitasida aylanadi. Eron Livanda o‘z hizbiga asos soldi. Bu hizb son va qurollanish jihatidan eng muhim va yirik guruhdir.
2003 yili Amerika Iroqni bosib olganidan keyin Eron yengil nafas oldi va o‘z vazni bilan Iroqqa kirdi. U bosqinchi kuchlarni shiddatli qarshilikdan qutqarishga hissa qo‘shdi. Chunki u bosqinchi kuchlarga qaratilgan shiddatli qarshilikni mazhabparastlik urushiga aylantirdi va bu urushda yuz minglab yurt farzandlari qurbon bo‘ldi. O‘ziga tobe bo‘lgan qurolli guruhlarga va ko‘ngilli kuchlarga asos soldi. Shundan so‘ng, uning ko‘ngilli kuchlari Suriya qo‘zg‘olonidan keyin Shom yurtlariga joylashishga muvaffaq bo‘ldi. Hatto uning ishtiroki Suriyaning jinoyatchi hukmdoriga og‘ir yuk bo‘lib qoldi. U, shuningdek, Husiy ko‘ngilli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash orqali Yaman ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.
Shunday qilib, ko‘ryapmizki, Eron o‘z yerlaridan uzoqda mudofaa chiziqlarini yaratdi. U buni qarshilik harakati va Falastinni ozod qilish uchun ekanligini yolg‘ondan e’lon qildi. Aqso to‘foni operatsiyasi qarshilik harakati niqobini kiyganlarni va ularning yolg‘onlarini, shuningdek, ular u bilan boshimizni qotirib kelayotgan qarshilik o‘qining yolg‘onligini fosh qildi. Yahudiylarning G‘azo ahliga qarshi qirg‘inlaridan deyarli bir yil o‘tdi. Hatto yahudiy vujudi Eronga shiddatli zarbalarni yo‘llab, uning rahbarlariga suiqasd qildi, Suriyadagi elchixonasiga zarba berdi. Va nihoyat, Hamas harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyyaga uning hududida suiqasd qildi. Biz quruq tahdid va unsiz qichqiriqdan boshqa narsa eshitmadik.
Va nihoyat, yahudiy vujudi Eronning, agar manfaat taqozo etsa, har qanday tarafdoridan voz kechishga tayyorligini bilgach, uning Livandagi hizbiga e’tiborini qaratdi. U Eron hizbi rahbarlariga suiqasd qilish va aloqa moslamalariga buzib kirib ularni portlatish, shuningdek, uning ko‘plab rahbarlariga shiddatli zarbalarni yo‘llash orqali unga o‘zining butun qahr-g‘azabini to‘kib soldi. Nihoyat, u Eron hizbi bosh kotibini o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. Bularning barchasi, Eron Amerika bilan muzokara qilish yo‘lini izlayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.
Iroqdagi qarshilik harakati guruhlariga kelsak, ularning ahvoli achinarli. Chunki bu guruhlarning barchasi Livandagi Eron hizbini o‘zlarining manbalari deb bilishadi. Hamma unga taqlid qilishga urinadi, hatto uning buyruq va nasihatlari ular uchun juda muhim. Shuning uchun ularning zehnida shakllantirilgan ushbu bino qulaganini va uzoqlardagidan oldin yaqindagilar undan voz kechganini ko‘rsa, nima qiladi? Uning xo‘jayini Eron qilayotgani kabi baqirish, yig‘lash va tahdid qilishdan boshqa chora qolmaydi!
Iroqning eng ko‘zga ko‘ringan qurolli guruhlaridan biri bo‘lgan «Shahidlar sayyidi» brigadasi 2024 yil 25 sentyabr, payshanba kuni guruhlarning keyingi bosqichda yahudiy vujudi bilan bo‘ladigan uzoq muddatli urushga tayyorligini bildirdi. Bu haqda brigada rahbarlaridan biri Abbos Zaydiy Shafaq axborot agentligiga ma’lum qilib, shunday dedi: «Iroq qarshilik harakati guruhlari sionistik vujudga qarshi urushda Livandagi Hizbullohni, shuningdek, qarshilik o‘qi davlatlari orasidan tajovuzga uchragan har qanday davlatni harbiy jihatdan va logistik qo‘llab-quvvatlashga qodir va tayyor». Bu brigada avvalgidek ommaviy axborot vositalariga bildirib qo‘yish uchun zarbalarni berdi. 2024 yil 25 sentyabr, payshanba kuni yahudiy vujudi harbiy obyektlarini dronlar bilan nishonga oldi.
«Iroq Islomiy Qarshilik» harakati chiqargan bayonotda kelishicha, uning mujohidlari «qo‘mondonlik jihozlari markazi va mintaqaviy texnika bo‘linmasi» bo‘lgan Shamson bazasiga havo hujumini uyushtirib, yahudiy zobit va askarlar qaror topgan joylarga zarba bergan. Qurolli guruhlarni o‘z ichiga olgan «Iroq Islomiy Qarshilik» harakatining ma’lum qilishicha, 2024 yil 26 sentyabr, erta tongda yahudiy vujudining Jo‘lon tepaligidagi nishoniga zarba berilgan. Qarshilik harakati chiqargan bayonotda aytilishicha, uning jangarilari 2024 yil 27 sentyabr, erta tongda bosib olingan Jo‘londagi nishonga dronlar vositasida hujum qilishgan. (Shafaq News).
Bu javoblar voqea darajasidami?!
Garchi javob kuchsiz bo‘lsada, qarshi tomondan yahudiy vujudining kuchli tahdidini ko‘ramiz. Chunki u 2024 yil 24 sentyabr chorshanba oqshomida Iroq qurolli guruhlaridan kelayotgan hujumlarga javob berish uchun «kerakli ishni qilishi» bilan tahdid qildi. Yahudiy vujudi armiyasi matbuot kotibi Daniel Xagariy matbuot bayonotida: «Biz Iroqdan bizga kelayotgan tahdidlarni diqqat bilan kuzatib borib, ma’lumot to‘playapmiz», dedi. «Biz kerakli ishni qilamiz», deb qo‘shimcha qildi u.
Jinoyatchi hukmdorlar xiyonati va musulmon armiyalar loqaydligi bo‘lmaganda edi, yahudiy vujudi shovqin-suron ko‘tarib tahdid qilishga jur’at qila olmas edi. Rosululloh ﷺning Isro maskanlarini ozod qilish islomiy masala bo‘lib, barcha musulmonlar bo‘ynidagi omonat hamda kuch egalari va Ummat armiyalariga yuklangan farzdir. Bu masala xoin rejimlar buyrug‘iga bo‘ysunuvchi qurolli guruhlar masalasi emas. Chunki G‘azo ahliga va barcha zaifhol musulmonlarga yordam berish musulmon armiyalar qo‘lidadir. Musulmonlarning oqizilgan har tomchi pokiza qoni uchun Alloh ularni so‘roq qiladi.
Ey musulmon armiyalar: G‘azo kazzob va dajjollarni fosh qilganidan keyin sizlarga qarshi hujjat qoim qildi. Shunday ekan, o‘z burchingizni bajarib, Robbingiz buyrug‘iga javob qiling. Alloh sizlar bilan birgadir va U qilgan amallaringizning ajr-mukofotini kamaytirmas.
Roya gazetasining 2024 yil 2 oktyabr chorshanba kungi 515-sonidan