Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara to‘qnashuvlari

12
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara to‘qnashuvlari

Savol: Arabiya veb-sayti 2024 yil 13 avgustda quyidagi xabarni tarqatdi: (Tolibon hukumati seshanba kuni Pokiston kuchlarini ikki davlat chegarasidagi to‘qnashuvlar chog‘ida uch tinch fuqaro, jumladan, bir ayol va ikki bolani o‘ldirganlikda aybladi… Torxam o‘tish punktidagi Pokiston chegara rasmiysining aytishicha, to‘qnashuvda uch Pokiston askari yaralangan…). Bundan avval (Juma kuni Xalqaro Valyuta Fondi va Pokiston hukumati uch yilga mo‘ljallangan 7 milliard dollarlik yordam dasturi bo‘yicha kelishuv imzoladi. Skay Nyus arabiya, 2024 yil 13 iyul). Savol shuki, bunday to‘qnashuvlar avval ham sodir bo‘lganini hisobga olsak, ularning ortida nima turibdi? Amerika nazorati ostidagi Fondning ko‘rsatayotgan yordami bilan Pokistonni Hindistondan uzoqlashtirgan holda Afg‘oniston urushi bilan band qilish o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Zero, shu tariqa Hindiston AQSHning Xitoyga bosim o‘tkazish istagini amalga oshirgan holda Xitoyga qarshi turishga e’tibor qarata oladi! Yoki buning boshqa sabablari bormi?

Javob: Ushbu savollarga javob berish uchun quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:

