Ishg‘olchi yahudiy vujudining Livandagi hujumlari davom etmoqda

63
0

Ishg‘olchi yahudiy vujudining Livandagi hujumlari davom etmoqda

Livanda ketma-ket ikki kun, ya’ni 17-18 sentyabr kunlari peyjer va boshqa qurilmalarning portlashi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi, 3500 kishi jarohatlandi. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vaziri ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, birinchi kunda peyjerlarning portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida bir necha yosh bolalar ham bor. Livanning BMTdagi vakilining so‘zlariga ko‘ra, qurilmalar mamlakatga keltirilishidan avval qayta ishlab chiqarilgan. Amerikaning NYT agentligi esa, (Isroil) uchta xalqaro peyjer kompaniyasini tuzgani va Hizbullohga berilgan qurilmalarda portlovchi moddali batareyalar borligi haqida yozdi.

Hizbullohning rasmiy vakili o‘tgan yili 5000 dona peyjerga buyurtma berganini va ular yil boshida mamlakatga kirib kelganini ma’lum qildi.

(Isroil) armiyasi bu bilan cheklanib qolmadi. 19 sentyabr kuni Livan janubidagi yuzga yaqin nuqtalarga hujum uyushtirdi. “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh esa, bu hujumlarning javobi shiddatli bo‘lishini va G‘azodagi urush to‘xtamaguncha Livan chegarasidagi urush to‘xtamasligini takrorladi.

Izoh:

Ma’lumki, yahudiy vujudining rahbari Netanyaxu AQSHdagi prezidentlik saylovlari natijalarini ko‘rmaguncha har turli bahonalar bilan G‘azodagi urushni davom ettiradi. U yahudiy vujudiga Bayden ma’muriyatidan ham ko‘proq yordam beradigan respublikachilarning hokimiyatga kelishini orzu qilmoqda. Netanyaxu Vashingtonga qilgan safari chog‘ida Tramp bilan uchrashib, Kongressdagi respublikachilardan to‘liq dastak olgan edi. Shuning uchun Netanyaxu AQSH saylovlari natijalari ma’lum bo‘lgunga qadar qo‘lidan kelganini qilmoqda. Bundan tashqari, yahudiy hukumatiga qarshi ichki noroziliklarni bostirish uchun Hizbullohga qarshi hujumlar muhim ahamiyatga ega.

Afsuski, Falastin atrofidagi va boshqa musulmon davlatlarining sukunatlari va xiyonatlari yahudiy hukumatini yanada jasoratlantirmoqda. Aslini olganda, yahudiy vujudi jang qilib, g‘alaba qozona oladigan xalq emas. Aksincha, Alloh Taolo O‘z oyatida ularni bunday sifatlagan:

﴿لَنْ يَضُرُّوكُمْ إِلَّا أَذًى وَإِنْ يُقَاتِلُوكُمْ يُوَلُّوكُمُ الْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنْصَرُونَ﴾

“Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urushsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi”. [3:111]

Ko‘rib turganingizdek, yahudiylarga qarshi kurashayotgan iymonli yoshlarning soni kam va qurol-yarog‘lari yetarsiz bo‘lishiga qaramay, yahudiy vujudi shu kungacha ular ustidan g‘alaba qozonolmadi. Agar butun musulmon armiyasi harakatga kelsa, yahudiylarning taqdiri nima bo‘lishi ma’lum. Hatto barcha musulmon armiyalari emas, balki faqat Falastin atrofidagi davlatlarning armiyalari harakatga kelsa ham, bu vudjud yo‘q bo‘lib ketishi aniq. Demak, muammo Islom qo‘shinlarini kazarmalarga qamab turgan rejimlarda ekan. Bu malay hukmdorlar musulmonlarning dushmani bo‘lgan kofirlarga fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Biroq xolis musulmonlarning sa’y-harakatlari yahudiy bosqinchilarning jinoyatlariga chek qo‘yib, Allohning yordami bilan g‘alaba qozonishi shubhasizdir.

Buxoriy Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladi:

«تُقَاتِلُكُمُ الْيَهُودُ فَتُسَلَّطُونَ عَلَيْهِمْ»

“Yahudiylar sizlarga qarshi jang qiladilar. Shundan so‘ng Alloh sizlarni ular ustidan g‘olib qiladi”.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.