Adolat

11
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Adolat

Aziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
Ibn Hajar al-Asqaloniyning “Fath ul-Boriy – sharhi Sahihi ul-Buxoriy” asarida o‘z mol-mulki uchun jang qilgan shaxs haqidagi bobida shunday deyiladi:
حدثنا عبد الله بن يزيد حدثنا سعيد هو ابن أبي أيوب قال: حدثني أبو الأسود عن عكرمة عن عبد الله بن عمرو رضي الله عنهما قال: سمعت النبي صلى الله عليه وسلم يقول: “من قتل دون ماله فهو شهيد.
Abdulloh ibn Yazid Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilib aytadi: “Men Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kimki o‘z molini himoya qilgan holda o‘ldirilsa, u shahiddir”, deganlarini eshitdim.
Aziz birodarlar! Alloh Taolo koinotni, insonni va hayotni yaratdi hamda insoniyat uchun hayot qoidalarini qo‘yib, har bir hukm uchun adolatni asos qildi. U Zot adolatsizlikdan qaytarib, undan qattiq ogohlantirdi. Islom dinini o‘rgangan kishi buni yaxshi biladi. Shuningdek, Alloh Taolo qotillikni o‘ta og‘ir jinoyat ekanidan ham ogohlantirdi.
Ey musulmonlar! Hozirgi kunda insoniyatni halok qiladigan qotilliklar ko‘pligini ko‘rib, eshitib turibmiz. Kufr Sharq va G‘arbga tarqaldi. Kufr amallari Ummatni har tarafdan o‘rab oldi. Insoniyatni halok qiladigan qotilliklar tizimli ravishda odatiy holga aylandi. Hatto qotilliklar uylarimizgacha ham kirib keldi. Musulmonlar zulm ostida ezilmoqda…
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinada davlat barpo etilgandan keyin Xuzoa qabilasi bilan ittifoq tuzdilar. Quraysh esa Banu Bakr qabilasi bilan ittifoqdosh edi. Banu Bakr qabilasi bitimga xiyonat qilib, Xuzoa qabilasiga hujum qildi va ularga Quraysh ham yordam berdi. Xuzoa qabilasining boshlig‘i Amr ibn Solim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qilib, yordam so‘rab keldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Amr, senga nusrat berildi», dedilar. Bu voqea Makkaning fath qilinishi bilan yakun topdi.
Ey Ummat armiyasini kazarmalarda saqlab turgan qo‘mondonlar! Siz qachon bu Ummatga yuzlanib: “Ey Muhammad Ummati, sizga nusrat berildi!” deb aytasiz?!
Allohim, musulmonlarni birlashtirib, ularni boshiga tushgan balolardan qutqaruvchi Payg‘ambarlik Minhoji asosidagi Xalifalik davlatining tiklanishini tezlashtirgin. Allohim, yer yuzini rahmating bilan munavvar qilgin!
Allohning izni ila navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

06 Robiul-avval, 1446h yil.
09 Sentyabr, 2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.