Mustamlakachi Britaniya tomonidan Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida o‘rnatilgan chegaralar haqidagi 2023 yil 28 yanvarda nashr qilingan savolga javob nashrimizda bunday degan edik: (Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga cho‘zilgan 2640 kilometrlik chegarani tashkil etuvchi «Dyurand chizig‘i» 1893 yilda o‘sha paytdagi Britaniya Hindistoni tashqi ishlar vaziri Ser Mortimer Dyurand va Afg‘oniston shohi Amir Abdurahmonxon o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilangan. Pokiston va Afg‘onistonning rasmiy chegaralari sifatida qabul qilingan Dyurand chizig‘i pushtunlarni ikkiga bo‘lib tashladi. Ma’lumki, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara hududida aksariyati pushtun bo‘lgan musulmonlar yashaydi. Ular Afg‘onistondagi eng katta etnik guruh bo‘lib, aholining qariyb 40 foizini tashkil qiladi. Oxirgi ikki asr davomida Afg‘onistondagi hukmdorlarning barchasi pushtunlardan bo‘lgan. Pokistonda ham panjoblardan keyingi ikkinchi eng yirik etnik guruh pushtunlar hisoblanadi. Afg‘oniston Dyurand chizig‘ini tan olmaydi. Xususan, Britaniya o‘sha davrda Dyurand chizig‘ini chizarkan, mintaqaning demografik, etnik va qabilaviy tuzilishini hisobga olmay, faqatgina o‘zining mustamlakachilik manfaatlarini hisobga olib, 1893 yil 12 noyabrda sun’iy ravishda belgilab qo‘ygan. Inglizlar o‘zlaridan oldingi ko‘pchilik singari chegara hududlarini nazorat qilish uchun kurashgan… Britaniya 1839-1842 yillardagi Afg‘onistonga qilgan agressiyasi paytida halokatli harbiy mag‘lubiyatga uchradi. 1878 yilda yana hujum qildi. Ammo ikki yildan keyin chekinishga majbur bo‘ldi. Biroq Afg‘oniston hukmdorlari 1879 yilda Gandamak shartnomasini imzolaganidan keyin Britaniya siyosiy nufuzga ega bo‘ldi. Ushbu kelishuv natijasida Afg‘oniston islomiy Hindiston yarim orolida hukmronlik qilgan ingliz mustamlakachiligiga katta hududlarni boy berdi… 2021 yil avgust oyida Davha kelishuviga binoan AQSH Afg‘onistonni tark etganidan keyin Tolibon harakati Qobulda hokimiyatni qo‘lga kiritgach, Pokiston tomonidan ko‘rilgan chegara choralarini ochiqchasiga rad eta boshladi. Chegaradagi provokatsiyalar ikki tomon o‘rtasida odatiy holga aylandi. O‘tmishda hech qanday to‘siqlarga duch kelmay, bemalol chegaradan o‘tib kelgan pushtun oilalari va afg‘on qochqinlariga qo‘yilgan qattiq cheklovlar sababli bu chegaralar vaqti-vaqti bilan qizib borardi. So‘ng odamlar umriga zomin bo‘lgan to‘qnashuvlar sababli qaynash nuqtasiga yetib keldi…). Savolga javob nashridan keltirilgan iqtibos tugadi.
Ushbu chegara chizig‘i (Dyurand chizig‘i) Afg‘onistonning 1979 yilda Sovet Ittifoqi va 2001 yilda AQSH kabi yirik davlatlar bosqinidan keyingi qiyin davrlarida ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatlarni sezilarli darajada pasaytirdi. Biroq bugun bu chegara chizig‘i 2021 yilda Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan sharmandalarcha chiqib ketganidan keyin Amerika siyosati talablari asosida yana kun tartibiga keltirildi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, Sovet Ittifoqi Afg‘onistonni bosib olgan davrda bu chegaralardagi nazorat zaif bo‘lgan. Bu esa, Pokistonda tayyorgarlikdan o‘tayotgan mujohidlarning Afg‘onistonda Sovet Ittifoqiga qarshi jang qilish uchun chegarani kesib o‘tishlarini osonlashtirgan. Chegaradagi bu zaiflik, shuningdek, chegaraning ikki tomonidagi pushtun oilalarining aloqalari bilan bog‘liq edi. Qolaversa, bu Afg‘onistondagi Sovet qo‘shinlarining mavjudligiga qarshi qaratilgan AQSH siyosatiga ham mos edi. Biroq Amerika Afg‘onistonga bostirib kirganidan keyin Amerika siyosatida o‘zgarishlar yuz berib, Pokistondan chegara nazoratini kuchaytirishni hamda AQSHning Afg‘onistonga bostirib kirishiga qarshi chiqqan mujohidlarning chegarani kesib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi. Shundan so‘ng Pokiston armiyasi Pokiston ichkarisidagi bu chegara hududlarida shiddatli urush boshladi.
2018 yil may oyida Pokiston Afg‘oniston bilan chegaradosh Qabilalar mintaqasini Xaybar-Paxtunxva viloyati tarkibiga qo‘shib qo‘ydi. Shu orqali noaniqlik davri va bu mintaqalarning Pokiston qonunlari, politsiyasi va sud tizimiga itoat qilmaslik holatiga chek qo‘yildi. Pokiston Afg‘oniston bilan bo‘lgan chegara masalasi hal bo‘ldi deb hisoblaydi: (Pokiston muvaqqat bosh vaziri Anvar Haq Kakar Afg‘onistonning «TOLOnews» kanaliga bergan intervyusida bunday dedi: «Dyurand chizig‘i Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi xalqaro jihatdan tan olingan chegara hisoblanadi. Biz va butun dunyo davlatlari uchun Afg‘oniston bilan bo‘lgan chegara muammosi tugadi». Al-Jazira net, 2024 yil 14 mart). Biroq tarix davomida barcha afg‘on hukumatlari, o‘zlarining siyosiy va mafkuraviy yo‘nalishlaridan qat’iy nazar, Dyurand chizig‘ini ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy xalqaro chegara sifatida tan olishdan bosh tortib kelgan. Bu boradagi so‘nggi bayonot – yuqoridagi manbaga ko‘ra – Tolibon hukumatining chegara va qabilalar masalasi bo‘yicha vaziri mullo Nuriddin Turobiy tilidan yangradi. U «Afg‘onistonning Pokiston bilan rasmiy chegarasi yo‘q», dedi. Uzunligi 2600 kilometrdan ortiq bo‘lgan ushbu chegara chizig‘ida ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. Biz yuqoridagi (2023 yil 28 yanvardagi) savolga javob nashrimizda bunday degan edik: (So‘ng Pokiston cheklovlarni yanada kuchaytirib, tarixda birinchi marta afg‘onlarga kirish vizasini joriy qildi. Uning 3 metr balandlikda sim to‘siq o‘rnatishi keskinlikni yanada kuchaytirdi. Tovar va odamlar o‘tishini nazorat qilish hamda «terrorchilar»dan himoyalanish bahonasida yuzlab kilometr sim to‘siqlar o‘rnatish uchun yuz millionlab dollar sarflandi. Shu tariqa sim to‘siq ikki davlat o‘rtasidagi chegara hududidagi keskinlik va to‘qnashuvlarning sabablaridan biri bo‘lib qoldi. Keyin Tolibon hukumati Pokiston kuchlarining ikki davlat o‘rtasidagi qariyb 2700 kilometrlik chegarada to‘siq o‘rnatishlariga taxminan 90 foizga yaqini qurib bitkazilganidan so‘ng to‘sqinlik qildi. Ashraf G‘ani hukumati ag‘darilishidan oldin to‘siq o‘rnatilishini ma’qullagan edi. Biroq Pokiston kuchlari devor o‘rnatilishini yakunlamoqchi bo‘lganida Tolibon hukumati ularga qarshilik qildi. Bu chegaraning turli qismlarida tomonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Har ikki tomondan qurbonlar va jarohat olganlar bo‘ldi… Shunday qilib, Pokiston hukumati iqtidordagi Tolibon harakatini Pokiston Tolibonining mamlakat armiyasiga hujum qilishiga to‘sqinlik qilmayotganlikda ayblagach, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Shundan so‘ng Pokiston Afg‘onistondagi obyektlarni bombardimon qilib, Pokiston Tolibonini nishonga olganini da’vo qildi…).
Shunday qilib, Pokiston armiyasi bilan Afg‘oniston kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ikki davlat munosabatlarida yangi reallikka aylandi. Bu to‘qnashuvlar chegara muammosi va Pokiston Toliboni bilan Pokiston armiyasi o‘rtasidagi hujumlar tufayli kuchaymoqda: (O‘tgan yili qurbonlar soni so‘nggi 6 yildagi eng yuqori darajaga yetgan. Islomobodda joylashgan Tadqiqot va Xavfsizlikni o‘rganish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, tinch aholi, xavfsizlik xodimlari va jangarilardan iborat 1500dan ziyod inson qurbon bo‘lgan. Al-Jazira net, 2024 yil 17 iyul). Pokiston armiyasi Afg‘onistonni Pokiston Toliboniga boshpana berishda ayblagani sababli Islomobod Afg‘onistonga bosimini yanada oshirdi: (Tolibonning qaytganlarga yordam berish va qayta joylashtirish qo‘mitasi matbuot kotibi Qori Yusuf Ahmadiy o‘z bayonotida «Ikki qo‘shni davlat (Pokiston va Eron) 2024 yil boshidan buyon 400 mingdan ortiq qochqinni majburan deportatsiya qilgan. Deportatsiyalarning 75 foizi Pokiston hissasiga to‘g‘ri keladi», dedi. Hurra, 2024 yil 11 iyun).
Bularning barchasidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Pokistondagi amerikaparast hukumat Afg‘onistondagi Tolibon harakatiga qarshi bosim va provokatsiya siyosatini olib bormoqda. Afg‘onlarning chegaradan bemalol o‘tishlariga to‘sqinlik qilib, qarindoshlarini ziyorat qilish uchun chegaradan o‘tmoqchi bo‘lganlardan viza talab qilmoqda. Chegara to‘sig‘ini o‘rnatib, buni real voqelik sifatida joriy qilmoqda. Chegara chizig‘ini Afg‘onistonning ichkarisiga qadar jildirib, AQSH qo‘shinlari 2021 yilda Afg‘onistondan chekinishi ortidan mamlakatdan qochib ketgan 600 ming qochqin doxil jami ikki milliondan ziyod afg‘on qochqinlariga tazyiq o‘tkazmoqda. (Hurra, 2024 yil noyabr). Afg‘on qochqinlarini Pokistondan ommaviy tarzda deportatsiya qilmoqda. Pokiston hukumati, shuningdek, AQSH samolyotlarining 2022 yilda Afg‘onistonga o‘tishiga hamda Al-Qoida yetakchisi Ayman Zavohiriy o‘ldirilgan havo hujumini amalga oshirishiga imkoniyat yaratib berdi. Pokiston razvedka xizmati esa Afg‘onistonning chegaradosh shaharlarida Pokiston Tolibonining taniqli yetakchilarini nishonga olgan suiqasd amaliyotlarini o‘tkazmoqda.
Pokiston tomonidan amalga oshirilgan bu harakatlarning barchasi Amerikaning Afg‘onistondagi Tolibonni butunlay o‘ziga bo‘ysundirish uchun unga bosim o‘tkazish siyosati doirasida bo‘lmoqda. U, shuningdek, Hindistonning Xitoyga qarshi Amerika tomonida bo‘lishini ta’minlash uchun Vashingtonning Pokiston armiyasini fuqarolik urushi va Afg‘oniston bilan urushga tortish istagi doirasida bo‘lyapti. Uning bu harakatlarini hatto Xitoyning Afg‘onistondagi mineral resurslardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQSH tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismi sifatida ham ko‘rish mumkin. Chunki AQSH va Tolibon o‘rtasidagi yigirma yildan ortiq davom etgan ochiq dushmanlik munosabatlari o‘z sanoati uchun barcha turdagi xom ashyoga muhtoj bo‘lgan Xitoyning 2021 yilda AQSH qo‘shinlari chiqib ketganidan keyin Afg‘onistonni ekspluatatsiya qilish umidini kuchaytirdi. Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara mojarosi Pokistondagi iqtisodiy koridor uchun milliardlab dollar sarflagan Xitoyning o‘z orzularini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Bu Pokistonning Afg‘onistonga nisbatan umumiy siyosati. Bundan ular o‘rtasidagi ziddiyatning asosiy provokatori Amerika ekani ko‘rinib turibdi. Dushmanlik qo‘zg‘ash, chegaradagi qurolli to‘qnashuvlar, barcha sohalarda taranglikning kuchayishi va Pokistonning Afg‘onistondagi havo hujumlari mana shu umumiy siyosat doirasiga kiradi. (Afg‘oniston mudofaa vaziri Pokiston harbiy-havo kuchlariga qarashli jangovar samolyotlarning Pokiston chegarasidagi Xost va Paktika viloyatlarida aholi zich joylashgan hududlarga uyushtirgan havo hujumida begunoh ayollar va bolalarning hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi. Pokiston armiyasi yoki hukumati bu borada hech qanday bayonot bermadi. Bu zarbalar Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi nazorat o‘tkazish punktida sodir etilgan ikki xudkushlik hujumi oqibatida 6 nafar pokistonlik askarning halok bo‘lishi ortidan, shuningdek, shanba kuni Pokiston shimoli-g‘arbidagi Shimoliy Vaziriston viloyatida, Afg‘oniston bilan chegara yaqinida uyushtirilgan hujumda 7 nafar pokistonlik askar halok bo‘lganidan keyin amalga oshirildi. Sharqul Avsat, 2024 yil 18 mart).

