Xalqaro valyuta jamg‘armasi Qirg‘iziston bilan hamkorlikni mustahkamlaydi

36
0

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Qirg‘iziston bilan hamkorlikni mustahkamlaydi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) o‘z dasturlari doirasida Qirg‘iziston bilan hamkorlikni mustahkamlaydi. Bu haqda jamg‘arma direktorining o‘rinbosari Bo Li 11 sentyabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Akilbek Japarov bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

Uchrashuvda tomonlar makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Japarov o‘z nutqida Qambar-Ata-1 GESi va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi haqida ma’lumot berdi.

XVJni tashkil qilgan va unga rahbarlik qilayotgan davlat Amerikadir. Shu sababli, Jamg‘armaning kapitalini moliyalashtirish bo‘yicha kvota qoidalarini ham uning o‘zi tuzgan. Ushbu qoida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qarorlarning ulushini belgilab beradi. Boshqacha aytganda, Jamg‘arma tomonidan qabul qilinadigan qarorlar unga a’zo bo‘lgan 190 davlatning kvotasiga muvofiq amalga oshiriladi. AQSH 16,51% kvotaga ega. Qaror esa kvotalarning kamida 85 foiz ovozi bilan qabul qilinadi. Ya’ni, har qanday qarorga veto qo‘yish huquqini e’lon qilish uchun 15% kvota yetarlidir. Bu qoidaga binoan Amerika o‘z manfaatlariga zid bo‘lgan har qanday loyihaga veto qo‘yish huquqiga egadir.

Shunga ko‘ra, XVJ dollarni himoya qiladigan va Amerika iqtisodiyotini orqaga ketish yoki qulashdan saqlaydigan tashkilot hisoblanadi. Shuning uchun uning imtiyozlari asosan AQSH ta’siri ostida kirgan yoki endi kirayotgan hududlarga qaratiladi. Shuningdek, u AQSH manfaatlariga zid harakat qilayotgan davlatlarga kredit va yordamni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilib, bosim o‘tkazadi.

Ma’lumki, XVJ tashqaridan moliyaviy tashkilot bo‘lib ko‘rinsa-da, uning faoliyati siyosiy maqsadlarga qaratilgan. Uning qashshoq mamlakatlarga bergan qarzlari va imtiyozlari ortida siyosiy g‘arazli maqsadlar yotadi. Masalan, Qirg‘izistondagi XVJ vakolatxonasining o‘tgan yilgi hisobotida hukumat budjet taqchilligini hisoblashda zarar ko‘rgan davlat korxonalarini qayta moliyalashtirish masalasini ko‘rib chiqishi kerakligi ta’kidlangan. Bunday “takliflar” bilan hokimiyatga bosim o‘tkaziladi. Bu takliflarning eng muhimi energetika sohasida subsidiyalarni olib tashlash bo‘ldi. Subsidiyalar olib tashlangach, elektr energiyasi narxini oshirish taklif qilindi. Hozirgi paytda elektr energiyasi narxi yillik inflyatsiyaga qarab oshadigan bo‘lib qoldi. Tarifni oshirish energetika sohasini inqirozdan olib chiqmagandan so‘ng davlat ushbu sohani investorga berishni taklif qiladi. Agar bu reja amalga oshsa, mamlakatdagi strategik ahamiyatga ega va eng daromadli sanoat tarmog‘i xorijlik investorga, ya’ni mustamlakachiga beriladi. Agar bunday “islohotlar” amalga oshirilmasa, beriladigan grantlar to‘xtatib qo‘yiladi. Masalan, XVJning mahsuli bo‘lgan Jahon banki elektr energiyasi narxini oshirish bo‘yicha shartlar bajarilmagani uchun Qirg‘izistonga 96,8 million som grant ajratishdan bosh tortdi. Mana shu tarzda, qarz olgan davlat qarzlarning foizlarini to‘lash bilan birga ularning talablarini ham bajarishga majbur bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, kapitalistik tuzum moliyaviy masalalarga yoki insonlarning ishlarni boshqarishga Yaratguvchi aralashmasligi kerak, deb hisoblaydi. Ushbu mabdadan qonunlar kelib chiqadi hamda moliyaviy institutlar ana shu qonunlar asosida quriladi. Natijada boylar va kambag‘allar o‘rtasida biz hozirda guvohi bo‘lib turgan katta tafovut yuzaga keladi. Tovlamachilik turli nomlar ostida qonuniylashtiriladi.

Binobarin, qonunchilik qachonki to‘g‘ri mabdadan kelib chiqsagina, ana shunda u insoniyatni farovon hayotga olib chiqadi va iqtisodiy ehtiyojlar to‘g‘ri ta’minlanadi. Bunday to‘g‘ri mabda faqat Islomda mavjuddir. Faqat Islom dini bilan butun insoniyat kapitalizm qulligidan qutulib, Yaratganni rozi qiladigan yuksaklikka erishadi. Shunday ekan, jamiyatni faqat Islom doirasida tubdan o‘zgartirish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilaylik!

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.