Mazammat qilingan xulqlar

39
0

بسم الله الرحمن الرحيم

ODOB-AXLOQ

Mazammat qilingan xulqlar

(Mo‘minlar tark qilishi kerak bo‘lgan yomon xulqlar)

Va’daga xilof ish qilish:

 Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

»آيَةُ المنافق ثَلاَثٌ: إِذَا حَدَّثَ كَذَبَ, وَإِذَا وَعَدَ أَخْلَفَ, وَإِذَا اؤْتُمِنَ خان«

“Munofiqning alomati uchtadir: gapirganda yolg‘on gapiradi, va’daga xilof qiladi, omonatga xiyonat qiladi” (Muttafakun alayh).

Bu yerda munofiqlik aqidaga emas, amalga oid munofiqlikdir. Aniqrog‘i, amalga oid munofiqlik harom bo‘lsa, aqidaga oid munofiqlik kufrdir, Alloh saqlasin.

Axloqsiz va behayo so‘zlarni aytish:

Oysha roziyallohu anha rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

…» مَهْلاً يَا عَائِشَةُ عَلَيْكِ بِالرِّفْقِ وَإِيَّاكِ وَالْعُنْفَ وَالْفُحْشَ «…

“…Sokin bo‘l, Oysha, muloyim bo‘l, qo‘pol va behayo so‘zlardan uzoq tur…”.

 Muslimda Oisha roziyallohu anhadan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

…» مَهْ يَا عَائِشَةُ, فَإِنَّ اللَّهَ لاَ يُحِبُّ الْفُحْشَ وَالتَّفَحُّشَ «…

“…O‘zingni bos, ey Oisha, chunki Alloh odobsizlikni va fahsh so‘zlarni gapirishni yomon ko‘radi…”, dedilar. (muttafakun alayh).

Oysha roziyallohu anha rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

…» إِنَّ شَرَّ النَّاسِ مَنْزِلَةً عِنْدَ اللَّهِ مَنْ تَرَكَهُ أَوْ وَدَعَهُ النَّاسُ اتِّقَاءَ فُحْشِهِ «

“… Allohning nazdida odamlarning eng yomoni, odamlar uning yomon xulq-atvoridan qo‘rqib, u bilan muomala qilmaydigan kimsadir”. (muttafakun alayh).

Iyoz ibn Hammar Mujoshiy rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutbalaridan birida shunday dedilar:

…» وَأَهْلُ النَّارِ خَمْسَةٌ … وَالشِّنْظِيرُ الْفَاحِشُ «…

“…Do‘zax ahli besh toyifadir: … axloqsiz va benomuslar…”. Musulmon rivoyati.

Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

…» وَإِنَّ اللَّهَ يُبْغِضُ الْفَاحِشَ الْبَذِيءَ«

“… Alloh Taolo axloqsiz va benomus kimsani yomon ko‘radi”, dedi. Termiziy va Ibn Hibbondan rivoyat qilingan. Termiziy sahih hasan dedgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

»الْحَيَاءُ مِنَ الإِيمَانِ, وَالإِيمَانُ فِي الْجَنَّةِ, والبذاء مِنَ الْجَفَاءِ, وَالْجَفَاءُ فِي النَّارِ«

“Hayo imondandir, iymon esa, jannatdadir. Behayolik tashlandiqdir, tashlandiq esa do‘zaxdadir”. Imom Ahmad bu hadisni roviylari ishonchli sanad bilan rivoyat qilgan. Termiziy sahih hasan, degan. Ibn Hibbon buni “Sahih”ida chiqargan.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

»لَيْسَ الْمُؤْمِنُ بِالطَّعَّانِ وَلاَ اللَّعَّانِ وَلاَ الْفَاحِشِ وَلاَ الْبَذِيءِ«

“Mo‘min kishi ta’na qiladigan, la’natlaydigan, axloqsiz, nomussiz bo‘lmaydi”. Bu hadisni Termiziy rivoyat qilgan va hasan hadis degan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.