Ikki davlat o‘rtasidagi taranglik 2021 yildan beri kuchayishda davom etmoqda. Chunki uning sabablari Amerika bilan bog‘liq. Pokiston Xalqaro Valyuta Fondidan kredit olish-olmasligidan qat’iy nazar, ayni taranglik kuchayishda davom etadi. Garchi Xalqaro Valyuta Fondining rasmiy shartlari va kredit shartnomalari mahalliy valyuta, valyuta kursi, savdo, energetika va soliqlarni o‘z ichiga olib, Pokiston va Afg‘oniston munosabatlarini rasman ko‘rib chiqmasa ham, biroq Amerikaning makkorona siyosati ushbu va’da qilingan kreditlar orqali Pokiston hukumatidagi malaylarning so‘lagini oqizishini, shu tariqa ularni AQSH manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga, jumladan, Afg‘oniston bilan bo‘lgan taranglikni kuchaytirishga undashini istisno qilib bo‘lmaydi. Zotan, 2023 yilning yoz faslida Pokiston AQSH nazorati ostidagi Xalqaro Valyuta Fondidan 3 milliard dollar kredit olgan. Bu safar unga ko‘proq va’da qilishdi. (Xalqaro Valyuta Fondi juma kuni Pokiston hukumati bilan uch yilga mo‘ljallangan 7 milliard dollarlik yordam dasturi bo‘yicha kelishuv imzoladi. Sky News Arabia, 2024 yil 13 iyul). Bu Pokistonning Amerika istaklarini amalga oshirishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi.
Amerikaparast Pokiston hukumatining bayonotlari ikki davlat o‘rtasidagi taranglikning kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu, ayniqsa, 2024 yil iyul oyi o‘rtalarida pokistonlik askarlar halok bo‘lgan hodisadan keyin yaqqol ko‘zga tashlandi:

a)   (Pokiston mudofaa vaziri Bi-Bi-Siga bergan intervyusida terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan yangi harbiy operatsiya doirasida Pokistonning Afg‘onistonga qarshi hujumlarni davom ettirishini aytdi. BBC English, 2024 yil 2 iyul). Ayni manbaga ko‘ra, (Tolibon bu bayonotni mas’uliyatsiz deya ta’kidlab, Pokistonni transchegaraviy hujumlar oqibatidan ogohlantirdi).

b)   Elchining tashqi ishlar vazirligiga chaqirilishi: (Pokiston tashqi ishlar vazirligi chorshanba kuni Tolibon harakati yetakchiligidagi afg‘on hukumati missiyasi rahbari o‘rinbosarini chaqirib, Tolibonni Afg‘onistonda joylashgan qurolli guruhlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi. Islomobodning ta’kidlashicha, shu hafta harbiy bazaga ana shu guruhlar hujum qilgan. Al-Jazira, 2024 yil 17 iyul).

v)   Pokiston Afg‘oniston hukumatidan Xaybar-Paxtunxva viloyatida seshanba kuni «terroristlar» bilan to‘qnashuv chog‘ida 8 nafar pokistonlik askarning o‘limiga sabab bo‘lgan hujum aybdorlariga qarshi «zudlik bilan va samarali» chora ko‘rishni talab qildi… Bayonotda hujumning Afg‘onistondagi Pokiston Toliboni harakatiga qarashli «Hofiz Gul Bahodir» jamoasi tomonidan amalga oshirilgani va 8 nafar askarning o‘limiga sabab bo‘lgani aytildi. Anadolu agentligi, 2024 yil 17 iyul).

g)    Arabiya veb-sayti 2024 yil 13 avgustda quyidagi xabarni nashr qildi: (Seshanba kuni Tolibon hukumati Pokiston kuchlarini ikki davlat chegarasidagi to‘qnashuvlar chog‘ida uch nafar tinch fuqaro, jumladan, bir ayol va ikki bolani o‘ldirganlikda aybladi… Pokistonning Torxam chegarasidagi bir rasmiysi to‘qnashuvda uch pokistonlik askar yaralanganini bildirdi…).

Xulosa: chegara nizolari, Pokistondagi afg‘on qochqinlari bilan bog‘liq keskinlik, Pokiston Afg‘oniston hukumatini Pokiston Toliboni jangarilariga boshpana berishda ayblab kelishi hamda hujumlarning Afg‘onistondan amalga oshirilayotganini da’vo qilishi, bularning barchasi ikki tomon o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirmoqda. Bu narsalar, shuningdek, chegara to‘qnashuvlari hamda Pokiston tomonidan Afg‘onistonning chegara hududlarida joylashgan shahar va qishloqlarning bombardimon qilinishi uchun asos yaratib bermoqda. Katta ehtimolga ko‘ra, bu egri yo‘nalish 2021 yil Bayden ma’muriyati o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketganidan buyon zo‘rayish tendensiyasini olgan hamda bu keskinlikning sababchisi – yuqorida aytganimizdek – asosan Amerikadir… Amerika o‘zining mintaqadagi va Xitoy borasidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun keskinlikni yanada kuchaytirmoqda. Garchi Xalqaro Valyuta Fondi shartlari Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarini o‘z ichiga olmasa-da, Amerika bu kreditlarga Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida ziddiyat va mojarolarni kuchaytirish uchun o‘zining Pokistondagi malaylariga taqdim etilgan xo‘rozqand sifatida qaraydi. AQSH prezidentligi saylovlarida Demokratlar va Respublikachilar o‘rtasidagi raqobat shiddatli kechishi kutilayotgan ekan, shuningdek, Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Tramp Demokratlardan bo‘lgan Bayden ma’muriyatini 2021 yilda Afg‘onistondan qo‘shinlarni sharmandali tarzda olib chiqishda ayblayotgan ekan, Bayden ma’muriyati Tolibonga qarshi kurashish vazifasini Pokistonga topshirganini amerikaliklarga ko‘rsatish uchun Pokistonni Afg‘onistonda Tolibon bilan bo‘lgan shiddatli janglarga tortishi ham mumkin… Shu sabablarga ko‘ra, Pokistondagi Amerika malaylarining bayonotlari keskinlik, tahdid va qo‘rqitishlarni o‘z ichiga olmoqda. Ya’ni vaqti-vaqti bilan bo‘layotgan to‘qnashuvlar chegaradagi janglarga aylanib ketishi mumkin. Ammo kuchli tomon bo‘lgan Pokistonning Afg‘onistondan hududiy da’vosi bo‘lmagani uchun keng qamrovli urushga aylanishi dargumon…
Musulmonlarning o‘zaro o‘rtalaridagi chegaralarni yo‘q qilishni va yurtlarini bitta xalifa soyasida birlashtirishni talab qiladigan Islom ahkomlari yo‘q bo‘lgan paytdagi ahvoli mana shu. Ummat, xususan, uning orasidagi kuch-qudrat ahli Robbilari va Ummatlari uchun g‘azablanib, anavi qo‘g‘irchoq hukmdorlarni ag‘darish uchun qo‘zg‘almagunicha, ahvol shunday davom etaveradi. Chunki bu malay hukmdorlar kechayu kunduz o‘z Ummatlariga qarshi til biriktirib, bu fitnalarini Allohning dushmani bo‘lgan Amerika va boshqa davlatlarni rozi qilish uchun amalga oshirishmoqda… Shubhasiz, musulmonlarning ahvoli avvalida nima bilan isloh bo‘lgan bo‘lsa, bugun ham o‘sha bilan isloh bo‘ladi. Ya’ni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatida Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritilgandagina ularning ahvoli isloh bo‘ladi. Zero, Alloh Taolo

﴿فَإِمَّا تَثۡقَفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡحَرۡبِ فَشَرِّدۡ بِهِم مَّنۡ خَلۡفَهُمۡ لَعَلَّهُمۡ يَذَّكَّرُونَ﴾

«Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni halok qilish bilan ortlaridagi kimsalarni qo‘rqitib qo‘ying! Shoyad eslatma olsalar»                 [Anfol 57]

deya ta’kidlaganidek, Xalifalik kofirlarni dahshatga soladi. Xalifalik davlatining konstitutsiyasi Allohning Kitobi, Rosuli ﷺning sunnatlari va bu ikkisidan kelib chiqqan sahobalar ijmosi va shar’iy qiyosdan iborat Islom konstitutsiyasidir, inson o‘ylab topgan konstitutsiya emas. 1973 yilda hokimiyatdan ketgan Muhammad Zohir shoh davridagi konstitutsiya ham, 2021 yil 28 sentyabrda Tolibon hukumati adliya vazirining e’loni bilan qabul qilgan 1964 yilgi Afg‘oniston konstitutsiya ham (bu haqda Al-Jazira va Anadolu agentligi 2021 yil 28 sentyabrda xabar qilgan), shuningdek, boshqa islomiy yurtlarda amal qilinayotgan konstitutsiyalar ham, barchasi Allohning buyruqlariga ziddir.

﴿وَأَنِ ٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ وَٱحۡذَرۡهُمۡ أَن يَفۡتِنُوكَ عَنۢ بَعۡضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيۡكَۖ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَٱعۡلَمۡ أَنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعۡضِ ذُنُوبِهِمۡۗ﴾

«Ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan ahkomlarning ayrimlaridan sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling! Agar (sizning hukmingizdan) yuz o‘girsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat yetkazishni istamoqda»                      [Moida 49]

Afg‘oniston va Pokiston o‘zlarining musulmon yurt ekanliklarini, bir-birlariga qarshi jang qilish haromligini anglamoqlari lozim… Ular, shuningdek, o‘zaro islomiy birodarlik rishtalarini yanada chuqurlashtirmoqlari, Amerika boshchiligidagi mustamlakachi kofirlar bilan barcha aloqalarni uzishlari hamda Xalifalikni barpo etish uchun harakat qilayotgan Hizb ut-Tahrirning nusrat talabiga javob bermoqlari darkor. Ana shunda musulmonlar aziz-kuchli, kofirlar xor bo‘ladi.

﴿وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ + بِنَصۡرِ ٱللَّهِۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُۖ وَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴾

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) o‘zi xohlagan kishilarga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

                                                                                             22 safar 1446h

                                                                                            27 avgust 2024m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.